“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/520
Sana16.05.2024
Hajmi8,74 Mb.
#237908
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   520
Bog'liq
03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami

“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” 
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
 
100 
sharoitida iqlim oʻzgarishlarining mehnat samaradorligiga ta’siri yuqoridagi toʻliq 
ish kuni ekvivalenti hisobida 22 ming ish oʻrni yoʻqotilishi koʻrsatkichidan ancha 
yuqori boʻladi. Biroq, ushbu davrda ishbay ishlovchi fuqarolar ish tartibini 
oʻzgartirib, ishni vaqtli ertalab soat 4-5 larda boshlashlari, soat 10-11 larda tugatib, 
yana soat 17-18 larda davom ettirishlarini inobatga olish maqsadga muvofiq. Ammo, 
ushbu davrda vaqtbay ishlovchi fuqarolar ish unumdorligi ancha pasayadi. 
Xitoylik olimlar iqlim oʻzgarishlarining mehnat bozoriga ta’sirini oʻrganib, 
ular 
Xitoy 
Xalq 
Respublikasining 
279 
qishloq 
jamoasidagi
8076 mehnatga layoqatli aholi bilan soʻrov oʻtkazgan va haroratning oʻrtacha 
haroratdan 1°Cga oʻsishi qishloq aholisining qishloq xoʻjaligi ishlariga sarflaydigan 
oʻrtacha vaqtini 7%ga qisqartirishini aniqlagan. Shuningdek, issiqroq harorat 
erkaklar vaqtini boʻsh vaqtdan qishloq xoʻjaligidan tashqari ishlarga, ayollar vaqtini 
xoʻjalik ishlari va qishloq xoʻjaligidan tashqari ishlarga oʻzgartiradi
119
. Bu esa, 
aynan qishloq xoʻjaligi va xoʻjalik ishlarida mehnat unumdorligini pasayishini 
anglatadi.
Shuningdek, iqlim oʻzgarishi natijasida tarmoqlar kesimidagi etkazilgan 
nomutanosib zarar ayrim tarmoqlar daromadlarining kamayishiga olib keladi. Shu 
sababli, mehnat resurslari mehnatni koʻproq zarar koʻrgan tarmoqlardan kamroq zaif 
boʻlgan tarmoqlarga qayta taqsimlashga moyil boʻladi. Mehnat ishlab chiqarishning 
muhim omili boʻlganligi sababli, iqlim oʻzgarishi natijasida mehnatni qayta 
taqsimlash bilan bogʻliq iqtisodiy va ijtimoiy zararlar kuzatiladi. 
Bangladeshlik ekolog iqtisodchi Sh.Dasgupta va uning jamoasi mintaqalar 
kesimida iqlim oʻzgarishlarining mehnat unumdorligiga ta’sirini oʻrganib, hozirgi 
iqlim darajasi, ayniqsa, tropik mamlakatlarda mehnat unumdorligiga salbiy ta’sir 
koʻrsatayotganligini aniqlagan. Ularning fikriga koʻra, kelajakda iqlimning 3°Cga 
isishi stsenariysida past ta’sir koʻrsatadigan tarmoqlarda (xonada yoki ochiq 
havodagi soyada ishlovchi) global ishchi kuchi umumiy hajmini 18 foiz 
punktga(- 48,8 dan 5,3 gacha), ta’sir darajasi yuqori boʻlgan tarmoqlarda (quyoshli 
ochiq havoda) 24,8 foiz punktga qisqarishiga olib keladi. Mintaqalar kesimida, 
jumladan Afrikada kam ta’sir koʻrsatadigan sektorlarda pasayish 25,9 foiz punktni 
(-48,8 
dan 
2,7 
gacha), 
Osiyoda 
18,6 
foiz 
punktni
(-33,6 dan 5,3 gacha) va Amerikada 10,4 foiz punktini (-35,0 dan 2,6 gacha) tashkil 
qiladi. Ushbu mintaqaviy ta’sirlar ochiq havoda yorqin quyosh nurida ishlash uchun 
yopiq joylarda ishlashga nisbatan sezilarli darajada kattaroq boʻlishi prognoz 
qilinmoqda, Afrikada ishchi kuchi umumiy hajmining oʻrtacha qisqarishi 32,8 foiz 
punkt 
(-66,3dan 
-1,6 
gacha), 
Osiyoda 
25 
foiz 
punkt
(-66,3 dan 7,0 gacha), Shimoliy va Janubiy Amerikada 16,7 foiz punkt (-45,5dan
4,4 gacha)ni tashkil qildi
120
.
Boshqa xitoylik olimlarning tadqiqot natijalariga koʻra, 2100 yilga kelib, 
119
Kaixing Huang, Hong Zhao, Jikun Huang, Jinxia Wang, Christopher Findlay, The impact of climate change on the 
labor allocation: Empirical evidence from China, Journal of Environmental Economics and Management, 
Volume 104, 2020, 102376, ISSN 0095-0696, https://doi.org/10.1016/j.jeem.2020.102376. 
120
Shouro Dasgupta and etc. Effects of climate change on combined labour productivity and supply: an empirical, 
multi-model study.  VOLUME 5, ISSUE 7, E455-E465, July, 2021 DOI:https://doi.org/10.1016/S2542-
5196(21)00170-4 



Download 8,74 Mb.
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   520




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”

Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish