379
GLOSSARIY
1.
Elektr sistemasi – elektr energetika sistemasining elektr qismi bo’lib,
unda elektr energiyasi ishlab chiqariladi, o’zgartiriladi va taqsimlanadi.
2.
Elektr sistemasi elementlari – elektr
energiyasini ishlab chiqarish,
o’zgartirish, uzatish va taqsimlash jarayonida o’zaro bog’langan
hamda ularning
ishlash holatini nazorat qiladigan, rostlaydigan va boshqaradigan mashina, qurilma
va uskunalar majmuasi.
3.
Elektr
sistemasining
sistema
parametrlari
–
sistema
elementlarining fizik xosasini xarakterlaydigan parametrlar.
4.
Elektr sistemasining holat parametrlari – sistemaning xolatini son
va sifat jihatdan xarakterlaydigan parametrlar majmuasi.
5.
Sistemaning holati - ayni bir lahzada
sistemaning holatini
belgilaydigan jarayon.
6.
Elektr sistemasining normal holati – sistemaning barcha elementlari
ishlashga mo’ljallangan, uzoq vaqt davomida ishlay oladigan holat.
7.
O’tkinchi jarayon – sistemaning bir ish holatidan boshqa bir holatga
o’tish jarayoni.
8.
Qisqa tutashuv holati – elektr zanjiri
qutblarining cheksiz kichik
qarshilik orqali ulangan holati.
9. O’takuchlanish - kuchlanishning nominal
kuchlanishdan katta qiymati
tushiniladi.
10. Izolyatsiya - qurilmalarning shikastlanishsiz ishlashini ta’minlashga
muljallangan dielektrik qatlamlar.
11. Izolyator - qurulmalarning tok o’tkazuvchi
qismlarini muhofaza
qilishga va izolyatsiyalovchi konstruktsiyaga mahkamlashga qo’llaniladigan
dielektriklar.