• Bolalr uchun mo’ljallangan qiyom va eliksirlar texnologiyasi
  • Eliksir – bu tarkibida biofaol dori moddalar, qand yoki qand o’rnini bosuvchi ingredientlarni saqlaydigan, shirinlashtirilgan va xushbo’ylashtirilgan suvli-spirtli tiniq shirin mazali
  • Q and qiyomini massa-hajm usulida tayyorlash .
  • Olcha (malina) qiyomi texnologiyasi: Tarkibi
  • Tayyorlanishi bo’yicha dorivor qiyomlar
  • Tarkibi
  • Qand o’rnini bosuvchi shirinla shtirgichlarni qollash asoslari
  • Bolalar uchun mo ’ ljallangan qattiq dori turlarini ta ’ rifi Poroshoklar .
  • Quruq suspeniyalar
  • Pastilkalar ( lot . pastillae ) – plastik holdagi dori va gel hosil qiluvchi ( jelatin , arab
  • ’ iz bo ’ shlig ’ ida so ’ rish yoki ichish uchun mo ’ ljallangan qandolat qattiq dori
  • Draje – ichish uchun mo ’ ljallangan qand ustiga ( massasi 0,025 g ) dori va yordamchi
  • ’ g ’ ri sfera shaklda bo ’ ladi , qoplangan qoiq massasi drajening umumiy massasini 20%
  • Bolalar uchun mo’ljallangan dori vositalarni jihozlash masalalari.
  • Pediatriya, gematoensefalik to’sik, dozator, draje, Eliksir, korrigent modda, rektiolalar, sepma dori, tug’ma immunitet , qiyomlar
  • -jadval Farmatsevtika sanoatida ishlatiladigan bo‘yoqlar va bo‘yovchi moddalar




    Download 1,18 Mb.
    bet5/19
    Sana31.12.2019
    Hajmi1,18 Mb.
    #6742
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19

    4-jadval

    Farmatsevtika sanoatida ishlatiladigan bo‘yoqlar va bo‘yovchi moddalar


    Bo‘yoqning nomi

    Me’yoriy-texnika xujjati

    Rangi

    Indigokarmin

    TSH 18-16-143 - 77

    Ko‘k

    Kislotali qizil 20 (azorubin)

    VFM 42-1446 - 84

    Qizil

    Tropeolin 0 (xrizoin)

    TSH 6-09-2205 - 77

    Sariq

    Ruberozum

    VFM 42-1306 - 83

    Qizil

    Serulezum

    VFM 42-1304 - 83

    Ko‘k

    Flavorozum

    VFM 42-1305 - 83

    Sariq


    Bolalr uchun mo’ljallangan qiyom va eliksirlar texnologiyasi

    Bolalar uchun mo’ljallangan suyuq dorilarning noxush ta’mi, hidi va rangini tuzatish murakkabligini hisobga olib, eng maqsadga mufofiq va hammabop dori turlari bu qiyom va eliksirlar.




    Eliksir – bu tarkibida biofaol dori moddalar, qand yoki qand o’rnini bosuvchi ingredientlarni saqlaydigan, shirinlashtirilgan va xushbo’ylashtirilgan suvli-spirtli tiniq shirin mazali suyuq dori turi. Eliksirlar tarkibida qand yoki sorbitning mo’tadil konsentratsiyasi - 40%, shuningdek erituvchi va konservant sifatida eliksirlar tarkibiga 20-30% etil spirti qo’shiladi, undan yuqori konsentratsiyadagi etil spirti qand va sorbitni erishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi

    Eliksir tarkibiga kam eriydigan dori moddalar kiritilsa, solyubillovchi modda sifatida Tvin-80 qo’shiladi, bunda spirt miqdori kamaytiriladi.

