“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
420
majmuasining yaratishi lozimligi belgilangan. Unga koʻra birinchi bosqichda, ya'ni
2022-yil 1-sentabrga qadar vazirlik va idoralar bilan real vaqt rejimida axborot
almashinuvi orqali budjet qonunchiligini buzish xavfini
tahlil qilish maqsadida
Moliya vazirligining moliyaviy nazorat ma’lumotlari bazasini ishga tushirish
ta’kidlangan.
Ikkinchi bosqichda, 2023-yil 1-yanvarga qadar davlat moliyaviy
nazorati obyektining muayyan davr uchun ayrim masalalar boʻyicha
faoliyatini
nazorat qilish (mavzuli nazorat) modulini yaratish belgilangan. Bunda dasturiy
majmuani ishlab chiqish va joriy etish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston
Respublikasining respublika budjeti hisobidan moliyalashtirilishi qayd etilgan.
Qonunchilikda belgilangan asoslarga koʻra, budjet tizimi budjetlari mablagʻlari
hisobidan amalga oshirilgan qurilish obyektlarida nazorat oʻlchovi oʻrnatilishi
ta’kidlab oʻtilgan (3-rasm). Qurilish qiymati 10 mlrd soʻmgacha boʻlgan
obyektlarda, ya’ni qurilishda nazorat oʻlchovini oʻtkazish huquqiga ega boʻlgan
vakolatli tashkilotlarni jalb qilgan holda hamda qurilish qiymati 10 mlrd soʻmdan
yuqori boʻlgan obyektlarda Davlat moliyaviy nazorati
inspeksiyaning qurilish
obyektlarida nazorat oʻlchovini amalga oshirish boshqarmasi tomonidan amalga
oshiriladi.