|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
101
issiqlik bilan bogʻliq mehnat unumdorligining pasayishi natijasida jami iqtisodiy
yoʻqotishlar RCP6.0 stsenariysida (asr oxiriga kelib taxminan 3°C isish) global
YaIMning taxminan 1,5%ga, RCP2.6 stsenariysida (asr oxiriga kelib taxminan 2°C
gacha isish) global YaIMning taxminan 0,1% gacha yoʻqotilishi kuzatiladi. Mehnat
unumdorligining pasayishi Janubi-Sharqiy Osiyo, Hindiston va Yaqin Sharq
mamlakatlarida yuqori darajada boʻlib, bu qoʻshimcha moslashish choralarini
koʻrish zarurligini koʻrsatadi
121
. Fikrimizcha, mazkur tadqiqotda Markaziy Osiy
davlatlari boʻyicha mehnat unumdorligi oʻzgarishi alohida koʻrsatilmagan boʻlsada,
Respublikamizning janub viloyatlarida ushbu ta’sirlar kuzatilmoqda. Xususan,
barcha fasllarda oldingi davrga nisbatan isish kuzatilib, ayniqsa yoz faslining ayrim
kunlari issiqlik darajasining 30°Cdan yuqori boʻlishi, mehnat unumdorligiga
bevosita salbiy ta’sirini koʻrsatmoqda. Biroq, iqlim oʻzgarishi ta’sirlari yer sathidagi
issiqlik darajasi bilan bevosita bogʻliqligi sababli, ushbu ta’sirlarni ilmiy jihatdan
aniq oʻlchash imkoniyati mavjud emas.
Kaliforniya universiteti olimasi K.Jessoe va uning jamoasi iqlim oʻzgarishining
mehnat bozoriga ta’sirini tushunish uchun yillik ob-havo oʻzgarishlarining Meksika
qishloqlaridagi bandlikka ta’sirini baholagan. Ularnig fikriga koʻra, haddan tashqari
issiqlik mahalliy ish bilan bandlikning 1,4 foizga qisqarishiga va migratsiyaning 1,4
foizga oshishiga olib kelishi mumkin. Bunda, qishloqdan shaharlarga va chet eldan
AQShga ichki migratsiyani kuchaytiradi
122
. Biz, K.Jessoe va uning jamoasi
fikrlariga qoʻshilamiz, xususan haddan tashqari isish aholini qishloq xoʻjaligida
daromad olishini qiyinlashtiradi. Bu esa, ish kuchini nisbatan ish sharoiti yengil
boʻlgan sohalarga koʻchishiga sharoit yaratadi hamda migratsiyani kuchaytiradi.
Shanxay Jiao Tong universiteti professori Dawei Li va uning jamoasi olib
borgan tadqiqotlarda oʻrtacha haroratning sanoatdan oldingi darajadan 1ºC ga
koʻtarilishi har yili kamida bir kunda 33ºC dan yuqori haroratga duchor boʻlgan
insonlar sonini 97 milliondan 275 millionga oshiradi. Agar harorat 1,5ºC ga
koʻtarilsa 508 million kishi, 2ºC ga 789 million va 3ºC ga 1,22 milliard kishi issiqlik
stressini boshdan kechiradi
123
.
Inson tanasi yuqori namlikda 35ºC dan yuqori haroratdagi fiziologik ta’sirga
(shu jumladan oʻlim) bardosh bera olmasligi sababli, ish joyidagi haddan tashqari
yuqori harorat mehnat qobiliyati va unumdorlikni qisqarishiga olib keladi. Eng
konservativ prognozlarga koʻra, 2030 yilda global haroratning 1,5ºC ga koʻtarilishi
bilan dunyoda umumiy ish vaqtining yoʻqolishi 2,2%ni tashkil qiladi, bu toʻliq 80
million ish joyini yoʻqotishga tengdir
124
. Shu oʻrinda qayd etish lozimki, soʻnggi
yillarda Oʻzbekiston sharoitida havo haroratining 35ºCdan yuqori kunlarning
121
Zhao M, Huang X, Kjellstrom T, Lee JKW, Otto M, Zhang X, Romanello M, Zhang D, Cai W. Labour productivity
and economic impacts of carbon mitigation: a modelling study and benefit-cost analysis. Lancet Planet Health. 2022
Dec;6(12):e941-e948. doi: 10.1016/S2542-5196(22)00245-5. PMID: 36495888.
122
Jessoe, Katrina & Manning, Dale & Taylor, J.. (2017). Climate Change and Labour Allocation in Rural Mexico:
Evidence from Annual Fluctuations in Weather Short Title: Climate Change and Labour in Rural Mexico. The
Economic Journal. Accepted. 10.1111/ecoj.12448.
123
Dawei Li, Jiacan Yuan va Robert E Kopp. Escalating global exposure to compound heat-humidity extremes with
warming. Environmental Research Letters. 2020. 5 March. 17 p. // https:// iopscience.iop.org/
124
Жилина И.Ю. Экономические последствия изменения климата. DOI: 10.31249/rsm/2020.03.04.
// https://cyberleninka.ru/article/n/ekonomicheskie-posledstviya-izmeneniya-klimata/viewer
|
| |