“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
424
iqtisodiy ne’matlarishlab chiqaruvchi real tarmoq hamda
sohalaridagi asosiy va
aylanma
kapitallar
uchun
sarflardir;
2)Ijtimoiy-ma’daniy
maqsaddagi
investitsiyalar. Ijtimoiy madaniy sohalar (uy-joy qurilishi, ta’lim, madaniyat,
sogʻliqni saqlash, sport va shu kabi muassasalar)ni
kengaytirish uchun sarflardir;
3)Tovar – moddiy zahiralarga investitsiyalar. Investitsiyalar tarkibida asosiy
kapitalga qoʻyilmalar asosiy va hal qiluvchi oʻrinni egallaydi. Investitsion siyosat
bu investitsion resurslarini shakllantirish, iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini oʻzgartirish,
uning samaradorligini oshirish, iqtisodiy oʻsishga va milliy boylikni koʻpaytirishni
erishishga va uning ustuvor sohalarga yoʻnalishini tanlash ta’minlashga qaratilgan
chora-tadbirlar tizimidir. Mazkur siyosat investitsion
faollikni oshirishga yoki
kamaytirishga qaratiladi. Investitsiya siyosati texnika taraqqiyotini jadallashtirishga
ham qaratiladi. Ayni vaqtda davlat xususiy investitsiyalarni umumdavlat
ahamiyatiga molik sohalarga yuborilishini moliya-kredit vositalari bilan
ragʻbatlantiradi. Investitsion siyosat avvalo qulay investitsion
muhitni vujudga
keltirishga qaratiladi. Investitsion muhit – investitsiyalar jozibadorligi hamda xavf–
hatar darajasini belgilab beruvchi ijtimoiy–iqtisodiy, tashkiliy–iqtisodiy, moliyaviy
va siyosiy omillar majmuidir.
Respublika iqtisodiy rivojlanishining hozirgi bosqichida davlat investitsiya
siyosatining asosiy yoʻnalishlari sifatida quyidagilarni qayd qilish mumkin:
-
tarkibiy oʻzgarishlarni chuqurlashtirish, milliy
iqtisodiyotning etakchi
tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilishga;
-
transport–kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma sohalaridagi
loyihalarni amalga oshirishga;
-
sanoatning yuqori texnologiyali qayta ishlovchi tarmoqlariga, eng avvalo
mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlashni jadallashtirishni
ta’minlovchi tarmoqlarga;
-
qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishga;
Bunda “istiqbolli investitsion loyihalar hamda kichik
biznes va tadbirkorlik
sub’ektlarini kreditlashtirishni yanada kengaytirish; yangi turlardagi sugʻurta, lizing
va boshqa moliyaviy xizmatlarning hisobiga ularning hajmini kengaytirish va
sifatini oshirish”ga e’tibor qaratiladi.
-
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga;
-
hududlar iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish koʻlamini
kengaytirishga;
-
turizmning zamonaviy sohalarini rivojlantirishga[1];
-
Respublikada qulay investitsiya muhitini shakllantirish boʻyicha ishlarni
yanada kuchaytirish uzoq muddatga moʻljallangan strategik vazifa hisoblanadi.
Ichki kredit manbalarini safarbar etish chora-tadbirlari bilan birgalikda xorijiy
investitsiyalarni ragʻbatlantirishga xizmat qiladigan qulay
muhit yaratish masalasi
biz uchun oʻta muhim strategik ahamiyatga ega. Mamlakatdagi siyosiy va
makroiqtisodiy barqarorlik, xorijiy investorlar huquqlarini himoya qilishning kuchli
kafolati va keng imtiyozlar tizimi kabi omillar tadbirkorlar uchun eng qulay shart-
sharoit yaratmoqda. Bundan tashqari, ishlab chiqarish uchun muhim ahamiyat kasb
etuvchi xom ashyo, materiallar, energiya resurslari va yuqori malakali ishchi kuchi