O
’rt
acha
ra
zr
ya
dla
nis
h
ku
chla
n
g
a
nli
g
inin
g
o
shis
hi
-8 mksek
+8 mksek
-2 mksek
+2 mksek
127
Kuchlanishi 35 kV bo’lgan sterjen tipidagi tayanch izolyatorlari yuqorida
keltirilgan izolyatorlarga nisbatan biroz murakkab shaklda bo’ladi. Bu rusumdagi
izolyatorlar yopiq binoda joylashgan elektr qurilmalarda qo’llanilganidan ularning
sirtidagi qovurg’alari uncha rivojlanmagan va kuchsiz, shuning uchun ular sanoat
chastotasidgi o’zgaruvchan kuchlanishga va kuchlanish impulsining biroz
yuqoriroq qiymatlarida ishlashga mo’ljallangan.
3.12- rasmda izolyator sirtidagi qovurg’aning holatiga qarab izolyatorning
o’rtacha razryadlanish kuchlanganligining o’zgarishi keltirilgan. Bu qiymatlar
xuddi shunday kuchlanishdagi qovurg’asiz izolyatorning o’rtacha razryadlanish
kuchlanganligiga keltirilgan. Bu egri chiziqlardan ko’rinadiki, qovurg’a
razryadlanish uzoq davom etgandagina sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Bu vaqtda
razryadlanish boshlanadigan elektrod yaqinida razryadlanish kuchlanishining
o’sishi kuzatiladi. Musbat qutbli to’lqinda shunday elektrod rolini qalpoq
(tepadagi elektrod), manfiy qutbli to’lqinda esa – flanets bajaradi. Tayanch
izolyatorlarida ham huddi havo oraliqlarga kabi razryadlanish kuchlanishi musbat
qutbli to’lqinda, manfiy qutbli to’lqinga nisbatan sezilarli darajada past. SHuning
uchun razryadlanish kuchlanishini oshirish maqsadida qovurg’ani qalpoqga
yaqinroq joylashtirish maqsadga muvofiq.
Ochiq taqsimlovchi qurulmalarda ishlashga mo’ljallangan sterjen ko’rinishli
tayanch izolyatorlar yomg’ir paytidagi ho’l razryadlanish kuchlanishining
qiymatini oshirish maqsadida uning yon tomonlaridagi qovurg’alarini ancha katta
qilib yasaladi.
Kuchlanishi 110 kV va undan yuqori kuchlanishlarda past kuchlanishga
muljallangan sterjen ko’rinishdagi izolyatorlar o’zaro armatura bilan ulanib
izolyator kolonkasi (yig’masi) qo’llaniladi. Chunki izolyatorlarning nominal
kuchlanishi oshib borishi bilan izolyatorga bo’layotgan mexanik yuk xam o’sib
boradi, kuchlanishning 150 kV qiymatida muftasil chinni izolyatorlar kerakli
mexanik mustahkamlikni ta’minlab bera olmaydi. SHuning uchun 110 kV va
undan yuqori kuchlanishga tayanch izolyatorlari yalpoq va diametri katta qilib
128
yasaladi. Bu tayanch izolyatorining egilishga bo’lgan mexanik mustahkamligini
oshiradi.
Yalpoq tayanch izolyatorlarining keng qo’llanilishiga to’sqinliq qiladigan
kamchiligi o’ta engil va yaxshi iqtisodiy ko’rsatkichli izolyatorlarni ochiq
taqsimlovchi qurilmalarda qo’llaniganda ularning ichki bo’shlig’ida razryadning
paydo bo’lishi hisoblanadi. Izolyatorning ichki bo’shlig’iga namlikning o’tishi
uning ichki bo’shlig’ining devorlarida xususiy razryadlanishning paydo
bo’lishiga olib kelishi mumkin. Bu razryadlar izolyatorning ichki bo’shlig’ida
razryadlanish kuchlanishining ichki bo’shliqda keskin pasayishiga olib keladi.
Ayrim hollarda kolonkaning ichida razryadlanishni bartaraf etish uchun chinnidan
bo’lgichlar o’rnatiladi. Ba’zida chinni bo’lgich o’rniga kampaund yoki
transformotor moyii bilan to’ldiriladi.
