• Qattiq dori turlari
  • Sepma dori ( Aspersio, prisipka)
  • Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga dori vositalarni qo‘shimcha nojo‘ya ta’sir ko‘rsatishi.
  • Dori vositalar va ko‘krak suti bilan boqish.
  • Polipragmaziya va qo‘shimcha nojo‘ya ta’sirlar
  • Fantom patologiyasi va dori vositalari.
  • Isitmani pasaytiradigan dori vositalarning qo‘shimcha ta’siri
  • Vaksinalarni qo‘shimcha ta’siri
  • Dori vositalarni bolalarda sinash masalalari.
  • Bolalarga beriladigan dorilarni xavfsizligini oshirish masalari
  • Pediatriya amaliyotida qo‘llaniladigan yumshoq dori turlari ta’rifi, texnologiyaining o‘ziga xosligi.
  • Suppozitoriylar, shamchalar
  • Bolalar uchun mo‘ljallangan shamchalar nomenklaturasi.
  • Bolalar shamchalarining o‘ziga xos tomonlari
  • Rektiolalar.
  • Yangi tug‘ilgan chaqaloklar
  • Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva, Sh. F. Iskandarova




    Download 1,18 Mb.
    bet7/19
    Sana31.12.2019
    Hajmi1,18 Mb.
    #6742
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19

    Ko‘z tomchilari. Xar bir tug‘ilgan chaqaloqga, blennoreya kasalligini oldini olish maqsadida, 30% li sulfatsil natriy ko‘z tomchilari tomiziladi. Ularning texnologiyasi 195 buyruqning ilovasidagi 4 – jadvalida keltirilgan.

    Tarkib:


    Sulfatsil natriy 3,0

    1M xloridvodorod kislotasi 0,035 ml

    Natriy tiosulfat 0,015

    Tozalangan suv 10 ml gacha

    Ko‘z tomchilar 1200 S- 8 daq. davomida sterillanadi.

    Qattiq dori turlari. YaTCh uchun mo‘ljallangan qattiq dori turlaridan asosan poroshoklar va sepmalar keng qo‘llaniladi.


    Poroshoklar (elaki dorilar, kukun, tolqon) – ichish yoki sirtga ishlatish uchun mo’ljallangan, bir yoki bir nechta maydalangan, sochiluvchan xossaga ega dorivor kukunlardan tashkil topgan qattiq dori turi; p. kimyoviy moddalar, o’simlik qismlarini maydalab tayyorlanadi. Yirik poroshoklar ichiladi, juda mayda poroshoklar burun, ko’z, hiqildoq shilliq pardalariga sepiladi

    Poroshoklar (ichish uchun). Ichish uchun poroshoklar retsepturaning taxminan - 40% tashkil etadi. Ularning texnologiyasining o‘ziga xosligi:

    - aseptik sharoitda tayyorlanishi;

    -dori moddalar kichik dozalarda bo‘lishi;

    -to‘ldiruvchilar qo‘shilishi ( asosan saxaroza va glyukoza).

    Tayyorlangan poroshoklarni qadoqlash uchun mumlangan kog‘oz ishlatiladi. Poroshoklar bir yoki ko‘p komponentli (ikki va undan ko‘p) bo‘lishi mumkin.

    YaTCh retsepturasida ko‘pincha quyidagi aralashmalar uchraydi:

    1.Eufillin 0,003

    Saxaroza 0,2

    2.Dimedrol 0,005

    Saxaroza 0,2

    Tarkibida dibazol, fenobarbital, vitaminlar saqlovchi poroshoklar ham keng qo‘llaniladi.

    In’eksion eritmalar. In’eksion eritmalar ham YaTCh uchun qo‘llaniladi, lekin ularni o‘tkir zaruriyat bo‘lganda ishlatish maqsadga muvofiqdir.


