Yuqori kuchlanish texnikasi




Download 6,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/152
Sana21.02.2024
Hajmi6,12 Mb.
#160215
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   152
Bog'liq
YUQORI KUCHLANISH TEXNIKASI

Nazorat savollari 
1. Zaminlagichning qanday turlari mavjud? 
2. Vertikal qoqilgan quvur va sterjenlarning hamda gorizontal yotqazilgan 
lentalarning qashiligi qanday aniqlanadi? 
3. Zaminlagichning qarshiligi qanday aniqlanadi? 
4. Yassi po’latdan yasalgan zaminlagichning qarshiligi qanday aniqlanadi? 
5. O’zaro bir-biri bilan gorizontal bog’langan n ta vertikal elektroddan tashkil 
etilgan murrakab zaminlash sistemasining zaminlash qarshiligi qanday 
aniqlanadi?


377 
XULOSALAR 
Jamiyatning taraqqiyoti elektr energetika tizimini muvofiq tarzda taraqqiy 
ettirib borishni taqozo etadi. Bunda ishlab chiqariluvchi va iste’mol qilinuvchi 
quvvatlarning oshib borishi bilan bir qatorda tarmoqlarni qurish orqali sistemaning 
faoliyat masshtablari ham kengayib boradi.
Katta elektr quvvatlarini uzoq masofalarga samarali uzatish uchun elektr 
uzatish liniyalarining va ularga ulanuvchi qurilmalarning kuchlanishlarini osirish 
talab etiladi. Bunday qurilma va jihozlarni uzoq va ishinchli ishlashi ko’p jihatdan 
ularning izolyatsiyalarini samarali ishlashi bilan belgilanadi. Uni ta’minlash 
izolyatsiya materallarini to’g’ri tanlash df ishlatish orqali amalgam oshiriladi. 
Hozirgi davrda yuqori kuchlanishli elektr jihozlarida gaz, suyuqlik va qattiq 
shakldagi izolyatsiyalovchi materallar – izolyatorlardan foydalanilmoqda. 
Elektr 
sistema 
elementlarining 
izolyatsiyasiga 
ta’sir 
etayotgan 
kuchlanishning qiymatini, himoyalash apparatlarining xarakteristikasini va 
izolyatsiya (dielektrik)ning elektrik xarakteristikasini elektr qurilmalarining yuqori 
samaradarligini 
va 
ishonchli 
ishlashini 
ta’minlash 
uchun 
moslash 
(muvofiqlashtirish) 
izolyatsiyani 
koordinatsiyalash 
sistema 
elementlarini 
loyihalashda bosh texnik– iqtisodiy masala hisoblanadi.
Ma’lumki, elektr qurilmalarini ishlatish jarayonida izolyatsiyada 
qo’llaniladigan dielektriklarning boshlang’ich holatidagi dielektrik xossalarining 
turli ta’sirlar (qisqa tutashuvlarda, izolyatorlarning ho’llanishi va ifloslanishi) 
natijasida 
asta-sekin 
yomonlashib 
borishi 
va 
mos 
holda 
elektrik 
mustahkamligining pasayishi kuzatiladi. Agar bu jarayon davrida paydo 
bo’ladigan har xil kamchiliklar o’z vaqtida ilg’anmasa, u elektr qurilmaning 
ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Izolyatsiyaning bunday yomonlashib 
borishi natijasida uning mustahkamligi ishchi kuchlanishga chidash bera 
olmaydigan darajagacha pasayib ketishi mumkin.


378 
Dielektrikning har bir teshilishi va qoplanishi elektr sistemasi uchun qisqa 
tutashuv holati deb qabul qilinib, u sistema rejimining buzilishiga olib keladi. 
Shuning uchun elektr mustahkamligi pasaygan (deffektli) dielektrikni o’z vaqtida 
yangisi bilan almashtirish yoki ta’mirlash orqali sistema rejimining bu’zilishini 
oldi olinadi. Dielektriklarda elektr mustaxkaligi pasaygan deffektli dielektrikni 
(izolyatorni) o’z vaqtida ilg’ash uchun ekspluatatsiya sharoitida izolyatsiyani har 
xil elektrik tekshirish usullari ishlab chiqilgan. Bu usullarni qo’llash jarayoni 
profilaktik tekshirish deb yuritiladi.
Shunday qilib, elektr sistemasining ishonchli ishlashini ta’minlash uning 
yuqori kuchlanish qurilmalarining izolyatsisida yuz beruvchi jarayonlarni 
baholash va tahlillash asosida zaruriy tadbirlarni amalgam oshirishni talab etadi. 
Bunday muhim tadbirlarni aniqlash va amalga oshirish ushbu darslikda keltirilgan 
nazariy va amaliy bilimlarni qo’llash asosida samarali hisoblanadi. 

Download 6,12 Mb.
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   152




Download 6,12 Mb.
Pdf ko'rish