• 3.4. Organizm fuknsiyalarining koordinasiyasi
  • Markaziy asab tizimidagi tormozlanishlar




    Download 4,48 Mb.
    bet4/306
    Sana24.03.2017
    Hajmi4,48 Mb.
    #2105
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   306
    3.3. Markaziy asab tizimidagi tormozlanishlar

    Markaziy asab tizimida faqatgina qo’zg’alish jarayonlari kuzatilmay, balki uning barcha qismlarini faoliyatida muhim rol o’ynovchi tormozlanish jarayoni ham kuzatiladi.

    Markaziy asab tizimida tormozlanish hodisalari kuzatilishini dastlab I.M.Sechenov ochgan. Baqani bosh miyasi ko’rish do’ngchalari to’g’risidan kesilib katta yarim sharlari olib tashlandi. So’ngra uning keyingi oyoqlarini kislotaning kuchsiz eritmasiga solib oyoqni tortib olish refleksini hosil bo’lish vaqtini aniqladi. Agarda ko’rish do’ngchalari kesilgan joyga osh tuzining kristallaridan qo’yib, oyoqni tortib olish reaksiyasini hosil bo’lish vaqti o’rganilganida uning ikki martaga ortishi aniqlandi.

    Bunday hodisaning amalga oshishini I.M.Sechenov ko’rish do’ngchalari joylashgan joydagi nerv markazlari oyoqni tortib olish refleksiga tormozlovchi ta’sir ko’rsatadi deb tushuntirdi.

    Keyinchalik tormozlanish markaziy asab tizimining barcha qismlari uchun xos xususiyat ekanligi tajribalar asosida ko’rsatildi. Tormozlanish har qanday reflektor aktni bajarilishida ishtirok etadi. Qo’zg’alish va tormozlanish tashqi ko’rinishdan qarama-qarshi jarayonlar hisoblanadi. Bu jarayonlarning o’zaro aloqasi odam tanasidagi organlarning faoliyatini kelishilgan holda ishlashi, asab tizimi faoliyatini bir maromda bajarilishini ta’minlaydi.

    Odatda birlamchi sinapsoldi va sinapsorti tormozlanishlari farqlanadi. Sinapsoldi tormozlanishlar afferent aksonlarining sinapsoldi shoxlanish joyida rivojlanadi, natijada sinapslarga impulslarni o’tkazilishi to’xtatiladi va javob reaksiyasining tormozlanishi yuzaga keladi.

    Sinapsorti tormozlanishda, tormozlovchi sinapslarga kelgan impulslar sinapsorti membranasining giperpolyarizasiyasini chaqiradi. Bu paytda membrana potensialining ko’lami ortadi va sinapsorti potensialining tormozlanishi yuzaga keladi, natijada tormozlanish boshlanadi.

    Ikkilamchi tormozlanishlar maxsus tormozlovchi tuzilmalarning ishtirokisiz bajariladi va qo’zg’atuvchilarning katta kuchi ta’siri ostida qo’zg’atuvchi sinapslarda rivojlanadi.


    3.4. Organizm fuknsiyalarining koordinasiyasi


    Koordinasiya haqida tushuncha. Organizmdagi barcha organlar va tizimlarning faoliyati kelishilgan holda bajariladi. Tashqi va ichki muhit ta’sirotlariga organizm bir butun-yaxlit holda reaksiya qiladi. Organizmning turli tizimlari faoliyatining bir butun holda birlashishi (integrasiya) va muhitni turli sharoitlariga organizmni moslashishiga olib keluvchi o’zaro aloqasi, kelishishi (koordinasiya) markaziy asab tizimi faoliyati bilan bog’liq.

    Umumiy oxirgi yo’l tamoyili. Markaziy asab tizimining koordinasiyalovchi faoliyatining morfologik asosi bo’lib umumiy oxirgi yo’l hisoblanadi. Qo’zg’alishni markaziy asab tizimiga olib boruvchi markazga intiluvchi nerv tolalari (afferent), organizmda efferent neyronlarga (markazdan qochuvchi) nisbatan qariyib 5 martaga ko’pdir.

