|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 432/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
425
bahosi qoʻshni mamlakatlarga nisbatan arzon boʻlishi xorijiy investitsiyalarni
mamlakatimizga jalb qilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalarni
jalb qilishni jadallashtirishga yoʻnaltirilgan faol siyosat olib borilmoqda. Milliy
valyutaning joriy operatsiyalar boʻyicha konvertatsiyasining ta’minlanishi va
islohotlarni amalga oshirish strategiyasi Oʻzbekistonda iqtisodiyotni yanada
erkinlashtirish va xorijiy kapital ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish uchun
qulay asosni shakllantiradi. Respublikamizda xorijiy investorlar uchun huquqiy
kafolatlar va imtiyozlarning keng qamrovli tizimi shakllantirilgan. Bu tizim “Xorijiy
investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hamda oʻzlashtirish jarayonini
takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, “Investitsiyalar va investitsiya
faoliyat toʻgʻrisida”gi, va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi” qonunlarga
asoslangan. Ushbu qonunlar xorijiy investorlarning teng huquqli va adolatli shart-
sharoitda faoliyat olib borishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, xorijiy investitsiyali
korxonalar faoliyatini ragʻbatlantirish maqsadida soliq imtiyozlari va
preferensiyalarni oʻz ichiga oluvchi qoʻshimcha chora-tadbirlar tizimi ishlab
chiqilgan. Chet el investorlari, asosan, daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik
faoliyati va qonun hujjatlarida ta‘qiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat obyektlariga
qoʻshadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar,
shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, chet el investitsiyalaridan olingan
har qanday daromad Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb
e’tirof etiladi. Xorijiy investitsiyalarni jalb etishdagi asosiy muammolar sifatida
quyidagilarni keltirish mumkin: investitsiya infratuzilmasining yеtarli darajada
rivojlanmaganligi; tijorat banklari, investitsiya fondlari, sugʻurta va lizing
kompaniyalarining investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ularning ishtirokini
samarali yoʻlga qoʻyilmaganligi; sifatli va talab darajasidagi malakali ishchi
kuchining yеtishmasligi va shulardan iborat. 2017–2020-yillarda rivojlangan va
rivojlanayotgan mamlakatlarga jalb qilingan toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar
oqimini koʻrib chiqadigan boʻlsak, uni quyidagi jadval orqali ifodalab chiqamiz.
Yuqoridagi jadvalda ma’lumotlarini tahlil qilib chiqadigan boʻlsak, 2020-yil
yakuniga kelib, rivojlangan mamlakatlarda xorijiy investitsiyalar oqimi 58 foizga
qisqargan, ammo rivojlanayotgan mamlakatlarda ushbu koʻrsatkich 8 foizga
tushgan. Koʻrinib turubdiki asosan rivojlangan mamlakatlarda toʻgʻridan toʻgʻri
xorijiy investitsiyalar oqimi sezilari darajada tushib ketgan. 2020-yilda toʻgʻridan
toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning 22,1 foizi tabiiy gaz ishlab chiqarish sohasidagi
loyihalarni amalga oshirishga, 22,5 foizi boshqa metall boʻlmagan mineral
mahsulotlarni ishlab chiqarish, 9,3 foizi qurilish ishlariga yoʻnaltirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish
uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish siyosati mavjud mablagʻlardan, vaqtdan va
imkoniyatlardan samarali foydalanishga, mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqib
boyliklarni samarali joylashtirishga va shu yoʻl bilan respublika iqtisodiyotini
koʻtarishga, uning jahon iqtisodiy tizimiga qoʻshilishiga, ragʻbatlantirish yoʻli bilan
investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga jalb qilishga hamda ulardan
samarali foydalanishga qaratilgan. Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni jalb
qilishning bir qancha shakllari mavjud. Ular quyidagi chizmada aks ettirilgan.
|
| |