380
13. Razryad turlari - burqsima razryad,
uchqunli razryad, yoyli razryad,
tojlanish razryadi.
14. Ionlanish – tashqi elektr maydoni ta’sirida
neytralь molekuladan bitta
elektronni uzib olish jarayoni.
15. Ionlanish koeffitsienti - bitta elektronning elektr maydon kuch
chiziqlari yunalishi bo’yicha 1sm yo’lda bajargan ionlashtirishlar soni.
16. Elektronning erkin yugurish yo’li - bu elektronning boshqa, ionlar
yoki elektronlar bilan ketma - ket to’qnashishlari orasidagi masofa.
17. Razryadlanish kuchlanishi - gazli izolyatsiya oralig’ining va
dielektrik-ning izolyatsiyalash xususiyatini butulay yo’qotadigan kuchlanish.
18. Quruq razryadlanish kuchlanishi - qattiq dielektrikning toza va
quruq xolatidagi razryadlanish boshlanadigan kuchlanish.
20. Ho’l razryadlanish kuchlanishi - dielektrikning
nam xolatidagi
razryadlanish boshlaninish kuchlanishi.
21. Kritik kuchlanish - dielektriklarda razryadlanish boshlanishi uchun
zarur bo’lgan kuchlanishning eng kichik qiymati.
22. Volt-sekund xarakteristikasi - dielektriklarning kuchlanish impulsiga
dielektrik mustahkamligini baholaydigan kattalik.
23. Razryadlanishning mustaqilligi - tashqi ta’sirsiz kechadigan razryad-
lanish.
24. Bir jinsli maydon - hamma nuqtalarida maydon kuchlanganligi teng
tekis taqsimlangan maydon.
25. Bir jinsli bo’magan maydon - elektrodlar orasida maydon
kuchlanganligi bir tekis taqsimlanmagan maydon.
26.
Elektr
maydoni
– elektr qurilmalarning tok o’tkazuvchi
elektrodlariga kuchlanish qo’yilganda paydo bo’lib,
dielektriklarda kechadigan
jarayonlarda asosiy ko’rsatkich hisoblanadi. U vektor kattalik bo’lib, ikkita tashkil
etuvchidan iborat. Uning ta’sirida dielektrik teshilishi yoki qoplanishi mumkin.