    Markazga intiluvchi tolalar bilan markazdan qochuvchi tolalar orasidagi bunday nisbatni Sherrington chizma ravishda katta qabul qiluvchi teshikcha va tor-chiquvchi teshikga ega bo’lgan voronka shaklida tushuntirib berdi. Katta qabul qiluvchi teshikdan nerv impulsari asab tizimi markaziga tushsa, qo’zg’alishlar effektorga uncha ko’p bo’lmagan miqdorda yetib boradi. Bunday holatda bitta markazga intiluvchi neyronga ega bo’lgan yo’lda turli reseptor zonalardan juda ko’plab impulslar uchraydi. «Umumiy oxirgi yo’l» uchun o’ziga xos kurash yuzaga keladi. Markaziy asab tizimida va uning o’sha paytdagi funksional holati markazga kelgan katta miqdordagi nerv impulslaridan qaysisi oxirgi umumiy yo’lga ega bo’lishini aniqlab beradi.



    Markaziy asab tizimidagi irradiasiya va induksiya. U yoki bu reseptorni qo’zg’atish natijasida yuza keladigan qo’zg’alish impulslari markaziy asab tizimiga tushganidan keyin, uning qo’shni qismlariga tarqaladi. Markaziy asab tizimidagi qo’zg’alishni bunday tarqalishi irradiasiya deb ataladi. Berilgan qo’zg’atish qancha kuchli va davomli bo’lsa irradiasiya shuncha keng bo’ladi. Asab tizimining turli qismlarini bir-biri bilan bog’lovchi qo’shimcha neyronlar va markazga intiluvchi nerv hujayralarining ko’plab o’simtalari hisobiga irradiasiya yuz berishi mumkin. Irradiasiya bolalarda, ayniqsa ularning hayotini dastlabki davrlarida aniq namoyon bo’ladi. Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar chiroyli o’yinchoqlarni ko’rganida og’zini ochadi, sakraydi, kayfiyati yaxshilagidan kuladilar.

    Tabiiy sharoitlarda markaziy asab tizimi bo’ylab qo’zg’alish odat bo’yicha juda keng ko’lamda irradiasiyadanishi mumkin, lekin haqiqatda ma’lum chegaralarda tarqaladi, bu esa ma’lum koordinasiyalangan reflektor reaksiyalarning bajarilishi imkonini beradi.

    Qo’g’atuvchilarni tabaqalanish jarayonida qo’zg’alishni irradiasiyalanishini tormozlanish chegaralaydi. Natijada ma’lum neyronlar guruhida qo’zg’alish yig’iladi. Shundan keyin qo’zg’algan neyronlar atrofida qo’zg’aluvchanlik pasayib ketadi va ular tormozlanish holatiga keladilar. Bu hodisa bir vaqtdagi manfiy induksiyadir. Diqqatni jamlanishini, irradiasiyani zaiflashuvi va induksiyani kuchayishi deb qarash mumkin. Shovqin ta’siridan, qattiq yoki kuchli kulgidan yoki gaplashishdan diqqatni yoyilib ketishi induksiyaning zaiflashuvi natijasi hisoblanadi va qo’zg’alishni irradiasiyasi uchun qulay sharoit yaratadi. Diqqatni bo’linishini yangi kiritilgan qo’zg’alish o’chog’i tomonidan yuzaga kelgan chamalash reaksiyasi natijasida hosil bo’lgan induksion tormozlanishni natijasi deb qarash mumkin. Qo’zg’algan neyronlarda, qo’zg’alishdan keyin tormozlanish yuz beradi va aksincha o’sha neyronlarda tormozlanishdan keyin qo’zg’alish yuzaga keladi. Bu navbatlashuvchi induksiyali dars davomida katta yarim sharlar po’stlog’idagi harakat qismida uzoq muddatli tormozlanishdan keyin tanaffus paytida o’quvchilarda qo’zg’atiladigan harakat faolligining kuchayishi bilan navbatlashuvchi induksiyani tushuntirish mumkin. Tanaffus paytidagi dam olish faol va harakatchan bo’lishi zarur.

    Dominantlik tamoyili. Dominantlik tamoyili A.A.Uxtomskiy tomonidan shakllantirilgan. Asab tizimining faoliyati uchun har bir vaqtning o’zida qo’zg’alish o’chog’ining ustunlik, hukmronlik qiluvchi o’chog’larining mavjudligi xos xususiyatdir. Bir vaqtning o’zida berilgan uzoq muddatli qo’zg’alish uchog’ining vaqtinchalik hukmronligi dominantlik deb ataladi. Dominantlik tamoyili – asab tizimining koordinasiyalovchi faoliyatini asosiylaridan biridir. Asab tizimining ushbu xususiyati tufayli organizmga tinimsiz ravishda berilayotgan turli- tuman tashqi ta’sirotchilarning ta’siriga markaziy asab tizimining tanlash va ma’lum darajadagi moslashuvchanligi ta’minlanadi.