Tayanch izolyatorining yon sirti bo’ylab oqayotgan yomg’ir suvi uning
balandligi bo’ylab bir xil emas, chunki pastroqda bo’lgan izolyator yon sirti
bo’ylab ko’proq suv oqib o’tadi. Bu esa o’z navbatida izolyatorlar ustuni bo’ylab
kuchlanishning notekis taqsimlanishiga, natijada izolyatorlar ustunni umumiy
razryadlanish kuchlanishining ustunga kiruvchi alohida izolyatorlar ho’l
razryadlanish kuchlanishlarnining yig’indisiga nisbatan pasayishiga olib keladi.
Izolyatorlar ustuniga maxsus profili yulduzchalar o’rnatatsak yon sirt
bo’yicha oqayotgan suvni parchalaydi va uzoqda joylashgan qovurg’alargacha
etadi. Suv oqimini tomchi ko’rinishida sepilishi yulduzchaning chetida elektr
maydon kuchlanganligining izolyator o’qiga perpendikulyar yo’nalgan tashkil
etuvchisining oshishiga qulaylik yaratadi. YUlduzchali izolyatorlar ustunining
umumiy razryadlanish kuchlanishi ustundagi izolyatorlar ho’l razryadlanish
kuchlanishlarining yig’indisiga yaqinlashadi.
Shtirli tayanch izolyatorlari tashqi havoda o’rnatilgan elektr uskunalarida
qo’llanilib 3 – 35 kV mo’ljalanib yasaladi. YUqori kuchlanishga shtirli
izolyatorlar ham xuddi sterjenь kurishishidagi izolyatorlardek ustunlarga yig’iladi.
129
Misol uchun rasm 7,5 da 110 kV kuchlanishga mo’ljallanib yig’ilgan izolyatorlar
ustuni keltirilgan.
Shtirli tayanch izolyatorlari bir - biri bilan tsement yordamida biriktirilgan
ikkita qismdan iborat bo’ladi. Izolyator yubkasining shakli va o’lchami kerakli
qiymatdagi ho’l razryadlanish kuchlanishini olishdan kelib chiqib tajriba asosida
tanlanadi.SHtirli izolyatorlarning 50 Gtsdagi quruq razryadlanish kuchlanishi
vaimpuls xarakteristikasi izolyatorning quruq razryalanish masafosiga teng
bo’lgan uzunlikdagi «sterjenь – tekislik» havo oralig’ining xarakteristikasiga juda
yaqin.
Yagona shtirli tayanch izolyatorining mexanik mustahkamligi shtirning
mustahkamligi bilan aniqlanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, shtirli izolyatorning
chinni boshining mustahkamligi, uning mexanik mustahkamligini belgilamaydi,
chunki izolyator qalpog’iga eguvchan yuk qo’yilganda izolyatorning boshiga
ta’sir etadigan eguvchi moment shtirga ta’sir etayotgan eguvchi momentga
nisbatan kamroq qiymatda bo’ladi.
Shuni e’tirof etish lozimki, 3–5 shtirli izolyatorlardan tashkil topgan
izolyatorlar ustunidagi pastki izolyatorning boshiga ta’sir etuvchi kuch xuddi
shtirga ta’sir etuvchi eguvchi kuchga teng. Bunday holatda ustunda mexanik
mustahkamlik jixatdan eng kuchsiz va nozik qism izolyatorning bosh qismi bo’lib,
u butun izolyatorlar ustunining egishga mexanik mustahkamligini belgilaydi.
Yuqorida qaralgan barcha holatlarda radial yo’nalishda kerakli elektrik
mustahkamlik chinnining tegishli qalinligini tanlash bilan erishiladi. Bu usulni
kuchlanishi 110 kV va undan yuqori kuchlanishlarda qo’llab bo’lmaydi. Chunki
kuchlanishi 110 kV va undan yuqori kuchlanishlarda bo’lgan o’tuvchi
izolyatorning qoplanish kuchlanishi 450 – 500 kV
haqiqiy
, ya’ni u sinash
kuchlanishidan 1.5 barobar katta. O’tuvchi izolyatorning elektrik mustahkamligini
oshirish uchun ichki bo’shliqni suyuq dielektrik bilan to’lg’iziladi va tokli
o’tkazgich bilan chinni devor orasiga tsilindrik to’siqlar qo’llaniladi. Keskin bir
130
jinsli bo’magan maydonda transformator moyining o’rtacha teshilish kuchlanishini
quyidagi bog’lanishdan aniqlaymiz:
|