    Masalan, ko’krak eliksiri (Elixir pectoralis) texnologiyasi:

    Tarkibi:

    Chuchukmiya ildizi quruq ekstrakti – 60,0

    Ammoniy xlorid 10% eritmasi - 10,0

    Arpabodiyon efir moyi - 1,0

    Tozalangan suv - 180,0

    Etil spirti 90% - 49,0



    Texnologiyasi: tozalangan suvda chuchukmiya ildizi quruq ekstrakti eritiladi, ustiga ammoniy xlorid 10% eritmasi qo’shib aralashtiriladi va 1 soat (yoki 2 sutka)ga qoldiriladi. Belgilangan vaqt o’tishi bilan 90% etil spirtida eritilgan arpabodiyon efir moyi qo’shiladi va mikser yordamida aralashtiriladi, so’ng eliksir 2 soat (yoki 8 sutka)ga qoldiriladi va sizib olinadi. Tayor bo’lgan ko’krak eliksiri 50,0 g dan qo’ng’ir rangli shisha idishga jihozlanadi.

    Qiyomlar tarkibi va qo’llanishi bo’icha t’am beruvchi va dorivorlarga tasniflanadi. T’am beruvchi qiyomlarga oddiy qand qiyomi (Sirupi simplicis) va mevali qiyomlar: olcha, malina, qorag’at, mandarin, apelsin, limon va b. Ushbu qiyomlar tarkibida biofaol dori modda saqlamaydi va bolalar uchun beriladigan dori vositalarni ta’mi va hidini to’g’rilaydi, shuningdek siroplar tarkibida konservantlar (spirt, nipagin, nipazol, sorbin kislotasi) ham bo’lishi mumkin.

    Agar qiyomning nomi ko’rsatilgan bo’lmasa, unda oddiy qand qiyomi tayorlanadi (Sirupi simplicis 64%), shuningdek t’amni tuzatuvchi qiyomlarga mevali qiyomlarni kiritish mumkin – olcha, malina, qoraqat, mandarin, apelsin, limon va b.

    Dorivor qiyomlarni tayorlash uchun qand qiyomiga ekstraktlar, nastoykalar yoki mevali ozuqali ekstraktlarni q’oshish mumkin, kerak bo’lsa qiyomlarni tayorlashda qizdirish mumkin. Olingan filtrlar bo’z matosidan yoki filtr qog’ozdan quruq idishga o’tkaziladi. Qizdirib tayorlangan filtratlar issiq holda filtrlanadi.

    Konsentratsiyasi 60% dan kam bo’lgan qiyomlar achib qolishi mumkinligini hisobga olib, ularning tarkibiga konservantlar qo’shiladi: 0,1-0,2% natriy benzoat yoki benzoy kislotasi, etil spirti, glitserin, ayrim hollarda, nipagin va nipazol 0,15% gacha qo’shiladi. Agar qand qiyomi konsentratsiyasi 50% kam bo’lsa, unda konservant sifatida etil spirti qo’shiladi.



    Qand qiyomini massa-hajm usulida tayyorlash. Suyuq dorilar tеxnologiyasida ichki, sirtki, in'еktsion eritmalari, ko’z tomchilari, shuningdek galеn prеpartalari – nastoyka, ekstrakt, hushbuy suvlar, tibbiy spirtlar va boshqalar massa-hajm usulda tayyorlanadi. Bu usul esa o’zining ish unumdorligi va oson dozalanishi bilan kеng qo’llaniladi. Amaliyotda barcha qiyomlar asosan og’irlik usulida tayyorlanadi. Masalan, 64% qand qiyomi. Odatda bolalar uchun bеrilgan rеtsеptlarda qand qiyomi hajmda (ml) yoki massada (g) ifodalanadi. Sovugan qand qiyomini qovushqoqligi ortishi sababli rеtsеptda miqdori hajmda bеrilsada, biroq dori tarkibiga massa bo’yicha qo’shiladi (bunda hajmdan massaga o’tish koeffitsiеnti 1,3 tashkil etadi). Massa-hajm usulida qand qiyomini tayyorlash, qiyom tarkibidagi qand kontsеntratsiyasini pasayishi va eritmani mikrobiologik turg’unligini yo’qolishiga sabab bo’ladi, dorini esa saqlanish muddati 1 sutkadan oshmaydi.

    Massa-hajm usulida tayyorlashda qiyomlarning kontsеntratsiyasini pasaytirmaslik maqsadida quyidagi hisoblash usulidan foydalanish mumkin:

    a x 100

    X = ------------,



    v

    bu еrda X – massa-hajm kontsеntratsiyasi, %.

    a – massa bo’yicha kontsеntratsiya, %.

    v – 100 g sirop hajmi, ml

    100 – massa-hajm kontsеntratsiyali qiyomning hajmi, ml.

    Masalan, massa kontsеntratsiyasi bo’yicha tayyorlangan qand qiyomining tarkibi (X-DF, 615 maqola):

    Qand - 64 qism

    Tozalangan suv – 36 qism

    100 ml qand qiyomini massa-hajm kontsеntratsiyasi bo’yicha tayyorlash uchun qancha qand (g) va tozalangan suv (ml) olish kеrak, agar 100 g 64% qand qiyomining hajmi 76,32 ml ni tashkil etsa?

    a x 100 64 x 100

    X = ------------ = ------------ = 83,86 (%)

    v 76,32


    Massa-hajm kontsеntratsiyasi bo’yicha oddiy qand qiyomini tayyorlash uchun 83,86 g qand tortib olinadi va ustiga tozalangan suv solib, eritmaning hajmi 100 ml gacha еtkaziladi va qiyom umumiy tеxnologiya bo’yicha tayyorlanadi: oddiy qand qiyomini olishda qandni invеrsiyaga uchrashi hisobga olinadi, tortib olingan qand chinni kosachaga solinadi, silindr yordamida tozalangan suv o’lchanadi; suvni yarim miqdori qand ustiga solinadi va 15-20 daqiqaga qoldiriladi; tozalangan suvni qolgan qismi qo’shiladi va gaz yoki elеktr plitasida qaynaguncha aralashtiriladi; hosil bo’lgan ko’pik shpatеl yordamida olib tashlanadi; qiyomni qaynash vaqti 3-5 daqiqa (karamеl hosil bo’lmasligi uchun qaynash harorati 105-1100 S atrofida bo’lishi kerak); issiq qiyom 3 qavat dokadan suzib olinadi, quruq, oldindan stеrillangan va tortilgan shisha idishga o’tkaziladi. Sifati baholanadi, jihozlanadi. Kеltirilgan issiq usuldan tashqari qand qiyomini pеrkolyatsiya usulida (sovuq usul) ham tayyorlash mumkin.

    Olcha (malina) qiyomi texnologiyasi:

    Tarkibi:

    Qand qiyomi – 94,0

    Olcha (malina) ekstrakti - 4,0

    Etil spirti - 2,0



    Texnologiyasi: chinni kosachaga 33,8 (36 qism) tozalangan suv solinadi va 60-700 C gacha isitiladi, qaynoq suvga 60,2 (64 qism) qand solinadi va aralashtiriladi. Qand eriganidan so’ng eritma ikki marta qaynatiladi (25 daqiqadan ko’p emas), bunda hosil bo’lgan ko’pik olib tashlanadi. Ko’pik hosil bo’lishi to’xtashi qiyom tayor bo’lishidan dalolat beradi.

    Chinni kosachaga 94,0 qand qiyomi solinadi va ustiga 4,0 olcha (malina) ekstrakti solinib, aralashtiriladi. Qiyom issiq holda bo’z matosidan suzib o’tkaziladi. So’ng sovigan qiyomga 2,0 g 90% etil spirti qo’shib aralashtiriladi. Hosil bo’lgan tiniq rangli qiyomning sifati baholanadi va jihozlanadi.



    Tayyorlanishi bo’yicha dorivor qiyomlar:

    • dori moddani (tindirma, ekstrakt) tayor qand qiyomi tarkibiga q’oshish;

    • dori moddaning suvli eritmasi, quritilgan va Yangi yig’ilgan o’simlik xom ashyosidan olingan ajratma hamda shiralarga qand qo’shib tayorlanadigan qiyomlar.

    Masalan, Pertussin (Pertussinum) texnologiyasi:

    Tarkibi:

    Toshcho’p suyuq ekstrakti – 12 qism

    Qand qiyomi - 82 qism

    Kaliy (natriy) bromat - 1 qism

    Etil spirit 80% - 5 qism

    Texnologiyasi: chinni kosachada 60-700 C haroratdagi 0,36 qism tozalangan suvda 0,64 qism qand eritiladi, qiyom 2 marta qaynab chiqqanidan so’ng (25 daqiqadan oshmasligi kerak), hosil bo’lgan ko’pik olib tashlanadi. Ko’pik hosil bo’lish tugashi, uni tayor bo’lganligini bildiradi. Qiyom soviganidan keyin tortiladi va ustiga kaliy bromid, toshcho’p suyuq ekstrakti va 80% etil spiriti qo’shiladi, 10-15 daqiqa aralashtiriladi va 24 soatga qoldiriladi. Qiyom bo’z matosidan suzib olinadi va standartlanadi.

    Qand o’rnini bosuvchi shirinlashtirgichlarni qollash asoslari:

    Bolalar uchun tayyorlanadigan dorilarni ta'mini yaxshilash maqsadida qand o’rnini bosuvchi shirinlashtirgichlar ham tеxnologiya amaliyotida kеng qo’llaniladi. Olinadigan shirinlashtirgichlar miqdori qandga bo’lgan shirinlik ekvivalеntiga nisbatan quyidagi tеngalama bo’yicha hisoblanadi:

    P= S/KSh

    Bu еrda P – olinadigan shirinlashtirgich miqdori, g; S – qand miqdori, g; KSh – shirinlik koeffitsiеnti.

    Zamonaviy qand o’rnini bosuvchi moddalar va shirinlashtirgichlarni tasnifi va ularning ta'rifi 4-5-ilovalarda kеltirilgan.

    Bolalar uchun moljallangan qattiq dori turlarini tarifi

    Poroshoklar. Bolalar amaliyotida bir martalik doza saqlovchi sashe-paketchalarga jihozlangan poroshoklarni qo’llanishi istiqbolli hisoblanadi. Bularga misol sifatida parasetamol, vitamin (askorbin kislotasi) va aramatizator saqlovchi; tarkibida parasetamol, kofein, natriy gidrokarbonat va limon kislotasini saqlovch, 5 g dan qadoqlangan vishillovchi porosokni; magniy sulfat, natriy gidrokarbonat, limon kislotasi va saxarozadan tashkil topgan Endryus mualliflik poroshogi kabi tarkiblarni keltirish mumkin.

    Quruq suspeniyalar flakonlarda ishlab chiqariladi va ishlatishdan oldin yoriqnomaga asosan suv bilan suyultiriladi. Bularga misol sifatida antibiotik saqlovchi va zambrug’larga qarshi preparatlar:

    - grizeofulvin suspeniyasi (korrigentlar: qand, shokolad, yalpiz moyi), yalpiz moyi hidli 100 ml flakonlarda ishlab chiqariladi;

    - fuzidin kislotasi, sefaleksin, ampitsillin, eritromitsin suspenziyalari (korrigentlar: qand, shokolad, yalpiz moyi), yalpiz moyi hidli 100 ml flakonlarda ishlab chiqariladi. Bunda bola organizmining bir qator xususiyatlarni inobatga olish kerak: o’ziga hos texnologiya, biosamaradorligi, oshqozon-ichak shilliq qavatini dori vositaning qitiqlovchi ta’siridan himoyalash, turli yoshdagi guruhlar uchun dozalash, qabul qilishning qulayligi.

    Sefaleksin suspenziyasi to’ldiruvch sifatida qand, sirt faol va quyuqlashtiruvchi moddalar qo’shilgan granula xolida ishlab chiqariladi va yuqori biosamaradorlikni namoyon etadi.

    Ampitsillin suspenziyasi tarkibida glukoza va sirt faol moddalarni saqlashi sababli namlanishi yaxshlanganligi kuzatiladi.