    Ochlik paytida markaziy asab tizimining dastlabki o’ziga xos qismlarida, yuqori qo’zg’aluvchanlikga ega bo’lgan turg’un o’choqlarida oziqaviy dominantlik yuzaga keladi. Agarda och it bolasiga sut berilsayu –uning oyoqlariga elektr toki bilan ta’sir ko’rsatilganda ham kuchuk bolasi oyog’ini tortib olmasdan, aksincha jadalroq sutni icha boshlaydi. To’q it bolasi oyoqlariga elektr toki bilan ta’sir ko’rsatilsa u oyoqlarini tortib oladi.

    Qo’zg’alishning dominant o’chog’i boshqa markazlarga tushayotgan qo’zg’alish to’lqinlarini o’ziga tortib olish xususiyatiga ega va ular hisobiga kuchlanadi. Bu paytda uning tarkibiga kirmaydigan nerv markazlari va ularga mos reflekslarni tormozlaydi, ana shu sababli markaziy asab tizimida mavjud bo’lgan dominantlik o’chog’ining koordinasiyalovchi roli o’zgaradi.

    Asab faoliyati paytida bitta dominantlik ikkinchi dominantlik bilan almashinadi. Markaziy asab tizimida yuzaga kelgani kuchli dominantlik oldin hosil bo’lgan dominantlikni manfiy induksiya yo’li bilan tormozlaydi. Bola kancha yosh bo’lsa, dominantlik shuncha noturg’un va shuncha tez tormozlanadi.

    A.A.Uxtomskiyning fikriga ko’ra, dominantlik tamoyili diqqat-e’tibor va fikrlash qobiliyatining fiziologik asosi hisoblanadi. O’qituvchining qiziq va emosional hatti-harakatlar bilan biron narsani tushuntirishi, yaxshi tayyorlangan jadval, o’quvchilar tomonidan bajarilgan tajriba, kinofilmlardan kadrlar ko’rsatish o’quv jarayonida o’sha vaqtga nisbatan dominantlik hosil bo’lishini ta’minlaydi, bilimlarni o’zlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Dominantlik tamoyili markaziy asab tizimida oldindan shakllangan dominantlik o’chog’iga nisbatan yangi reflektor aktlarini hosil qilishda hisobga olish zarur ekanligini qayd etadi. Futbol o’yini paytida yuzaga kelgan harakat dominantligi boshqa darsning dastlabki daqiqalarida yangi o’quv materiallarini tushuntirib berish jarayonida birdaniga yangi dominantlik o’chog’i yuzaga kelish imkonini bermaydi. Dominantlik nisbatlarini o’zgartirish uchun ancha qiziqarli va tushunarli bo’lishiga ma’lum muddat talab qilinadi.

    Asab tizimining asosiy rivojlanish bosqichlari. Asab tizimi embrional rivojlanishning uchinchi haftasida tashqi zarodish varag’idan (ektodermadan) hosil bo’ladi, ya’ni shakllana boshlaydi. Dastlab asab plastinkasi hosil bo’ladi, qaysiki sekin-asta ikki tomoni ko’tarilgan tarnovga aylanadi. Tarnovchaning tomonlari bir-biriga yaqinlashib, tutashgan nerv nayini hosil qiladi.

    Nerv nayining pastki qismidan orka miya hosil bo’lsa, nerv nayining yuqorigi qismidan uchta kengaygan birlamchi miya puffaklari hosil bo’ladi. (oldingi, o’rtangi va keyingi, yoki rombasimon pufaklar).

    Besh haftalik embrionda, oldingi pufakning ko’ndalang egatlar bilan va rombasimon pufakning yana ikki qismga bo’linib - beshta miya pufaklari hosil qilganligi yaqqol ko’rinadi. Beshta miya pufaklaridan bosh miyaning barcha bo’limlari hosil bo’ladi. Beshinchi bo’limdan uzunchoq miya, to’rtinchidan – Varoliyev ko’prigi va miyacha uchinchidan –o’rta miya, ikkinchisidan – ko’z pufagi va oraliq miya, birinchidan –bosh miya katta yarim sharlari rivojlanadi.

