|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 434/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
427
1-rasm. Investitsion portfelning narxi
Qimmatli qogʻozlarga investitsiyalarni baholash uchun Kursiv Research
soʻnggi ikki yil ichida Toshkent Respublika fond birjasida mashhur boʻlgan beshta
aksiyani tanladi. Bunday qogʻozlarga zangori fishkalar deb ataladi. 2021
yil boshida investorning bankdagi hisobida 260 million soʻm bor edi. Aytaylik, u
Oʻzbekiston fond bozori qanday ishlashini yaxshi biladi va mahalliy birjada
respublikaning yetakchi kompaniyalari aksiyalari sotilayotganidan xabardor.
Investitsiya qilish uchun mos qogʻozlarni tanlash uchun u birja veb-saytiga kirdi va
oʻzi uchun 2020 yilda eng koʻp bitimlar tuzilgan aksiyalarni tanladi.
Investor oʻz portfelini «Hamkorbank», «Kvarts», «Oʻzmetkombinat»,
«Qizilqumsement» va O ‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining
(Oʻzrtxb) oddiy aksiyalaridan shakllantirgan. 2021-yilning birinchi savdo kuni, 4-
yanvar kuni u ushbu qogʻozlarni sotib oldi. Fuqaro har bir aksiyaga bir xil
miqdordagi mablagʻ— 52 million soʻm, ya’ni 260 million soʻm mablagʻ sarflashga
qaror qildi. Oʻz navbatida u brokerga bitimlar uchun komissiya ham – umumiy
summaning 1 foizini (2,6 million) toʻladi.
Aytaylik, investor uzoq vaqt sarmoya kiritdi, kompaniyalarga ishondi va
shuning uchun kutish va koʻrish pozitsiyasini egallab, qogʻozni sotuvga qoʻymadi.
2023 yil 1 may holatiga aksiyalarning bozor qiymati 585,2 mln soʻmni tashkil etdi.
Bu shuni anglatadiki, 28 oy ichida portfel yuqoridagi infografikada koʻrsatilgandek
2,2 baravar oʻsdi.
Har bir kompaniyani batafsil oʻrganib chiqish shuni koʻrsatadiki, investor oʻz
kapitalini faqat uchta emitent hisobiga oshirgan, chunki ularning aksiyalari
koʻtarilgan. Gap «Hamkorbank»,»OʻzRTXB» va «Oʻzmetkombinat» haqida
ketmoqda. «Kvarts» va «Qizilqumsement» zavodlarida bu vaqt ichida qogʻozlar
arzonlashdi, shuning uchun ular sarmoyador uchun foydasiz boʻlib chiqdi.
«Hamkorbank» aksiyalari 28 oy ichida toʻrt baravar qimmatlashdi. 2021-yil boshida
150.4
44.3
130.7
49.8
290
52
52
52
52
52
0
50
100
150
200
250
300
350
Uzmetkombinat (1.575)
Qizilqumsement (13.075)
O'zRTXB (6.500)
Kvarts (16.720)
Hamkorbank (1.925.925)
1-may 2023-yil aksiyalar bahosi(mln. So'm)
4-yanvar 2021-yil aksiyalar bahosi(mln. So'm)
|
| |