    Fenoksimetilpenitsillin suspenziyasi tarkibida quyidagi korrigentlar qo’shiladi: limon kislotasi, malina essensiyasi, qand.

    Farmatsevtika sanoatida yana quyidagi suspenziyalar ishlab chiqariladi: baktrim, lеvorin, tioridazin, pirantеl, salazopiridazin va b.

    Granulalar. Bolalar uchun mo’ljallangan granulalarga misol sifatida «Kalmagin» antiatsid ta’sirga ega preparatni keltirish mumkin:

    Kalsiy karbonat 3,0

    Magniy karbonat 4,5

    Natriy gidrokarbonat 3,0

    Natriy karboksimеtiltsеllyuloza 0,3

    Qand 63,45

    Aerosil 0,75

    Granulalar bankalarda 75 g dan ishlab chiqariladi. Qabul qilishdan oldin yangi qaynatilgan va sovitilgan suvda eritiladi.

    Yosh bolalar uchun mo’ljallangan glyutamin kislotasi, mеzapama va prozеrin granulalari ham ishlab chiqariladi. Ularni ishlatishdan oldin yangi qaynatilgan va sovitilgan suvda eritish lozim.

    Yoshi katta bolalarga esa tabletka, draje, kapsulalar ishlatiladi.



    Tabletkalar. Bolalarga mo’ljallangan tabletkalar faqat dozasi bilan farqlanmay, balki belgilangan fizik-kimyoviy va biofarmatsevtik omillarga ega bo’ladi. Shuningdek tabletkalar qobiq bilan qoplanadi. Bolalar uchun mo’ljallangan aminazin, lеvomitsеtin stеarat, analgin, allaxol, furadonin, fеnobarbital, kaliya orotat, atsеtilsalitsil kislotasi, eritromitsin, butadion, dimеdrol tabletkalari bular jumlasidan.

    Bugungi kunda bolalar uchun vishillovchi tabletkalar ham ishlab chiqariladi, ulardan ta’mi yaxshigan saturatsiya (mikstura)lar tayorlanadi.

    Roche firmasi (Bеlgiya) askorbin kislotasi, piridoksin gidroxlorid, kaltsiy karbonat, vitamin D2 moyli eritmasini saqlagan vishillovchi tabletkalarni ishlab chiqariladi.

    Kapsulalar. Bolalar uchun mo’ljallangan kapsulalar asosan jelatinadan tayyorlangan kapsulalar ishlatiladi, chunki ular bir qator afzalliklarga ega: tashqi omillardan himoyalash, noxush organoleptik xossalarni niqoblaydi, allergiya reaksiyalarni chaqirmaydi, oson yutiladi. Bugungi kunda pediatriya amaliyotida antibiotik, vitamin, sulfanilamid, jumladan, sulfatiazol, fеnatsеtin, pipеrazin adipinat, vitamina B2, Shuningdek ich ketish, surgi va yo’talga qarshi preparatlar kapsulalangan holda ishlab chiqariladi. Masalan, anemiya kasalligini davolash uchun tarkibida temir sulfat saqlagan “Konefron” kapsulalari hamda tarkibida polivitaminlar saqlovchi kapsulalari keng qo’llaniladi.2


    Pastilkalar (lot. pastillae) – plastik holdagi dori va gel hosil qiluvchi (jelatin, arab elimi va qand va b.) yordamchi moddalar aralashmasiga shakl berish yoli bilan olinadigan va ogiz boshligida sorish yoki ichish uchun moljallangan qandolat qattiq dori turi

    So’ngi yillarda pediatriya amaliyotida ta’mi tuzatilgan suyuq dori turlari bilan bir qatorda pastilkalar ham ishlatiladi. Masalan, polivitaminlar va mikroelementlar saqlovchi “Pikovit” pastilkalari.

    Yoshi 7-8 yildan oshgan bolalarga qattiq dori turlari – tablеtka, drajе, kapsulalar qollash tavsiya etiladi.

