366
etiladigan diapazonda yotishi kerak. Masalan, ishchi zaminlash uchun uning
ruxsat etiladigan qarshiligi har bir elektr qurilmaning ishlash rejimiga quyilgan
talabdan kelib chiqib tanlanadi. Yashindan himoyalagich zaminlagichlarining
ruxsat etiladigan qarshiligi 5 – 25 Om chegarasida yotadi.
Zaminlash qurilmalarida vertikal va gorizontal elektrodlar qo’llaniladi.
Gorizontal zaminlagichlar uchun kengligi 20-40 mm, qalinligi 4 mmdan kam
bo’lmagan po’lat lentalar va diametri 6 mmdan kam bo’lmagan dumoloq simlar
qo’llaniladi. Vertikal elektrodlar sifatida po’lat quvurlar, sterjenlar va fasonli
po’lat simlar qo’llaniladi. Elektr uzatish liniyalarida tayanchning zaminlagichi
sifatida ularning temir – beton fundamentidan foydalaniladi.
Yashin qaytargichlarning zaminlagichi yashin tokini erga o’tkazishga
xizmat qiladi. Yuqori kuchlanish elektr qurilmalarida qo’llaniladigan zaminlashni
ikkiga bo’lamiz: ishchi zaminlash va himoya zaminlash. Elektr qurilmalarining
chaqmoqbardoshligiga qo’yiladigan talabdan kelib chiqib, liniyalarda
yashinqaytargichning zaminlash qarshiligi 10–15 Omdan, podstan-tsiyalar uchun
esa 4–5 Omdan oshmasligi kerak. SHu bilan birga himoya trosi bilan jihozlangan
liniyalar uchun iqtisodiy samarali zaminlagich konstruktsiyasi tanlanadi (yashin
tokining tezroq tarqalib ketishini ta’minlaydigan).
Faraz qilaylik, podstantsiya territoriyasida transformator joylashtirilgan.
Uning kengaytirish baki yarim shar ko’rinishidagi zaminlagichga ulangan va shu
transformatorning birorta o’tuvchan izolya-torida qoplanish sodir bo’lgan bo’lsin.
Shikastlangan joydan erga qisqa tutashuv toki oqib o’tadi va u zaminlagichda