|
O‘qituvchilarning xarakteri, individual xususiyatiga qarab toifalarga ajratib bering: *
|
bet | 511/802 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 7,1 Mb. | | #255576 |
Bog'liq Barcha yo\'nalishlar uchunO‘qituvchilarning xarakteri, individual xususiyatiga qarab toifalarga ajratib bering: *tashabbuskor, ijodkor o‘qituvchilar, tashabbussiz, o‘z fikriga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar, hamma ishga befarq qarovchi o‘qituvchilar.
O‘qituvchining dilkashligi uchta tarkibiy qismni birlashtiruvchi jarayon bo‘lib, u ... ? *Muloqotda zaruriyatning mavjudligi; yaxshi kayfiyat; kommunikativ ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish.
O‘qituvchining jonli muloqotini tashkil etuvchi omillarga qaysilar kiradi: 1) nutqning jozibadorligi, bilim saviyasi, tafakkurning kengligi, yuksak pedagogik madaniyati; 2) o‘tkir dunyoqarashi, ma’naviy madaniyat darajasining yuksakligi, pedagogik qobiliyati; 3) ta’lim-tarbiyada pedagogik jihatdan belgilangan maqsadni to‘g‘ri yo‘naltira olishi. *1,2,3.
O‘qituvchining ijodiy mehnati jarayonida erishiladigan natijalarining rivojlanish bosqichlarini belgilang? *Iqtidor, iste’dod, daholik.
O‘qituvchining kasbiy faoliyatida namoyon bo‘luvchi xususiyatlarga quyidagilardan qaysilari kiradi: 1) o‘z kasbini, bolalarni sevishi, ziyrakligi va hozirjavobligi; 2) pedagogik nazokati, tasavvuri, qobiliyati, ilmiy saviyasi; 3) notiqlik madaniyati, ijodkorligi, intellekti, ma’naviy ehtiyoji. *1,2,3
O‘qituvchining kommunikativ qobiliyati qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? *Talabaga to‘g‘ri muomala qila olish, ularga yaqin bo‘lish, ular bilan pedagogik samarali hamkorlik o‘rnata bilish qobiliyati.
O‘qituvchining mantiqiy qobiliyati – bu ...? *Mulohaza yuritish, raqamlarni, matematikani, murakkab masalalarni echishga qiziqish.
O‘qituvchining nutqiy faoliyatida asosan nimalarga e’tibor beriladi? *So‘zlash, mutolaa qilish va eshitishga.
O‘qituvchining og‘zaki nutqi qanday shakllardan iborat? *Monologik va dialogik.
O‘qituvchining pedagogik nazokatga erishish yo‘llari? *O‘zini tuta bilishi, sabr-toqat, sezgirlik, vijdon, oriyat kabi xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirishi bilan.
O‘qituvchining pedagogik nazokatida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan xususiyatni belgilang? *Sinf jamoasida ongli intizomni vujudga keltirish va haqiqiy muloqot madaniyatiga erishishi.
|
| |