    Bular orasida oldingi pufak juda jadal rivojlanadi. Embrional rivojlanishning 3-oyida chap va o’ng yarim sharlarni bog’lab turuvchi qadoqli tana shakllanadi, homiladagi rivojlanishning oltinchi oyida yarim sharlar to’lig’icha qoplab oladi. Bu paytda miyaning barcha bo’limlari aniq ko’rinib turadi.


    3.5. Markaziy asab tizimining turli bo’limlarining tuzilishi, rivojlanishi va funksional ahamiyati.

    3.5.1. Orqa miya.
    Orqa miyaning tuzilishi. Orqa miya uzun tasma shaklida bo’lib, uning uzunligi voyaga yetgan odamlarda 45 sm.gacha yetadi. Yuqoridan uzunchoq miyaga tutashgan bo’lib, pastdan 1-1 bel segmentlarigacha yetib boradi, u toraya boradi va konus shaklidagi oxirgi iplar bilan tamom bo’ladi.

    Orqa miyaning qo’l va oyoqlarga nervlar bo’linadigan joyida bo’yin va bel yo’g’onliklari mavjud. Orqa miyaning markazidan bosh miyada ham davom etuvchi kanal o’tadi. Orqa miya ikkita egat bilan (oldingi va keyingi) chap va o’ngbo’limlarga bo’linadi.

    Orqa miya ko’ndalang kesilganida undagi tor markaziy kanal ko’kimtir modda bilan o’ralganligi ko’rinadi va ular oldingi va keyingi shoxlarni hosil qiladi.

    15-rasm. Orqa miyaning ko’ndalang kesimi.

    1-oldingi ko’ndalang bo’shliq; 2-orqa miya arteriyasi; 3-oq moddaning oldingi ustuni; 4-oldingi shox; 5-orqa miyaning oldingi tutami; 6-ko’k moddaning yon shoxi; 7-oq moddaning yon ustuni; orqa shox; 9-keyingi tutam; 10-keyingi ustun; 11-keyingi ko’ndalang egat; 12-orqa miyaning yumshoq po’stlog’i.
    Ko’krak qismidagi oldingi va keyingi shoxlarining orasida yonbosh shoxlar joylashgan bo’ladi. Kulrang modda atrofida oldingi, keyingi va yonbosh arkonchalar shaklidagi oq moddaning bog’lamlari joylashadi.



    16-rasm. Orqa miyaning ikki sigmenti.

    1-orqa miya nervining oldingi shoxi; 2- orqa miya nervi; 3-umurtqalar ora bog’; 4-keyingi shox; 5-kulrang modda; 6- orqa miyaning oq moddasi.


    Kulrang modda odatda nerv hujayralarining jamlanishinidan hosil bo’lgan bo’lsa, oq moddasi nerv tolalarining jamlanishidan hosil bo’ladi. Kulrang moddaning oldingi shoxlarida harakat (markazga intiluvchi) neyronlarining tanalari joylashgan bo’lib, uning o’simtalari esa oldingi ildizlarni hosil qiladi. Keyingi shoxlarda esa markazga intiluvchi va markazdan qochuvchi neyronlar orasidagi bog’lanishlarni bajaruvchi oraliq neyronlarning hujayralari joylashgan. Keyingi ildizlar esa tanalari orqa miyaning (umurtqa pog’onalari orasidagi) tugunlarida joylashgan sezuvchi (markazga intiluvchi) hujayralarning tolalaridan hosil bo’ladi. Keyingi ildizlar orqali qo’zg’alishlar periferiyadan orqa miyaga o’tkaziladi – bular sezuvchi ildizlardir. Oldingi ildizlar orqali qo’zg’alishlar orqa miyadan muskullarga va boshqa organlarga beriladi, bular harakat ildizlaridir.

    Orqa miyaning kulrang moddasining yon shoxlarida simpatik asab tizimining vegetativ yadrolari joylashgan.

    Orqa miyaning, oq moddasini asosiy massasini tashkil qiluvchi nerv tolalari, orqa miyaning o’tkazuvchi yo’lini tashkil qiladi. Bu yo’llar bilan markaziy asab tizimining turli qismlari orasida bog’lanishlar ta’min etiladi va yuqoriga hamda pastga tushuvchi yo’nalishlarga impulslar o’tadi.

