270
8.
Nima sababdan podstantsiyalarni o’takuchlanishlardan
himoyalashda
ishonchlilik bo’yicha talab havo liniyalaridagiga nisbatan yuqori qo’yiladi?
Sababini tushuntiring.
7.3. Elektr uzatish liniyasida va u qatnashuvchi zanjirlarda
to’lqin jarayonlari
Elektr uzatish liniyasiga bevosita va unga yaqin joylashgan birorta ob’ektga
yashin urilganda liniya o’tkazgichlari bo’ylab tarqaluvchi elektromagnit to’lqin
paydo bo’ladi. Liniyada va podstantsiyada paydo bo’ladigan atmosfera
o’takuchlinishi bu to’lqinlarning sinishi va qaytishi bilan aniqlanadi. SHu sababli
yashindan himoyalash qurilmalarini tanlash uchun
olib boriladigan hisoblash
ishlarini bajarishda to’lqin jarayonini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega.
Elektr uzatish liniyasida to’lqin jarayoni to’rtta asosiy parametr – liniyaning
birlik uzunligiga to’g’ri keluvchi sig’imi
S, induktivligi
L, aktiv qarshiligi va aktiv
o’tkazuvchanligi bilan xarakterlanadi. Ular quyidagi ko’rinishdagi differentsial
tenglamalar orqali bog’langan:
t
U
C
gU
i
t
i
L
ir
U
.
(7.15)
Barcha to’rtala parametrlar hisobga olinganda
bu differentsial tenglama
murakkab ko’rinishga ega bo’ladi. Ayrim hollarda liniyaning o’tkazuvchanligi
juda kichik bo’lganligi sababli u e’tiborga olinmaganda bu tenglamalar ancha
soddalashadi. Biroq liniya bo’ylab katta amplitudali to’lqin tarqalayotgan bo’lsa,
liniyaning o’tkazgichlarida tojlanish razryadi paydo bo’lib,
bunday sharoitlarda
aktiv o’tkazuvchanlikni hisobga olmaslik mumkin emas.
Liniyada kechadigan jarayonga uning aktiv qarshiligi sezilarli darajada
ta’sir ko’rsatib, u o’takuchlanish amplitudasini so’ndirishga va to’lqinning
deformatsiyalanishiga olib kelishi mumkin. Yashinning
elektr uzatish liniyasi
o’tkazgichlariga razryadlanishda erga nisbatan o’takuchlanish sodir bo’ladi. SHu
271
sababli elektromagnit to’lqining to’g’ri toki liniya o’tkazgichlari bo’yicha tarqalsa,
teskari toki er bo’ylab qaytadi. Liniyaning aktiv qarshiligi o’tkazgichning aktiv
qarshiligi
t
"
o
r
va tok qaytayotgan erning aktiv qarshiligi
yer
r
dan iborat bo’ladi.
To’lqin rejimida tokning vaqt bo’yicha o’zgarishi juda katta bo’lganda
ekvivalent aktiv qarshilik sirtiy effekt hisobiga oshib ketadi va to’lqin
amplitudasining deformatsiyalanishiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Bu
jarayonning nazariy tahlili o’ta murakkab bo’lib, kuchlanish to’lqining o’zgarish
xarakteriga erning sirtiy effektining ta’siri 7.4- rasmda keltirilgan.
Kuchlanish
to’lqini
ekvivalent
frontining
o’zgarishini
kuchlanish
o’zgarishining maksimal tezligi bo’yicha aniqlash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Ekvivalent frontning uzunligini aniqlash uchun M.V. Kostenko tomonidan
quyidagi taxminiy hisoblash formulasi taklif etilgan:
,
260
2
2
2
h
l
Э
mksek ,
(7.16)
bu yerda
- tuproqning solishtirma qarshiligi, Om/m;
l
- to’lqinning o’tgan yo’li uzunligi, m;
h
- erning sirtiga nisbatan faza o’tkazgichlarining osilish balandligi, m;
C
L
Ζ
- liniyaning to’lqin qarshiligi, Om.
7.4- rasm. Erning sirtiy effekti ta’sirida to’lqin frontining stillashgan xarakteri