    Sepma dori (Aspersio, prisipka) — sirtga (shilliq qavat yoki jarohatlangan teriga) ishlatish uchun mo’ljallangan o’ta mayda poroshok yoki poroshoklar aralashmasi; o’ta maydalangan poroshok: talk, kraxmal, ok gil kabi dorilar aralashmasi, qichitma, dermatit kasalliklarining boshlang’ich davrida ishlatiladi. O’ta mayda lar terini mexanik qitiqlamaydilar va katta adsorbtsiyalash xossasiga ega

    Sepmalar tayyorlashda ham mikrobiologik tozalikka rioya qilinadi, ya’ni ular aseptik sharoitda tayyorlanadi. Moddalar tortiladi, maydalanadi (subtillisimus) va XI DF talabiga binoan sterillanadi. Buning uchun 10 g sterillangan shisha idishlarga maydalangan poroshok joylashtiriladi va 1800 S - 30 daq. yoki 2000 S - 20 dak. davomida havo sterilizatorlarida sterillanadi. Asosan sepmalardan dermatol, kseroform beriladi.



    Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga dori vositalarni qo‘shimcha nojo‘ya ta’sir ko‘rsatishi. Har bir dori vosita qo‘shimcha nojo‘ya ta’sirga egaligi havfi bor, ushbu ta’sir dori preparatni farmakologik xossasiga bog‘liq bo‘ladi yoki allergiya ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.

    Eng ko‘p uchraydigan qo‘shimcha nojo‘ya ta’sir oshqozon-ichak tarmog‘ini shikaslanishi (30-70%), asab tizimiga salbiy ta’sir o‘tkazishi (20%), modda almashinuvini buzilishi (17,5%). Bolalarda dorilarni nojo‘ya ta’siri natijasida paydo bo‘ladigan allergiya reaksiyalari kattalarga nisbatan 3 marta ko‘p uchraydi, biroq gospitalizatsiya qilinganlar soni katta emas (15% atrofida). Nojo‘ya ta’sir ko‘rsatishi sababli davolashni to‘htatilishi 50% bemorlarda kuzatiladi va ularning 1/3 qismi dori preparatning salbiy ta’siri asoratidan davolanadilar.

    Bir vaqtda beriladigan dorilar qo‘shimcha nojo‘ya ta’sir chastotasi ortib boradi, bu asosan uzoq muddat davolashni talab etadigan kasalliklar (saraton, yurak, psixik va ayrim infeksion kasalliklar)da kuzatiladi.

    Masalan, uzoq vaqt sulfanilamid preparatlarni YaTCh berish, ularni proteinlarga mos kelishi yuqoriligi sababli qonda erkin bilirubin miqdorini ortishiga olib keladi va bolada mexanik sariq kasallik simptomlari kuzatiladi.



    Dori vositalar va ko‘krak suti bilan boqish. Ko‘p hollarda kuchli ta’sir etuvchi va zaharli moddalar ona suti orqali bolaga singishini ko‘p hollarda hisobga olish kerak va ushbu preparatlar (saratonga qarshi, narkotik, gormonal va b.)ni emizikli ayollarga berishdan oldin shifokor bilan maslahat qilish lozim. Hayotiy zarur ko‘rsatmalarga binoan bunday preparatlarni ona qabul qila boshlaganida, bolani ko‘krakdan chiqarish lozim.

    Polipragmaziya va qo‘shimcha nojo‘ya ta’sirlar. Bir vaqtning o‘zida YaTCh larga nechta nomdagi dori preparatlarni bir vaqtning o‘zida berish mumkin degan savolga MDH davlatlarda amaliyot yuritayotgan shifokorlar 5-8 nomdagi vosita, intensiv terapiyada esa ushbu son 15-25 gacha etishi mumkin. Ko‘p hollarda asossiz simptomatik dori preparatlar ko‘p qo‘llaniladi (qon tomirlarni qisqartiruvchi tomchilar, balg‘am ko‘chiruvchi dori vositalar, mukolitiklar, antipiretiklar va h.k.), gepatoprotektorlar, nootroplar, biopreparatlar, vitaminlar hamda immunomodulyatorlar, tetiklashtiruvchi va stimullovchi vositalar. Ayniqsa o‘tkir respirator infeksiya kasalliklarini davolashda ko‘p miqdorda antibiotiklar ko‘llaniladi va ular asosoan in’eksiya shaklida beriladi.

