294
kommutatsiya paytida kommutatsiya apparatlarining ishlashi natijasida paydo
bo’ladigan o’takuchlanishdan
tashqari, izolyatsiyaning qoplanishida kechadigan
o’tkinchi jarayonlarda ham kuzatilishi mumkin. Masalan, liniya izolyatsiyasining
liniyaga yashinning urilishidan, neytrali zaminlangan yoki rezonans –
kompensatsiyalangan liniyada bir fazali qisqa tutashuv sodir bo’lgan joydagi
yoyning noturg’un yonishida (yoyning ketma–ket yonishi va so’nishi ma’lum
ma’noda kommutatsiyani bildiradi) kuzatiladi.
Kommutatsiya o’takuchlanishini quyidagi guruhlarga bo’lish qabul
qilingan:
1)
Yuklanmagan uzun HEULni, sig’im xarakteridagi yuklamalarni va
kondensatorlar batareyasini o’chirishda kuzatiladigan o’takuchlanish;
2) Uzun liniyalarni ulashda va avtomatik qayta ulagich qo’llanilganda paydo
bo’ladigan o’takuchlanish;
3) Kichik induktiv tokli elementlarni o’chirishda, masalan, yuklanmagan
transformatorlarni, asinxron dvigatellarni va reaktorlarni o’chirishda kuzatiladigan
o’takuchlanish. U sistema rejimining simmetrik va nosimmetrik rejimida va
nosimmetrik qisqa tutashuvlarda ham uchraydi;
4) Neytrali izolyatsiyalangan va zaminlangan elektr tarmoqlarida erga yoyli
qisqa tutashuvda va yoyning noturg’un xarakterida rivojlanadigan o’takuchlanish.
Keltirilgan sinflash shartli hisoblanadi. Ayrim holatlarda real elektr
sistemasida bir vaqtning o’zida har xil guruhlarga mansub bo’lgan
o’takuchlanishlar paydo bo’ladi. Masalan, rezonansli o’takuchlanish
ustiga
o’tkinchi jarayonlar bilan bog’liq bo’lgan o’takuchlanishning qo’yilishi natijasida
amplitudasi ancha katta bo’lgan o’takuchlanish kuzatilishi mumkin.
Ko’pchilik o’takuchlanish turlari tarmoqning nominal kuchlanishiga
nisbatan ma’lum aniq karralikka ega. Elektr sistemalarida ayrim hollarda
yuklamani tashlash, qo’zg’atishni jadallashtirish va generatorlarni tezlashishi bilan
bog’liq bo’lgan qisqa muddatli o’takuchlanishlar ham kuzatiladi.
Kommutatsiya o’takuchlanishini quyidagi turlarga bo’lish mumkin:
295
1) tok o’tkazuvchi qismlarning erga nisbatan izolyatsiyasiga ta’sir etuvchi
fazaviy o’takuchlanish;
2) har xil faza o’tkazgichlari orasidagi izolyatsiyaga ta’sir etuvchi
fazalararo o’takuchlanish;
3) o’chirgich va ajratgichning ochiq kontaktlari
orasidagi kontaktlararo
o’takuchlanish.
Izolyatsiya konstruktsiyalarini loyihalashda o’takuchlanish bo’yicha
quyidagi berilgan qiymatlar qo’llaniladi:
1) o’takuchlanishning maksimal qiymati
max
U
yoki uning karrasi
.
kuch
..
ish
katta
eng
max
U
U
, ya’ni o’takuchlanishning maksimal qiymatining eng katta ruxsat
etiladigan ishchi kuchlanishga bo’lgan nisbati;
2) Izolyatsiyaga ta’sir etayotgan o’takuchlanishning ta’sir etish vaqtini
aniqlashga imkon beradigan o’takuchlanish shakli;
3) ma’lum ko’rinishdagi o’takuchlanish ta’sirida bo’ladigan elektr tarmog’i
qurilmalarining tarkibi.
Yuqorida sanab o’tilgan xarakteristika katta statik tarqoqlikka ega,
chunki
ularning qiymatlari ko’pgina faktorlarlarga bog’liq. Shu bilan birga tasodifiy
xarakterda ta’sir etadi. Shuning uchun izolyatsiyaning kerakli sathini hisoblashda
shunga amin bo’lamizki, ma’lum vaqt intervali berilgan o’takuchlanish karrasidan
ancha yuqori bo’lgan o’takuchlanishlarga duch kelamiz.
O’takuchlanishlarning ko’pchilik turlarini chegaralash talab etiladi.
O’takuchlanishdan himoya qilishni texnik–iqtisodiy asoslash tarkibiga elektr
qurilmalarning shikastlanishidan, elektr tarmoq qurilmalarining salt ishlashi va
navbatsiz ta’mirlashdan kutiladigan statik zarar ham kiritiladi.
YAna bunga elektr
qurilmalarining buzilishi yoki ishlash rejimining buzilishidan paydo bo’ladigan
mahsulotning
sifatsizligidan,
iste’molchilarning, texnologik jarayonning
buzilishidan keladigan zarar-lar ham kiradi.
296
a)
b)
v)
7.11- rasm. Liniyani ulashda o’takuchlanishni hisoblash uchun sxema.
a – boshlang’ich sxema; b – T- shakldagi almashtirish sxemasi; v – hisobiy tebranuvchan
kontur.
Liniyani ulashda kuzatiladigan o’takuchlanishni o’rganishning eng oddiy
sxemasi 7.11,a- rasmda keltirilgan. Bu sxemada uzunligi
l
, to’lqin
qarshiligi
Ζ
bo’lgan liniya oldindan ulangan
X
1
reaktiv qarshiliq orqali sinusoidal qonuniyat
bilan o’zgaruvchi kuchlanish manbaiga ulanadi.
Qisqa liniyalar uchun uning T yoki P shakldagi almashtirish sxemasidan
(7.11,b- rasm) foydalanish mumkin.. Liniya qanday almashtirish sxemasi bilan
tasvirlanmasin uni doimo tebranish konturi ko’rinishida
ifodalashimiz mumkin
(7.11,v- rasm). 7.11,b- rasmdagi sxema uchun
2
1
l
Χ
Χ
Χ
;
l
b
b
. Yulduzcha
ulangan sxemani uchburchak ko’rinishga keltirsak, quyidagini hosil qilamiz:
]
)
b
-
(
[
b
b
1
-
l
l
l
l
1
1
2
.
(7.44)