|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 430/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
423
1-jadval
2022-yilda amalda boʻlgan shartlar asosida ajratilgan ipoteka kreditlari
qaytarilishida oylik toʻlovlari miqdori
319
№
Kredit miqdori
Kredit
muddati
Kredit yillik
foiz stavkasi
Toʻlov usuli
Oylik toʻlov
1
100 mln. soʻm
20 yil
17 %
Annuitet (har
oyda teng
miqdorlarda)
1 466 801 soʻm
2
150 mln. soʻm
2 200 201 soʻm
3
200 mln. soʻm
2 933 601 soʻm
4
250 mln. soʻm
3 667 001 soʻm
5
300 mln. soʻm
4 400 402 soʻm
6
350 mln. soʻm
5 133 802 soʻm
7
400 mln. soʻm
5 867 202 soʻm
1-jadvalda 2021 yilda amalda boʻlgan shartlar asosida ajratilgan ipoteka
kreditlari qaytarilishida oylik toʻlovlari miqdori turlicha ekanligi koʻrishimiz
mumkin. Eng katta ulush 400 mln. soʻmlik kredit miqdori boʻyicha oylik 5,8 mln.
soʻmdan ortiq boʻlganligini ta’kidlashimiz lozim.
Ipoteka bozori rivojlanish jarayonida bir nechta muammolarga duch kelingan.
Birinchidan, dastlabki vaqtdarda ipoteka miqdori jud past boʻlgan. Natijada koʻplab
institutsional investorlar bunday kichik moliyaviy instrument ishlashni lozim
topmagan.
Ikkinchi muammo ikkilamchi bozorda ipoteka savdolari bilan bogʻliq boʻlib,
bunda savdolarning standartlashtirilmaganligi salbiy taʼsir koʻrsatgan. Unda qoplash
davrining, foiz stavkalarining, bitim shartlarining turlichaligi amal qilishi ipoteka
bozori kengayishiga toʻsqinlik qilgan.
Uchinchidan, ipoteka kreditlari xizmat koʻrsatish nuqtai nazaridan qimmatligi
bilan ajralib turgan. Ipoteka kreditlariga xizmat koʻrsatishni korporativ
obligatsiyalarga xizmat koʻrsatish bilan solishtirilganda bunga yaqqol guvoh boʻlish
mumkin. Kreditor har oylik toʻlovni undirishi, mulk boʻyicha soliqlarni toʻlashi,
sugʻurta mukofotlari toʻlab borishi va zaxira hisobi boʻyicha xizmatlar koʻrsatishi
lozim. Korporativ obligatsiyalar boʻyicha bunday emas.
|
| |