    Orqa miya segmentli tuzilishga ega bo’lib, unda 31 ta segment mavjud. Har bir segmentdan oldingi va keyingi ildizlar chiqadi. Har ikkala ildiz ham miyadan chiqishi bilanoq bir-biriga qo’shilib orqa miya nervlarni hosil qiladi. Segmentlar miqdoriga mos holda orqa miyadan 31 juft orqa miya nervlari chiqadi. Orqa miya nervlari aralash nervlar bo’lib, ular markazga intiluvchi va markazdan qochuvchi tolalardan tashkil topadi.

    Orqa miya qattiq, o’rgimchak tњrisimon va tomirlari po’stloqlar bilan o’ralgan.

    Orqa miyaning rivojlanishi. Orqa miya boshqa miyalardan oldin rivojlanadi. Embrionda bosh miya hali miya puffaklari bosqichida bo’lganida, orqa miya esa o’sha paytdayoq jiddiy o’lchamlarga ega bo’ladi. Homila rivojlanishining turli bosqichlaridayoq orqa miya umurtqa pog’onasining kanalini butunicha to’ldiradi. So’ngra, umurtqa pog’onasining ustuni o’sish bo’yicha orqa miyaning o’sishidan ortib ketadi va tug’ilish paytida u bel umurtqalarining 3-segmentida tamom bo’ladi. Yangi tug’ilgan bolalarda orqa miyaning uzunligi 14-16 sm.ni tashqari qilsa, 10 yoshga kelib esa u ikki marta uzayadi. Orqa miyaning yo’g’onlashishi juda sekin amalga oshadi. Bolalar orqa miyasining ko’ndalang kesimida oldingi shoxlar keyingi shoxlarga nisbatan ko’proq bo’ladi. Bolalarning orqa miyasidagi nerv hujayralarining ko’payishi maktab yoshidagi bolalarda kuzatiladi.

    Orqa miyaning funksiyalari. Orqa miya organizmning murakkab harakat reaksiyalarini bajarishda ishtirok etadi. Bu orqa miyaning reflektor funksiyasidir. Orqa miyaning kulrang moddasida juda ko’plab harakat reaksiyalarining reflektor yo’llari tutashadilar. Orqa miyaning bu funksiyasiga tizza refleksi misol bo’ladi. Sonning to’rtboshli muskullarining paylari bo’ylab urish tizza bo’g’inidan boldir muskullarining cho’zilishini chaqiradi. Bu refleksning yo’li orqa miyaning 2-4 bel segmentlaridan o’tadi. Bolalar hayotini dastlabki kunlarida tizza refleksini chaqirish juda oson, lekin, u boldir muskullarining cho’zilishi bilan emas balki bukilishi bilan namoyon bo’ladi, bu esa cho’zuvchi muskullar tonusining, bukuvchi muskullar tonusidan past bo’lishini ko’rsatadi. Sog’lom bolalar hayotining birinchi yilida refleks doimo yuzaga kelsada, u unchalik aniq namoyon bo’lmaydi.

    Orqa miya bosh miya nervlari bilan innervasiya qilinuvchi bosh muskullaridan tashqari barcha skelet muskullarini innervasiya qiladi. Orqa miyada tana, qo’l-oyoqlar va bo’yin muskullarining reflektor markazlari joylashgan. Shu yerning o’zida vegetativ asab tizimining markazlari ham joylashgan. Siydik chikarish va defekasiya, erkaklarda jinsiy a’zoning reflektor holda taranglashishi va spermaning otilib chiqarilishi (erreksiya va eyakulyasiya) orqa miya funksiyalari bilan bog’liqdir.

    Orqa miya, o’tkazuvchanlik funksiyasini ham bajaradi. Orqangi ildizlardan orqa miyaga tushuvchi markazga intiluvchi nerv impulslari orqa miyaning o’tkazuvchi yo’llari orqali yuqorida yotuvchi bosh miyaning boshqa bo’limlariga o’tkaziladi. O’z navbatida markaziy asab tizimida yuqorida yotuvchi bo’limlaridan orqa miya ham skelet muskullari va ichki organlar faoliyatini o’zgartirishi mumkin bo’lgan impulslarni oladi.

    Odamlarda orqa miyaning faoliyati jiddiy darajada markaziy asab tizimining yuqorisida yotuvchi bo’limlarining koordinasiyalovchi ta’siriga bo’ysunadi.




    Download 4,48 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   306




    Download 4,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Markaziy asab tizimidagi tormozlanishlar

    Download 4,48 Mb.