131
gazli ulanishlar qolishi mumkin. Buni bartaraf etish uchun ayrim holarda
qoplamaning chetlari ochiq va oldindan moyda joylashtirilishi zarur.
Uchirgichlarning utuvchi izolyatorlari sezilarli darajada zarbaviy mexanik
yukning ta’sirida bo’ladi. Shuning uchun unga mexanik mustahkamligiga ancha
yuqori talab qo’yiladi.Masalan kuchlanishi 3 – 10 kV bo’lgan izolyatorlarning
konstruktsiyasini va asosiy o’lchamlarini, hamda izolyatsiyalovchii materiallarni
tanlashda bu talab echuvchan ahamiyatga ega.
Nominalь kuchlanishi 220 kVgacha bo’lgan elektr uskunalarida izolyatsiya
oraliqning razryadlanish kuchlanishi tegishli uzunlikdagi «Sterjenь–tekislik» va
«Sterjenь–sterjenь» ko’rinishidagi izolya-tsiya oraliqlari-ning razryadlanish
kuchlanishidan deyarli farq qilmaydi. Izolyatsiya oralig’ida maydonning
simmetrik (oraliq «o’tkazgich – o’tkazgich») nosimmetrikligiga («o’tkazgich–
tyanch» va «o’tkazgich–er) bog’liq holda razryadlanish kuchlanishini aniqlash
uchun tipik konstruktsiyalardagi (sterjenь – tekislik» va «sterjenь – sterjenь»)
izolyatsiya oraliqlarining eksperiment yo’li bilan aniqlangan razryadlanish
kuchlanishining qiymatlaridan foydalanamiz.