54
Katodda fotoionlashish jaryonning rivojlanishi uchun uncha katta vaqt talab
etilmaydi, chunki fotonlar yorug’lik tezligi bilan harakatlanadi. Gazlarning bosimi
oshishi bilan ularda sodir bo’ladigan fotoionlanish effekti kamayadi, chunki
fotonlarning anchagina qismi gazlarda yutiladi va atrof-muhitga sochiladi.
Uchinchi usulda hajmda fotoionlantirishda qatnashayotgan ionlarning ichki
energiyasi oldingi usullardagidan ancha katta bo’lishi talab etiladi. Ionlanish
jarayonining amalga oshishi uchun ko’chkidagi hajmiy zaryadlar elektr
maydonining shakli buzilishini va elektr maydon kuchlanganligining katta
qiymatini talab etiladi.
Demak, past bosimlarda katoddagi past kuchlanishda boshlanadigan jarayon
asosiy hisoblansa, yuqori bosimlarda esa hajmda fotoionlanish asosiy rolni
bajaradi.
Avvalo bosimning pasaygan sharoitida razryad mustaqil razryadga
aylanishini ko’rib o’tamiz. Bu holda razryad tashqi ionlashtirgichga bog’liq
bo’lmaydi. Katodda ionlanish faqat musbat ionlar tomonidan amalga oshiriladi.
Buni son jihatidan ifodalovchi parametr sirtiy ionlanish koeffitsienti
bo’lib, bu
qiymat o’rtacha bitta ionning katodga urilishida katoddan urib chiqariladigan
elektronlar sonini bildiradi.
Boshlang’ich ko’chki
S masofani kesib o’tganda unda