    Davlat Reestrida keltirilgan pastilkalar nomenklaturasi asosan shimish va chaynash uchun mo’ljallangan.




    Draje ichish uchun moljallangan qand ustiga (massasi 0,025 g) dori va yordamchi moddalarni obakilash yoli bilan olinadigan va dozalarga bolingan qattiq dori turi. Drajelar togri sfera shaklda boladi, qoplangan qoiq massasi drajening umumiy massasini 20% tashkil etedi

    Draje olishda qand, kraxmal, patoka, asosli magniy karbonat, bug’doy uni, kakao, etiltselluloza, bo’yovchi va boshqa yordamchi moddalar ishlatiladi. Drajelar tarkibi bo’yicha odiy va murakkab tarkibli bo’lishi kerak. Drajelar tarkibida 10 ta va undan ko’p dori moddalar berilishi mumkin, ular bir-biridan yordamchi moddalar bilan ajralib turadi.

    Dori va yordamchi moddalar eritma yoki suspenziya holida kiritiladi. Drajelar obakilash qozonida olinadi, usti esa mum va qattiq moylar eritmasi bilan qoplanadi.

    Bolalar uchun polivitaminli “REVIT”, “UNDEVIT”, spazmolitik ta’sirga ega “TIFEN”va boshqa drajelar ishlab chiqariladi.



    Bolalar uchun mo’ljallangan dori vositalarni jihozlash masalalari. Dori vositalarining yoqimli rangi va shirin ta’mi ko‘pincha bolalarni zaharlanishiga sababchi bo‘lmoqda, ayniqsa 2-3 yoshdagi go‘daklarni. Shu sababli bolalar ocholmaydigan idishlarni yaratish muammosi mavjud. Bugungi kunda turli firmalar tomonidan ishlab chiqariladigan bolalar uchun mo‘ljallangan dori turlari maxsus katta bosim bilan qiyin ochiladigan qopqoqli “PET” idishlarga, maxsus penallarga qadoqlanadi. Bolalarga mo‘ljallangan dori turlarini yaratishda muhim vazifalardan biri – bu bir martalik jihozlarni yaratishdir. Ushbu jihozlar polimer materiallardan tayyorlanadi va dori preparatni maksimal ravishda barqarorligini ta’minlaydi va yordamchi moddalar miqdorini kamaytirishga yordam beradi.



    Pediatriya, gematoensefalik to’sik, dozator, draje, Eliksir, korrigent modda, rektiolalar, sepma dori, tug’ma immunitet, qiyomlar



    VI. Mustaqil tayyorlash uchun savollar:
    Kalit so’zlar:



    1. Bola organizmini rivojlanishidagi o’ziga xos anatomo-fiziologik xususiyatlari va bolalarga mo’ljallangan dori turlarni yaratish zarurligi.

    2. Bolalarga mo’ljallangan dori turlarni tasnifi, ta’rifi, ularga qo’yiladigan talablar.

    3. Bolalarga bеriladigan dori turlarda qo’llaniladigan yordamchi moddalarga qo’yiladigan talablar va ularni dori vositalarni biosamaradorligiga ta'siri. Korrigеntlarni qollashdagi nazariy va amaliy asoslari.

    4. Bolalarga mo’ljallangan suyuq va qattiq dori turlari tеxnologiyasi, sifatini baholash, jihozlash, saqlash va bеrishdagi o’ziga xosligi.

    5. Farmatsеvtika sanoatida ishlab chiqariladingan bolalar uchun mo’ljallangan tayyor dorilarni nomеnklaturasi.

    6. Bolalar uchun mo’ljallangan dorilarni takomillashtirish istiqbollari.

    Mustaqil tayyorlash uchun bеrilgan savollar va bajariladigan topshiriqlarni “Aqliy hujum” usuli yordamida muhokama qilish tavsiya etiladi.



    Download 1,18 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 1,18 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -jadval Farmatsevtika sanoatida ishlatiladigan bo‘yoqlar va bo‘yovchi moddalar

    Download 1,18 Mb.