    Fantom patologiyasi va dori vositalari. MDH davlatlarida bolalarda keng tarqalgan hastalik – ichak disbakteriozidan davolanishda ko‘pincha probiotiklar - bifido- va laktobakteriyalar ishlatiladi. Ushbu preparatlar tarkibilda laktoza borligi sababli qo‘shimcha nojo‘ya ta’siri (allergiya, ichak faoliyatini buzilishi va b.) ko‘p uchraydi va bu hol asosoiy kasallik kelib chiqish sababini aniqlashga xalal beradi.

    Antibiotiklar. Aniqlanishicha 90% atrofidagi o‘tkir respirator kasalliklarni (ORZ) virusli infeksiyalar chaqirsada, ushbu kasallikni davolash uchun asoslanmagan holda antibiotiklarni qo‘llash butun dunyoda turlicha, masalan, Kanadada - 14%, Xitoyda - 97% gacha, Fransiya va AQSH da -25% ga teng, Rossiyada - 30% dan 80% gacha. O‘tkir pnevmoniya va boshqa o‘tkir bakterial infeksiyalarda antibiotklar allergik reaksiyani kamdan-kam chaqiradilar. Ko‘p hollarda ushbu allergik reaksiyalar antibiotik noto‘g‘ri berilganida paydo bo‘ladi. Bu hol bakterial infeksiya sAMF va sAMF/sGMF nisbatini keskin ortishiga sabab bo‘lib, allergik reaksiyalarni namoyon bo‘lishiga halaqit beradi.

    Antibiotiklarni uzoq vaqt mobaynida qo‘llanilishi nojo‘ya ta’sirlarni ko‘payishiga sabab bo‘ladi: surunkali o‘pka yalllig‘lanish kasalligida xloramfenikol va aminoglikozidlar bilan davolangan - 13-14%, yarim sintetik penitsillinlar bilan davolangan 7%, sefalosporinlar va makrolidlar bilan davolangan 3-4% bemor bolalarda nojo‘ya qo‘shimcha ta’sirlar kuzatildi.

    Ikkilamchi ta’sirlar – zamburug‘larni rivojlanishi antibiotiklar bilan 1-2 hafta mobaynida davolanishda kuzatilmaydi. Surunkali o‘pka kasalliklarni davolashda qandidozga chalinish 32-54% tashkil etadi, biroq invaziv infeksiyaning rivojlanishi kuzatilmaydi. Shu sababli zamburug‘larga qarshi dori preparatlarni qo‘llash tavsiya etilmaydi, faqat yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va xujayra immuniteti nuqsonli bemor bolalar bunda istisnodir.

    Isitmani pasaytiradigan dori vositalarning qo‘shimcha ta’siri. Isitmani pasaytiradigan dori vositalar dorixonalarda shifokor dorixatisiz sotiladi va ota-onalar bolalarni davolashda keng qo‘llaydilar. Shifokorlar ham ushbu farmakologik guruhga mansub preparatlarni isitmasi 390 C va hatto 370 C gacha ko‘tarilgan barcha bemor bolalarga berishni tavsiya etadilar. Shifokorlarni zamonaviy davolash usullar bilan tanishtirilganidan keyin isitmani pasaytiruvchi dorilarni berish 2,5 martaga qisqardi.

    Isitmani pasaytiruvchi dori vositalar simptomatik terapiyada keng qo‘llanilishi, ular etkazadigan zarar katta bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Shu sababli pediatriya amaliyotida bir qator isitmani pasaytiruvchi dorilarni berish taqiqlangan: atsetilsalitsil kislotasi bolalarda gripp, o‘tkir resperator virus infeksiyalar (ORVI) va suvchechak kasalliklarda berish mumkin emas, chunki ular Rey sindromini chaqiradi va bunda bolalar o‘limi 30% (5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda 50%) ni tashkil etadi.

