a
nis
ba
ta
n %la
rda
bo
’lg
an mex
anik
mu
st
ahk
amli
k
105
Hozirgi vaqtda ko’pincha elektr sistemada qo’llanilayotgan shtirli va
likopsimon izolyatorlar shishadan yasalmokda. Chunki shisha o’zining elektrik va
mexanik xarakteristikalari bo’yicha elektrotexnik chinnidan qolishmaydi. Lekin
shishaning elektrik va mexanik mustahkamligi asosan uning kimyoviy tarkibiga
bog’liq.
Shishaning tarkibida eriydigan ishqorlarning mavjudligi izolyator sirtining
gigroskopiklini oshiradi, va unga mos ravishda sirtiy o’tkazuv-chanlik kupayadi.
SHuning uchun ishqorli shishaning xarakteristikalari kam ishqorlinikiga
qaraganda ancha past bo’ladi. Masalan, ishqorli shisha izolyatorning elektrik
mustahkamligi 17,9 kV ta’sir etuvchi/mm ni tashkil etsa, kam ishqorliniki esa 48
kV ta’sir etuvchi/mm ni tashkil etadi, ya’ni uning elektrik mustahkamligi
chinninikida 2 marta ko’p.
Tarkibida ishqori bo’lgan shishaning elektr o’tkazuvchanligi ionli
xarakterga egaligi sababli shisha kuchlanish ostida ishlaganda unda elektrolizning
rivojlanishi va izolyatorning emirilishi kuzatilishi mumkin. Shu sababdan ko’p
ishqorli
shishadan
tayyorlangan
izolyatorlar
yuqori
o’zgarmas
tok
kuchlanishlarida qo’llanilmaydi. O’zgaruvchan kuchlanishda elektroliz deyarli
kuzatilmaydi va natijada izolyatorning sekin eskirishi kuzatiladi.
Ko’p ishqorli shishaning haroratdan kengayish koeffitsienti katta va shu
sababdan ekspluatatsiya sharoitida haroratning keskin farqining ta’sirida buziladi.
Bu kamchilik ularning ishlatish soxasini toraytirib uni faqat ichki binolarda
qo’llashga imkon beradi.
Tashqi muhitda o’rnatilgan izolyatorlar kam ishqorli shishadan tayyorlanib,
uning elektrodinamik xarakteristikalarini yaxshilash maqsadida kuydiriladi.
Shishani yuqori haroratgacha (ishqorli uchun 650
0
S, kam ishqorli uchun 780
0
S)
qizdirilib, keyin sovuq havoda toblanadi.
Tayanch va o’tuvchi izolyatorlar bakalizlangan qog’ozdan tayyorlanadi.
Yuqori haroratda qog’oz bakalit loki bilan to’yintiriladi va qatlam - qatlam qilinib
106
trubkasimon qilib o’raladi. So’ngra unga qog’ozga maxsus pechlarda termik ishlov
berilishi natijasida bakalit singdirilib, u erimaydigan va bo’shashmaydigan holatga
o’tadi. Izolyatorning ustki qismi loklanadi.
Past kuchlanishli (1000 V gacha) liniyalarda o’tkazgichlarni tayanchlarga
mahkamlash va izolyatsiyalash uchun eng oddiy SHF yoki SHS rusumli
izolyatorlar qo’llaniladi. Kuchlanishi 35 kV bo’lgan havodagi elektr uzatish
liniyalarida elektrik mustahkamlikni ta’minlash uchun shtirli izolyatorlar yoki
likopsimon izolyatorlar shodasi qo’llaniladi.
Kuchlanishi 6-10 kV bo’lgan havodagi elektr uzatish liniyalarida SHF yoki
SHS rusmli izolyatorlar qo’llaniladi. Bu izolyatorlarni tayanchga o’rnatitilgan
armaturaga mahkamlashda suyuqliq shimdirilgan ip qo’llaniladi. O’tkazgichni
tortishda ilgak buralib qetmasligi uchun ilgakning o’qi va o’tkazgich o’qi bir
tekislikda yotadigan qilib yasaladi. Izolyatorning elektrik teshilishga bo’lgan
mustahkamligi uning QRK ga nisbatan 30 - 40% ga yukoriroqdir. YOmg’irda
izolyatorning ustki qismi butunlay ho’llanishi va uning pastki qismi quruq qolishi
natijasida xamma kuchlanish tashqi qovurg’a oxiri bilan shtir orasiga qo’yilgan
bo’ladi. Natijada uning diametrini qanchalik kattalashtirishdan qa’tiy nazar
(
35
1 ,
H
D
)
uning
ho’l razryadlanish kuchlanishi quruq razryadlanish
kuchlanishidan taxminan ikki marta kichikligicha qoladi.
Hozirgi davrda ishlatilayotgan osma izolyatorlarning keng tarqalgan tipi
likopsimon izolyatorlar hisoblanadi. Ularning asosini chinni yoki shisha tashkil
etadi. Likopsimon izolyatorlarning o’rta qismi tepaga salgina egilgan bo’lib uni
izolyatorning boshi deyiladi va unga cho’yandan kuyilgan qalpoq maxkamlanadi.
