Yuqori kuchlanish texnikasi




Download 6,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/152
Sana21.02.2024
Hajmi6,12 Mb.
#160215
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   152
Bog'liq
YUQORI KUCHLANISH TEXNIKASI

K
τ 


125 
0,89 va 0,84 olinadi. Tashqi quruq izolyatsiya uchun esa bu koeffitsien 1 teng deb 
olinadi. 
Yuqori kuchlanish sistemalarida sekundlar hatto minutlab davom etadigan 
ichki o’ta kuchlanish sodir bo’lishi mumkin. Bunga yuklamani tashlash, 
kuchlanish rostlagichining noto’g’ri ishlashi, bir tomonlama sxemani uzish va 
hokazolar sabab bo’lishi mumkin. Bu o’ta kuchlanishning amplitudasi sxemaviy 
tadbirlar va avtomatika bilan chegaralanadi, ayniqsa ba’zi holatlarda, masalan, 
elektr uzatishni sinxronlash sharoitlarida o’ta kuchlanish bir necha minut davom 
etishi mumkin. Quyidagi 3.6- jadvalda o’ta kuchlanishning davom etish vaqti 
bilan paydo bo’ladigan ichki o’ta kuchlanishning taxminan ruxsat etiladigan 
qiymati keltirilgan. Bu qiymatlar transformatorning ichki izolyatsiyasi va 
apparatlar uchun aniqlaniladi va u atmosfera sharoitiga bog’liq emas. 
3.6- jadval. Turli vaqt davomida o’takuchlanishning ruxsat etilgan qiymatlari 
(fazaning nominal kuchlanishiga nisbatan karralarda).
Elektr 
qurilmalarning 
nomi 
Podstantsiya izolyatsiyasiga ta’sir etish vaqtiga mos 
ravishda faza kuchlanishining karrasida oshishining 
ruxsat etilgan qiymati
1 sek 20 sek 10 
min-
gacha 
20 min-gacha 60 min 
Kuch tranformatori va 
avtotransformator 
2.0 
1.3 
1.2 
1.15 
1.1 
Bir 
fazali 
ko’rinishda 
bajarilgan 
shuntlovchi 
reaktorlar 
2.0 
1.4 
1.25 
1.2 
1.15 
Elektromagnit 
tipidagi 
kuchlanish transfor. 
2.0 
1.5 
1.3 
1.25 
1.2 
Tok 
transformatori, 
bog’lanish kondensatori, 
2.0 
1.6 
1.45 
1.4 
1.3 


126 
moyli 
uchirgichlarning 
chiqishlari 
va 
boshqa 
apparatlar. 
Stantsiya va podstantsiyalarda liniya izolyatorlaridan tashqari ochiq 
taqsimlovchi qurilmalarda shinalarni mahkamlashga qo’llaniladigan izolyatorlarni 
umumiy nom stantsiya–apparat izolyatorlariga birlashtirishimiz mumkin. Bu 
izolyatorlarni asosan ikkita guruxga bo’lishimiz mumkin: tayanch va o’tuvchan. 
Tayanch izolyatorlari ochiq va yopiq taqsimlovchi qurilmalarda va apparatlarda 
shinalarni 
maxkamlashga 
qo’llaniladi. Masalan, ajratgichlarda tayanch 
izolyatsiyalovchi konstruktsiyalar sifatida qo’llaniladi. O’tuvchi izolyatorlar yopiq 
taqsimlovchi qurilmalarda devor orqali tok o’tkazuvchilarni o’tkazish uchun va 
transformator va apparatlarning metall baklariga kuchlanish kiritish uchun 
qo’llaniladi (bunday izolyatorlarni ko’pincha kirishlar deb nomlanadi).
Tayanch izolyatorlari ko’pincha chinnidan tayyorlanadi. O’tuvchan 
izolyatorlarning konstruktsiyasida asosiy izolyatsiya bo’lib chinni, moyli – to’siqli 
yoki qog’ozli – moyli izolyatsiya. 
3.12- rasm. Tayanch izolyatorida qovurg’aning joylashish o’rnining uning impuls razryadlanish 
kuchlanishiga ta’siri. 

Download 6,12 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   152




Download 6,12 Mb.
Pdf ko'rish