    Zaharliligi sababli bolalarga beriladigan isitma pasaytiruvchi dori vositalari ro‘yxatidan antipirin va fenatsetin olib tashlangan. Analgin (metamizol) anafilaktik shok, agranulotsitoz chaqirishi sababli ko‘p davlatlarda 60-70 yillardan boshlab qo‘llanilmaydi, biroq MDH davlatlarida hali ishlatilmoqda.

    Bir necha yil oldin MDH davlatlarida turli yoshdagi bolalar uchun isitma pasaytiruvchi vosita sifatida nimesulid (nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar guruhiga mansub) preparat ro‘yxatga olingan. Ushbu preparat revmatizm kasalligida ham beriladi, u gepatotoksik xususiyatga egaligi (bemorlarda transaminaza miqdorini oshiradi) MDH davlatlardan tashqarida hech bir davlatda qo‘llanilmaydi.

    Isitma pasaytiruvchi preparatlar guruhida nisbat eng kam zararli deb paratsetamol hisoblanadi. Ibuprofen bolalarga og‘riq bilan birga kechadigan isitma kasalliklarida beriladi. Biroq haligacha ko‘p ota-onalar bemor bolalariga isitmasini pasaytirish uchun aspirin, analgin va nimesulid kabi preparatlarni beradilar, bunda isitma pasaysa bolaning ahvoli yaxshilanadi deb hisoblaydilar. Biroq isitma – bu organizmning himoyalovchi-moslashuvchi reaksiyasi ekanligini va isitma pasaytiruvchi vositalar zarar ko‘rsatishini keng targ‘ibot etish zarur.

    Isitma pasaytiruvchi vositalar bolaning immun tizimini rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi - Th-1 immunn javobga taalluqli γ-interferon, TNF-α va boshqa sitokinlarning sintezini to‘xtatishi infeksiya ko‘targan isitmani pasayshiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun isitma pasaytiruvchi dori vositalarni bemor bolaga hayotiy zarur ko‘rsatmaga binoan berish kerak. Isitmani pasaytirish uchun oddiy kompressdan foydalanish mumkin. 3



    Vaksinalarni qo‘shimcha ta’siri. Har bir yot modda kabi vaksinalar qo‘shimcha nojo‘ya ta’sir ko‘rsatishi va ayrim hollarda esa salbiy asoratlar qoldirishi mumkin, bemorni salomatligiga putur etishi bilan bir vaqtda aholini vaksina profilaktikaga bo‘lgan ishonchi kamayishi natijasida emlash surati ham tushib ketadi. Vaksinalarni nojo‘ya ta’siri kasalga chalinish kabi asoratlar paydo bo‘lishi emlash sababi bilan izohlanmaslig ahvolni yanada og‘irlashishiga olib keladi.

    Hayotining birinchi uch oyida chaqaloqlar ko‘pincha vaksinatsiyadan keyingi davrda bo‘ladilar, shu sababli ko‘pincha interkurrent kasalliklarni “vaksinatsiya bilan bog‘liq” deb gumon qilish mumkin. Emlashdan keyingi reaksiya bu tabiiy hol, biroq bugungi kunda zamonaviy vaksinalar kamdan-kam ushbu asoratlarni chaqiradilar. Emlashdan keyingi asoratlar – bu kuchli reksiyalar juda kam kuzatiladi, ushbu reaksiyalar sabablarini quyidagicha izohlash mumkin:

    • vaksina yuborganda yo‘l qo‘yilgan hatoliklar;

    • sifatsiz vaksina;

    • tasodifiy bir xil holatlar;

    • sababi aniqlanmagan vaksinatsiya o‘tkazilganidan keyingi reaksiyalar.

    Vaksina terapiyadan keyingi nojo‘ya ta’sirlarning xavfliligi birinchi navbatda ularni oldini olish va yo‘qotish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rishga undaydi. Ayniqsa bu nojo‘ya ta’sirlar bola terisiga toshma toshishi, allergiya va boshqa holatlar kuzatilsa. Bunda shifokor bolaning ota-onasiga vaksinatsiyaning bola organizmi uchun ko‘proq foyda keltirishini va nojo‘ya ta’sir o‘tib ketadigan holat ekanligin, nima afzalroq ekanligini to‘g‘ri tushuntirishi lozim. Biroq emlashdan keyin bolani meningit yoki pnevmoniya kasalligi bilan og‘rishi, salbiy natijalarga olib kelishi mumkin. Masalan, “Emlashdan keyingi asorat” deb diagnoz qo‘yilgan va vafot etgan 83 nafar bolalarning 15 tasida bakterial meningit, 16 tasida – o‘tkir virusli kasallik va pnevmoniya, 4 tasida – ichak infeksiyasi bo‘lgan.

    Dori vositalarni bolalarda sinash masalalari. Kattalar uchun mo‘ljallangan dori vositalar soni tobora ortib bormoqda, biroq bulardan bolalarni davolash uchun hammasi ham to‘g‘ri kelmaydi. Shu sababli ularni «bolalar (ma’lum yoshdagi bolalar) uchun xavfsizligi isbotlanmagan» yoki «pediatriya amaliyotida qo‘llash tajribasi etarli emas». Bularga misol qilib zambrug‘larga qarshi aerozol preparatlarni, yangi antibiotiklar (ftorxinolon va karbapenemlar)ni keltirish mumkin. Biroq ko‘p yillar pediatrlar ushbu preparatlarni tavsiya etilmagan yoshdagi go‘daklarga hayotiy ko‘rsatma bo‘yicha bermoqdalar va bu hol intensiv terapiya bo‘limlarida 60% dan ko‘pini tashkil etmoqda. AQSh va Evropa mamlakatlarida bolalar uchun mo‘ljallangan dori vositalarni sinash bo‘yicha qonunlar amaliyotga tatbiq etilmoqda, biroq ushbu jarayon juda sekin kechmoqda.

    Bolalarga beriladigan dorilarni xavfsizligini oshirish masalari. Bolalarni dorilar bilan zaharlanishini oldini olish uchun Butun jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra mana 15 yildan beri qiyin ochiladigan plastik konteynerlar ishlatilib kelinmoqda.

    Bolalar amaliyotida qo‘llaniladigan dori vositalar nomenklaturasini kengaytirish farmatsevtika texnologiyasining dolzarb masalalaridan hisoblanadi.



    Pediatriya amaliyotida qo‘llaniladigan yumshoq dori turlari ta’rifi, texnologiyaining o‘ziga xosligi. Yumshoq dori turlaridan bolalar amaliyotida rektal dorilar (shamchalar, kapsulalar, rektiolalar, klizmalar) va surtmalar, kremlar, linimentlar ishlatiladi. Ular 10% atrofida retsepturada uchraydi.

    Rektal dori turlari. Xozirgi paytda bolalarga mo‘ljallangan dorilarning umumiy hajmida rektal dorilarning miqdori o‘sib borish tendensiyasi kuzatilmokda. Agar 1990 yilda shamchalarga 3,4% (chet elda 17%) to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, xozirgi vaqtda esa bu ko‘rsatkich 50% dan oshdi. Bu, bolalar amaliyotida, rektal dorilarni o‘ziga xos ijobiy taraflariga bog‘lik:

    - dorilarning ayrim qo‘lansa hidi va yoqimsiz mazasi bilinmaydi;

    - dorilar tanaga tezrok so‘riladi, natijada tez ta’sir ko‘rsatadi;

    - og‘rik muammosi echiladi;

    - allergik reaksiyalar kamayadi;

    - oshqozon ichak shilliq pardalariga preparatlarning yallig‘lovchi ta’siri bulmaydi, hamda dori moddalar fermentlarning salbiy ta’siridan xalos bo‘ladi. SHu sababli analgetiklar, isitma tushiruvchi, spazmolitik, steroid gormonlar, allergiyaga qarshi dori preparatlardan suppozitoriya dori shaklini tayoyyorlash istiqboli izlanishlar deb hisoblanadi. Ayniksa bronxial va boshka nafas yo‘llari kasalliklarini davolashda rektal dori turlarini qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi.




    Suppozitoriylar, shamchalar — xona haroratida qattiq, tana haroratida erib ketadigan, tanadagi har xil tabiiy yoki biror kasallik natijasida hosil bo’lgan bo’shliqlarga qo’yiladigan, dozalarga bo’lingan yumshoq dori shakli; silindr shaklidagi  yoki bir tomoni uchli kilib ishlangan konussimon dori shakli; to‘јri ichakga kiritib ko‘yib davolashga mo‘ljallangan


    Bolalar uchun mo‘ljallangan shamchalar nomenklaturasi. Hozirgi paytda maxsus bolalarga mo‘ljallangan shamchalar taklif qilinib, farmatsevtika sanoatida ishlab chiqilmokda:

    - spazmolitik ta’sirga ega bo‘lgan shamchalar (atropin sulfat, efedrin gidroxlorid, papaverin gidroxlorid, kellin bilan);

    - teofillin saklovchi shamchalar ("Rektoseptal", "Kelledrin", "Kobedoz", "Kinetozin");

    - pirozolon, barbituratlar, kofein, salitsilatlarni saklovchi shamchalar ("Gibalgin", "Donozon", "Meliobol", "Neopirin").

    Shamcha dori turida beriladigan dorilarni terapevtik ta’siri albatta olingan asosga bog‘lik bo‘ladi. Asoslar ikkita guruhga bo‘linadi: gidrofob va gidrofil. Texnologik va biofarmatsevtik tomondan hamda bolaning orga-nizmini o‘ziga xosligini hisobga olgan holda, bolalar amaliyotida ishla-tiladigan shamchalarda faqat suvda erimaydigan asoslar qo‘llash tavsiya etiladi, chunki suvda eriydigan asoslar bolalar to‘g‘ri ichak nozik shillik pardalariga mos kelmadi (suvsizlantirish xossaga ega). Shuning uchun hozirgi paytda bolalarga mo‘ljallangan shamchalar uchun kakao moyi, vitepsol, kakao moyining gidrogenizatlari va parafin bilan aralashgan asos, lanol, GXM - 5T asoslari tavsiya etiladi. Masalan, hozirgi paytda tuberkulez kasalligini davolashda ishlatiladigan solyutizon, ftivazid, izoniazid preparatlarining shamchalari ishlab chiqilgan, maksad – moddalarning salbiy ta’sirini kamaytirib, biologik faolligini oshirish. Solyutizon 0,05 g shamchalari gidrogenizatsiyalangan yog‘lar (60%), kakao moyi (30%) va parafin (10%)dan iborat bo‘lgan asos yordamida tayyorlangan. Ftivazid shamchalarini - lanol, izoniazid shamchalarini - kakao moyi asoslarida tayyorlash maqsadga muvofiqdir.

    Bolalar amaliyotida steroid gormonlarni va vitamin preparatlarini shamcha dori shaklida berish dolzarb. Masalan, V avitaminozlarni davolashda fosfotiamin (tiaminning fosfor efiri) tabletka o‘rniga shamcha sifatida berish tavsiya etiladi (vitepsol asosida). V12 va V6 vitaminlarni ham shamcha dori turida ishlatish maqsadga muvofiqligi ko‘rsatildi. Undan tashqari, shamchalar faqat umumiy ta’sir ko‘rsatmasdan, mahalliy ta’sirga ega bo‘lishi mumkin. Ular suvda erimaydigan asos (kakao moyi) va uglerod dioksidini ajratib chiqaradigan aralashmadan (natriy gidrokarbonat va kislota (askorbin yoki limon) tashkil topgan bo‘ladi.

    Masalan: FERROLAKS shamchalari

    Tarkib:

    Natriy gidrokarbonat 0,05

    Temir laktat 0,08

    Askorbin kislotasi 0,01

    Kakao moyi 2,0

    KALSILAKS shamchalari

    Tarkib:

    Natriy gidrokarbonat 0, 20

    Kalsiy laktat 0,10

    Askorbin kislotasi 0,05

    Kakao moyi 2,0

    Bu shamchalar quyish usuli bilan tayyorlanadi. Ta’siri 10-15 daqiqadan so‘ng namoyon bo‘ladi.

    Bolalar shamchalarining o‘ziga xos tomonlari:

    1. XI - DF ko‘rsatmasi bo‘yicha og‘irligi 0,5-1,5 g bo‘lishi kerak va albatta shifokor tomonidan 1 shamcha - og‘irligi retseptda ko‘rsatilishi lozim;

    2. Asosan suvda erimaydigan asoslar qo‘llanilishi kerak;

    3. Dozalarga e’tibor berish lozim.



    Rektal kapsulalar. SHamchalarning ijobiy tomonlarini hisobga olgan holda, hozirda ularning takomillashtirilgan shakllari tavsiya etilmoqda. Ulardan biri bu rektal kapsula va rektiolalar. Rektal kapsulalar jelatin (64-70%) va glitserin (30-36%) aralashmalaridan tayyorlangan va suspenziya, emulsiya, pastasimon yoki suyuqliklarni joylash uchun mo‘ljallangan mayda idishcha (g‘iloflardir). Ularning afzallik tomonlari shundan iboratki, ularda shamchaga nisbatan yordamchi moddaning miqdori kam, saqlash sharoitlari uncha cheklanmagan va issiq iqlimga ega bo‘lgan mamlakatlarda ishlatish qulay. Ularning ko‘rinishi noksimon, konussimon, tuxumsimon bo‘lishi mumkin va bolalar amaliyotida ishlatish juda ham qulay. Pediatriya amaliyotida antibiotiklar, analgetiklar, trankvilizatorlar, tinchlantiruvchi, spazmolitik ta’sirga ega bo‘lgan rektal kapsulalar ishlab chiqariladi. Masalan, chakanda moyini (0,55 g) saqlovchi rektal kapsulalar qo‘llaniladi (reparativ vosita). Biroq ushbu vositaning ham kamchiliklari bor: kapsulalar to‘g‘ri ichaqda uzoq vaqt eriydi (30 daqiqadan ko‘p), jelatinadan tayyorlangan kapsulalar ko‘p dori moddalar bilan nomutanosibdir va ularning mikrobiologik jihatdan barqaror emas. 4

    Klizmalar. Klizmalar dori turi sifatida juda qadimdan ma’lum. Bolalar amaliyotida suv–sovunli, suv-glitserinli va moyli klizmalar keng qo‘llanilib kelingan. Bugungi kunda bolalarga klizma sifatida rentgenokontrast moddalar (sergozin, bariy sulfat va b.), spazmolitik (teofillin), anestetik (novokain), tomir tortishiga qarshi vositalar (xloralgidrat), gormonal preparatlar.

    Klizma – xukna – davolash yoki diagnostik maqsadlarda durvaza (ortki chiqaruv teshigi)dan to‘g’ri ichakka suyuqlik (dori modda, aralashma va b.) yuborish muolajasi

    Klizmalarning yuqori samaradorligi bilan bir qator kamchiligi ham bor: maxsus apparat zarurligi, tayyorlashga uzoq vaqt sarflanishi va faqat ekstemporal retsepturada berilishi.



    Rektiolalar. So‘nggi yillarda xorijiy davlatlarda bolalar amaliyotida rektiolalar keng ishlatilmokda.


    Rektiolalar (rektal pipetkalari yoki mikroklizmalarda deb ham yuritiladi) hajmli 3-5 ml, plastmassadan yasalgan elastik idishchalarga jihozlangan va bir marta ishlatish uchun mo‘ljallangan dori vositalar. Rektiolalarni afzallik tomonlari: uzoq muddat saqlash imkoniyatini, shamchalarga ko‘ra tezrok ta’sir ko‘rsatishi, ishlatilishi nisbatan gigienikligi, dozasi aniq bo‘lishi, ishlatilishi qulay. Rektiolalar tarkibida xloralgidrat, gormonlar, barbituratlar va har xil surgi dorilarni kiritish mumkin



