• “Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman 99
  • IQTISODIY BAHOLASH MUAMMOLARI A.Elov, Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti bosh ilmiy xodimi, h.f.f.d (PhD)
  • “Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”




    Download 8,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet96/520
    Sana16.05.2024
    Hajmi8,74 Mb.
    #237908
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   520
    Bog'liq
    03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami

    “Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” 
    mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
     
    98 
    Oʻzbekistonning rivojlanish maqsadlariga erishishda, shuningdek, yashil 
    iqtisodiyotga muvaffaqiyatli oʻtishda xususiy sektor muhim rol oʻynaydi. 
    Oʻzbekistonda jadal davom etayotgan iqtisodiy islohotlarning mantiqiy asosi 
    shundan iboratki, kuchli, mustaqil va dinamik xususiy sektor odamlarga xizmat 
    qiladi va asosan hukumat tomonidan rejalashtirilgan modelga qaraganda yaxshiroq 
    ish oʻrinlari yaratadi. Hukumatlar ushbu maqsadlarga erishish yoʻlini belgilashda 
    muhim rol oʻynaydi va yashil iqtisodiyotga oʻtish uchun ham xuddi shunday. 
    Kerakli xususiy investitsiyalarni ta'minlash va samarali yashil oʻsishni qoʻllab-
    quvvatlash uchun mamlakat allaqachon bosib oʻtayotgan islohotlar yoʻlidagi 
    taraqqiyotni tezlashtirish juda muhimdir. kichikroq boʻladi. Natijalar iqlim 
    oʻzgarishining "hoʻl va issiq" yoki "quruq va issiq" stsenariyda sodir boʻlishidan 
    qat'i nazar, oʻxshashdir. 


    “Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” 
    mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
     
    99 
    2-YOʻNALISH. IQLIM OʻZGARISHI: “YASHIL IQTISODIYOT”GA 
    OʻTISH ZARURIYATI VA YASHIL ISH OʻRINLARI 
     
    IQLIM OʻZGARISHINING MEHNAT UNUMDORLIGIGA TA’SIRINI 
    IQTISODIY BAHOLASH MUAMMOLARI 
    A.Elov, Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi 
    universiteti bosh ilmiy xodimi, h.f.f.d (PhD) 
    Bugungi kunda yuqori haroratning inson faoliyatiga biofizik ta’siri chuqur 
    tadqiq etilib, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyotda iqlim 
    oʻzgarishlarining mehnat unumdorligiga tizimli ta’siri nisbatan kamroq oʻrganilgan 
    soha hisoblanadi. 2015 yillardan keyin mazkur mavzuga oid muammolar olimlar
    e’tiborini oʻziga tortmoqda va ular tomonidan bu borada qator tadqiqotlar amalga 
    oshirilmoqda.
    Iqlim oʻzgarishlari va uning oqibatlari atrof muhit, havo va ichimlik suvi kabi 
    insonlarning fundamental birlamchi ehtiyojlarining buzilishi va ifloslanishini 
    keltirib chiqarib, mazkur oʻzgarishlar bir tomondan insonlar salomatligiga jiddiy 
    xavflarni yuzaga keltirsa, ikkinchi tomondan havo haroratining normadan isib 
    borishi mehnat unumdorligini proporsional ravishda kamaytirib boradi.
    Qayd etish lozimki, Markaziy Osiyo mintaqasi, xususan Oʻzbekiston ijtimoiy-
    iqtisodiy va ekologik jihatdan iqlim oʻzgarishlari ta’siriga juda zaif hudud 
    hisoblanadi. Bugungi kunda Oʻzbekiston global issiqxona gazlari emissiyasiga 
    nisbatan eng kam hissa qoʻshayotgan boʻlsada, iqlim oʻzgarishi ta’siridan bevosita 
    koʻproq aziyat chekmoqda.
    Shu nuqtai nazaridan, iqlim oʻzgarishlarining Oʻzbekiston Respublikasi 
    mehnat resurslariga ta’sirini baholash, ushbu ta’sirlarga moslashish, qarshi 
    kurashish hamda milliy iqtisodiyotni “yashil iqtisod” ta’moyillari asosida 
    rivojlantirish istiqbollarini belgilash dolzarb hisoblanadi.
    Xalqaro mehnat tashkilotining prognozlariga koʻra, 2030-yilda butun dunyo 
    boʻylab havo haroratining isishi natijasida ish soatlarining yoʻqotilishi
    3,8 foizga oshib, bu 136 million toʻliq ish kuni ekvivalentini tashkil qiladi. Global 
    isish 2030-yildan keyin ham davom etar ekan, haroratning oshishi mehnat 
    unumdorligini yanada pasaytirishi kutiladi. Xususan, Oʻzbekistonda 2030 yilga 
    kelib issiqlik stressining ta’siri sezilarli darajada oshadi va ish vaqtining 0,15 foizi 
    yoki toʻliq ish kuni ekvivalenti hisobida 22,6 ming ish oʻrni yoʻqolishi prognoz 
    qilingan. Bunda, qishloq xoʻjaligi 0.36%, sanoat 0.12%, qurilish 0.36% va xizmat 
    koʻrsatish 0.01% ish vaqtini yoʻqotadi
    118
    . Fikrimizcha, iqlim oʻzgarishlarining 
    mehnat unumdorligiga ta’sirini aniqlashda Oʻzbekiston sharoitida havoning oʻrtacha 
    normadan isish kunlari, bunday kunlar soni, ochiq quyoshli va issiq xonalar 
    (sovutgichsiz) sharoitida ishlovchilar soni, ish tartibi oʻzgartirishlarni ham hisobga 
    olish lozim.
    Shuningdek, mehnat resurslarning asosiy qismi qishloq xoʻjaligi, qurilish va 
    boshqa ochiq quyoshli sharoitda mehnat qilishini hisobga olinsa, Oʻzbekiston 
    118
    Working on a warmer planet: The impact of heat stress on labour productivity and decent work. International 
    Labour Office – Geneva, ILO, 2019. – P. 69. ISBN 978-92-2-132967-1 (print) ISBN 978-92-2-132968-8 



    Download 8,74 Mb.
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   520




    Download 8,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”

    Download 8,74 Mb.
    Pdf ko'rish