|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 433/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
426
Chizmada aks ettirilgan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish shakllarini quyida alohida
koʻrib chiqish maqsadga muvofiqdir. Qoʻshma korxonalar tashkil etish orqali xorijiy
investitsiyalarni jalb qilish keng tarqalgan shakllaridan biri hamkorlikda qoʻshma
korxonalarni tashkil etishdir. Oʻzbekiston Respublikasida qoʻshma korxona
deganda, nizom kapitalining kamida 30 % xorijiy investorlarga tegishli boʻlgan va
xorijiy investor faqat yuridik shaxs boʻlgan, nizom kapitalining eng kam miqdori
150 ming AQSh dollariga teng boʻlgan ekvivalent summani tashkil etgan
korxonalarga aytiladi. Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona nizom
jamgʻarmasining 150 ming AQSh dollaridan kam boʻlmasligi sifatsiz
mahsulotlarining oldi-sotdisi va ularni respublikaga import qilish ishlari bilan
shugʻullanishga ixtisoslashgan kichik qoʻshma korxonalarning keragidan ortiqcha
kirib kelishining oldini olish maqsadida belgilangan[2].
Ma’lumki, prezidentning 2021-yil 19-iyuldagi Farmoniga muvofiq, Strategik
rivojlanish agentligi tashkil etilgan edi. Bu agentlikka investitsiyalarni jalb etish va
loyihalarni amalga oshirishning strategik masalalarini oʻrganish, investitsiya
faoliyatining istiqbolli yoʻnalishlarini aniqlash, xalqaro tajriba asosida iqtisodiyot
tarmoqlarini isloh qilish va hududlarning investitsiya salohiyatini oshirish boʻyicha
takliflar ishlab chiqish kabi koʻplab vazifalar yuklatilgan. Aytilishicha, bugungi
kunda
agentlik
boshqarmalari
shakllantirilgan,
ularga
yеtakchi
xorijiy
universitetlarda oʻqigan, tashabbuskor va bilimli mutaxassislar jamlangan.
Agentlikning bu yilgi rejasi 18 ta muhim tadbirdan iborat. Investitsiya loyihalarini
ilgari surishning yangi mexanizmini joriy etish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish
orqali investitsiya muhitini yaxshilash, investitsiya muhiti boʻyicha hududlar
reytingini yoʻlga qoʻyish, tadbirkorlarning tizimli muammolarini aniqlash va hal
qilish boʻyicha onlayn platformani ishga tushirish, Jahon banki bilan birgalikda
toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish strategiyasini ishlab chiqish
shular jumlasidan.[3].
2023 yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida asosiy
kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi 56,6 trln soʻmni tashkil
etgan.Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga koʻra, shundan asosiy
kapitalga oʻzlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar 25,1 trln soʻm
miqdorida qayd etilgan.
Oʻzlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida eng yuqori
ulushga ega boʻlgan investor davlatlar:
— Xitoy – 19,9 foiz
— Rossiya – 15,7 foiz;
— Saudiya Arabistoni – 13,5 foiz;
— Turkiya – 6,1 foiz;
— Kipr – 5,4 foiz;
— Germaniya – 3,3 foiz;
— Shveytsariya – 3 foiz;
— Singapur – 2,9 foiz;
— Hongkong – 2,8 foiz;
— Buyuk Britaniya
|
| |