290
1) Yashining tayachlar oralig’ining o’rtasida trosga urilishi va tros –
o’tkazgich havo oralig’ining qoplanishi;
2) Yashinning trosli yashin qaytargich himoya zonasini teshib o’tib
o’tkazgichga urilishi;
3) Yashinning tayanchga urilishida va tayanch–o’tkazgich havo
oralig’ining teskari qoplanishi.
Yashinning himoya qurilmasiga razryadlanishida liniya izolyatsiyasining
qoplanishi faqat yashinning razryadlanishi o’taintensiv bo’lgan holatdagina sodir
bo’ladi. Bunday intensivlikning paydo bo’lish extimoli juda past, oqibatda yil
davomida izolyatsiyaning qoplanishlar soni juda kam bo’ladi. Impuls
qoplanishning kuchli yoyga aylanish extimolini kamaytirish qopla-nish yo’lini
uzaytirish orqali amalga oshiriladi.
Yashin ikki tayanch oralig’ining o’rtasida himoya trosiga urilgan holatni
ko’rib o’tamiz. Agar tros tayanchda yaxshi zaminlangan bo’lsa, ya’ni
Tr
iz
R
(
Tr
-trosning to’lqin qarshiligi) va hisoblash uchun yashin toki impulsini o’tkir
burchakli deb qabul qilganimizda yashin urilgan joydagi kuchlanish impulsini
qurishimiz mumkin (7.10- rasm).
7.10- rasm. Tayanchlar oralig’ining o’rtasida trosga yashin urilgandagi kuchlanish impulsi.