    Bu dori turlari rektal pipetkalari yoki mikroklizmalari deb ham yuritilib, 3-5 ml hajmli plastmassadan yasalgan elastik idishchalardir (2-rasm). 5
    2-rasm. Rektiola - rektal pipetka

    Uning ichki qismiga suyuq dorivor moddalar joylashtirish mumkin. Bir marta ishlatishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Rektiolalarni afzallik tomonlari: uzoq muddat saqlash imkoniyatini, shamchalarga ko‘ra tezrok ta’sir ko‘rsatishi, ishlatilishi nisbatan gigienikligi, dozasi aniq bo‘lishi, ishlatilishi qulay. Rektiolalar tarkibida xloralgidrat, gormonlar, barbituratlar va har hil surgi dorilarni kiritish mumkin.



    Rektal surtmalar bolalar amaliyotida umumiy yoki maxalliy ta’sir ko‘rsatishga mo‘ljallangan bo‘ladi.

    Rektal dorilardan tashqari bolalar amaliyotida surtmalar keng qo‘llaniladi. Bolalarga surtmani yaratishda ularning terisi tuzilishi va fiziologiyasini o‘ziga hosligi hisobga olinadi. Ularga taklif qilinayotgan surtmalarni tayyorlashda asosga katta ahamiyat beriladi. Masalan, vazelin va lanolin tarkibli asos uncha to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun bolalar uchun mo‘ljallangan surtmalarda emulsion va gidrofil asoslarni ishlatish tavsiya etiladi.



    Emulsion asoslar. Bu asoslar moyning suvdagi yoki suvning moydagi emulsiyalarini hosil qiladi. Ular teridan suv bilan oson yuvilib, o‘zida erigan moddalarni tez ajratish xususiyatiga ega. Bu asosdan surtmalar tayyorlanganda kam yog‘ sarf bo‘ladi va surtmalar arzonga tushadi.

    Emulsion asoslardan, surtmadagi dori moddasini tez so‘rilishi, shu asoslar tarkibidagi emulgator (SFM) hisobiga ta’minlanadi. Emulgatorlar sifatida lanolin, emulgator T-2, emulgator №1, tvin-80, spenlar, setil spirti keng qo‘llaniladi. Masalan, asos komponentlari sifatida PEG-300 va 4000, setil spirti, monooleat, tvin-80 va suv bo‘lishi mumkin. Bunday asoslar yumshoq konsistensiyaga ega bo‘ladi va bolaning nozik terisiga engil surtiladi. Masalan, bolalarga mo‘ljallangan antigistamin preparatlarni saqlovchi surtmalar uchun gidrofil asosni (PEG, propilenglikol, sorbitaning monopalmitati (spen-40) va suvdan iborat bulgan asos) ishlatish tavsiya etiladi. Undan tashqari, bolani terisini nozikligini hisobga olgan holda, surtmalar tarkibiga terini gaz-havo almashishiga to‘sik bo‘ladigan, terini quri-tadigan xususiyatga ega bo‘lgan moddalarni kiritilishi cheklangan bo‘lishi lozim.





    Yangi tug‘ilgan chaqaloklar, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar, gematoensefalik to’sik, rektiolalar, tug’ma immunitet, sepma, shamchalar
    Kalit so’zlar:




    VI. Mustaqil tayyorlash uchun savollar:


                1. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan dori turlarini ishlab chiqarish zaruriyatini asoslab bering.

                2. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar organizmining anatomo-fiziologik xususiyati i ularga dori vositalarning ta’sir etishining o‘ziga xosligi.

                3. Nima uchun yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan dori turlari aseptik sharoitda va sterillanib tayyorlanishi lozim?

                4. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan zamonaviy dori turlarining nomenklaturasi.

                5. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan suyuq dori turlarini qadoqlash me’yorlari.

                6. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan dori turlarini rivojlanish istiqbollari.

    Mustaqil tayyorlash uchun savollar va bajariladigan topshiriqlarni «Blits o‘yin» usulida muhokama jtish tavsiya etiladi.




    Download 1,18 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




    Download 1,18 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva, Sh. F. Iskandarova

    Download 1,18 Mb.