|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
102
koʻplab kuzatilishi, ushbu davrda mehnat resurslarining ish samaradorligiga
oʻzining salbiy ta’sirini koʻrsatdi. Biroq, ushbu ta’sirlarni aniqlash keng koʻlamli
dala tadqiqotlarini oʻtkazishni talab qiladi. Dastlabki oʻrganishlarimiz natijalariga
koʻra, ushbu davrda ochiq havo sharoitida ishlovchi fuqarolarning mehnat
samaradorligi 50-70%ga tushib ketishi kuzatiladi. Qolgan soha vakillari ham issiqlik
stresslaridan jiddiy aziyat chekadi.
Xulosa qilish mumkinki, iqlim oʻzgarishlari sharoitida hozirgi iqtisodiy
rivojlanishni saqlab qolish va iqlim oʻzgarishi natijasida yetkaziladigan zararlar
miqdorini minimallashtirish uchun “yashil” iqtisodiyotga oʻtish choralarini koʻrish
zaruriyati kundan kunga oshib bormoqda. Iqlim oʻzgarishi mehnat unumdorligini
sezilarli darajada kamaytiruvchi makroiqtisodiy muammo boʻlib, mehnat
unumdorligidagi har qanday oʻzgarishlar milliy mahsulot va aholi daromadiga
bevosita ta’sir qiladi. Iqlim oʻzgarishining hozirgi tendensiyalarining davom etishi
ishchi kuchining qishloq xoʻjaligidan boshqa sohalarga qayta taqsimlanishiga, ichki
va tashqi migratsiyaning rivojlanishiga olib keladi. Shu sababli, iqlim oʻzgarishi
sharoitida mehnat resurslarini himoyalash va ularning samaradorligini saqlab qolish
maqsadida quyidagilar taklif etiladi. Jumladan,
1. Oʻzbekiston sharoitida iqlim oʻzgarishlari natijalarining mehnat resurslariga
ta’sirini baholash boʻyicha mutasaddi idora va tashkilotlar vakillari ishtirokida keng
koʻlamli ilmiy-amaliy tadqiqotlar oʻtkazish;
2. Iqlim oʻzgarishlarining ta’sirlarini oʻlchash koʻrsatkichlarini shakllantirish
va ularni baholash hamda monitoring qilib borish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. Milliy
iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda iqlim oʻzgarishlari natijasida mehnat
resurslari unumdorligini kamaytirish jihatlarini inobatga olish;
3. Haroratning 35ºC dan yuqori darajasida mehnat resurslari uchun shart-
sharoit mavjud boʻlmagan sharoitda ularning ish tartibini odatdagidan oʻzgartirish
qoidalarni belgilash;
4. Mehnat resurslari samaradorligini saqlab qolish uchun, haqbay ishlovchi
xodimlarni 4 kunlik ish tartibiga va soha xususiyatidan kelib chiqib ayrim
xodimlarni onlayn ishlash tartibiga oʻtkazish.
Mazkur choralarning koʻrilishi mehnat resurslarini iqlim oʻzgarishlaridan
himoyalash va ularning mehnat unumdorligini saqlab qolishga imkoniyat yaratadi.
|
| |