Bosh qismidagi kovakka po’lat sterjen kiritiladi. Armatura bilan dielektrik o’zaro
maxsus tsement (masalan, portland 400-500 markali tsement) bilan biriktiriladi.
Izolyatorlarni shodaga ulash sterjenning qalinlashtirilgan uchini ikkinchi
izolyatorning qalpog’iga kiritish bilan amalga oshiriladi. Bu holda asosiy mexanik
yukni izolyatorning bosh qismi qabul qiladi. Shuning uchun xozirgi vaqtda
107
qo’llanilayotgan izolyatorlar o’zaro bir-biridan bosh kismining shakli bilan
farqlanadi. Bizda eng ko’p tarqalgan izolyatorlarning bosh qismi konus shaklida.
Agar bu holda konuslanish burchagi to’g’ri tanlangan bo’lmas, ya’ni konuslanish
burchagi 10-13 gradusdan kichik bo’lsa, u izolyatorga qo’shimcha yuklama hosil
kiladi.
Likopning yuqori qismining gorizontal chiziqqa nisbatan qiyalanishi 5-10
gradus qilib yasalishi yomg’ir suvlarining oqib tushishini ta’minlaydi.
Chinni sterjenning diametri bir xil qalinlikda bo’lib, cho’zilishga bo’lgan
mustahkamligi 130-140 kG/sm qilib olinadi va mo’ljallangan mexanik
mustahkamlikka qarab tanlanadi.
Sterjen ko’rinishidagi izolyatorlarni ko’llash likopsimon izolyatorlarga
nisbatan metallni iqtisod qilinishiga va izolyatorlar shodasi vaznining engil
bo’lishiga olib keladi. Misol uchun 110 kV kuchlanishga muljalangan PS-4,5
izolyatordan tashkil etilgan shodaning og’irligi 48 kg bo’lsa, shu kuchlanishdagi
va u bilan bir xil mexanik mustahkamlikdagi sterjen turidagi izolyatorning
og’irligi 23 kg ga teng. PS-4,5 rusmli izolyator armaturasining og’irligi 15 kg
bo’lsa, sterjen tipidagisiniki esa 3,5 kg teng.
Yuqori darajada ifloslangan va ho’llangan sharoitlarda izolyatsiyaning
ishonchli ishlashini oshiradigan ekspluatatsiya tadbirlariga ularni yuvish yoki
izolyatorlarni tozalash va gidrofob qobiqlarni qo’llash hisoblanadi.
Podstantsiya izolyatsiyasining ifloslanishini oldini olishning asosiy himoya
usuli uni tozalash, ya’ni izolyatorlarni suv yoki eritgich bilan ho’llangan latta
yordamida qo’lda tozalash hisorblanadi. Havo elektr uzatish liniyalarida
izolyatorlarni qo’lda artib tozalash juda kam holatlarda qo’llaniladi. Asosan u
sanoat ifloslanishlari bo’lgan uchastkalarda qo’llaniladi, u juda ko’p mexnat talab
qiladigan tadbir hisoblanadi. Bundan tashqari, ishlar elektr uzatish liniyasidan
kuchlanish olingan paytlarda bajariladi.
Izolyatorlarni suv bilan yuvish uncha katta mehnat talab qilmaydi, shu bilan
birga solishtiradigan bo’lsak kuchlanishi 500 kV bo’lgan liniyaning bitta
108
izolyatorini qo’lda tozalashga 40 minut ketsa, maxsus yuvish usuli qo’llanilganda
bu 1- 1,5 minutni tashkil etadi. Ammo hamma ifloslanishlarni ham suv bilan yuvib
tozalab bo’lmaydi, masalan tsement qatlamini.
Tozalashlar orasidagi intervalni kattalashtirish va tozalashni engillashtirish
uchun qattiq plenka ko’rinishidagi gidrofob qoplanishlar yoki KV – 3 rusmli
yopishqoq vazelin bilan qoplanadi. Ulardan eng samaralisi yopishqoq koplanish
hisoblanadi, chunki ifloslanishning oldini olishdan tashqari suvni o’zidan itarishi
tufayli ifloslanishni kamaytiradi va uni qullashning effektiv intervali 1.5 – 2 yil
hisoblanadi..
Izolyatorlar mustaqil konstruktsiya kabi tashqi izolyatsiyadan tashqari ichki
izolyatsiyaga ham ega. Izolyatorlarning ishdan chiqishining asosiy sababi
dielektrikda uning eng katta mexanik kuchlanishli bo’lgan qolpog’ining tagida
yoriqlarning paydo bo’lishi bilan bog’liqdir. Chinnida paydo bo’lgan yoriq asta–
sekin kattalashib, mexanik kuchning ta’sirida ishchi kuchlanishda ham teshilishga
olib kelishi mumkin.
|