VII. Nazorat test savollari
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar terisiga surtish uchun mo‘ljallangan moylarni sterillash tartibi:
1000 S 30 daqiqa
1200 S 15 daqiqa
1500 S 20 daqiqa
1800 S 30 daqiqa
2000 S 10 daqiqa
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ichish uchun beriladigan askorbin kislotasi eritmasini tayyorlash uchun qanaqa suv ishlatiladi?
tozalangan suv
in’eksiya uchun suv
yangi qaynatilgan va sovitilgan tozalangan suv
vodoprovod suvi
tuzsizlantirilgan suv
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ichish uchun beriladigan askorbin kislotasi eritmasini tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlarini keltiring:
yangi qaynatilgan va sovitilgan tozalangan suvda eritiladi, stabilizator qo‘shmasdan 1000 S haroratda 30 daqiqa sterilizatsiya qilinadi.
stabilizator sifatida natriya sulfit qzshiladi va eritma sterilizatsiya qilinmaydi.
yangi qaynatilgan va sovitilgan tozalangan suvda eritiladi, stabilizator qo‘shmasdan 1200 S haroratda 8 daqiqa sterilizatsiya qilinadi.
yangi qaynatilgan va sovitilgan tozalangan suvda eritiladi, stabilizator qo‘shiladi va 1200 S haroratda 8 daqiqa sterilizatsiya qilinadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ichish uchun beriladigan eritmalarning hajmini keltiring:
150 ml
200 ml
50 ml
100 ml
10-20 ml
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ichish uchun beriladigan 5% glyukoza eritmasi qanday tayyorlanadi?
Veybel stabilizatorini qo‘shib va 1200 S haroratda 8 daqiqa sterilizatsiya qilib tayyorlanadi.
Stabilizator qo‘shmasdan 1200 S haroratda 8 daqiqa sterilizatsiya qilib tayyorlanadi.
Konservant qo‘shib tayyorlanadi.
Aseptik sharoitda stabilizator qo‘shmasdan va sterilizatsiya qilmasdan tayyorlanadi.
Eritmaga xloridvodorod kislotasining 0,1M eritmasi qo‘shiladi va 1000 S haroratda 30 daqiqa sterilizatsiya qilinadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga beriladigan shamchalar qaysi asosda tayyorlanadi?
kakao moyi, GXM5T, butirol va boshqa DF tomonidan tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun ruxsat etilgan gidrofob asoslarda tayyorlanadi
polietilenoksid asosida
vitepsol asosida
butirol asosida
DF tomonidan tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun ruxsat etilgan gidrofil asoslarda tayyorlanadi
XI-DF tomonidan ko‘rsatilgan bolalar uchun mo‘ljallangan shamchalar massasini keltiring:
1,0-2,0
2,5-3,0
0,5-1,5
1,5-2,5
0,5-2,5
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga surtish uchun beriladigan tanin surtmasi texnologiyasini keltiring:
Tanin oz miqdorda sterillangan suvda eritiladi va 1800 S 30 daqiqa sterillangan asos qo‘shiladi;
Tanin sterillangan asos bilan aralashtiriladi;
Surtma aseptik sharoitda tayyorlanadi;
Tanin vazelin moyi bilan aralashtiriladi, so‘ng sterillngan asos qo‘shiladi;
Surtma emulsion asosda tayyorlanadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar ko‘ziga tomizish uchun mo‘ljallangan sulfatsil natriy ko‘z tomchilari tarkibini keltiring:
Sulfatsil natriy 30,0 g; natriy tiosulfat 0,15%, xloridvodorod kislotasi 1M eritmasi 0,35% va tozalangan suv 100 ml gacha;
Sulfatsil natriy, natriy gidroksid va tozalangan suv;
Sulfatsil natriy 30%, metabisulfit natriy 0,5% va in’eksiya uchun suv;
Sulfatsil natriy 30%, natriy gidroksid 0,1% va natriy sulfit 0,1%, in’eksiya uchun suv;
Sulfatsil natriy 10, 20 yoki 30% va tozalangan suv.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun tayyorlanadigan dori vositalarning tarkibi va texnologiyasini me’yorlovchi me’yoriy xujjatlarrni keltiring:
O‘zR SSv ning 582-son buyrug‘i (28.04.2003 yil)
O‘zR SSv ning 195-son buyrug‘i (29.12.2000 yil)
O‘zR SSv ning 198-son buyrug‘i (28.04.2003 yil)
O‘zR SSV Sanitariya normalari va qoidalari №0078-98
O‘zR SSv ning 583-son buyrug‘i (2001 yil).
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning ko‘ziga tomizish uchun ishlatiladigan sulfatsil natriy ko‘z tomchilari qancha vaqt sterillanadi?
Aseptik sharoitda stabilizator qo‘shilmasdan tayyorlanadi;
Aseptik sharoitda xloridvodorod kislotasining eritmasi va natriy tiosulfat qo‘shiladi;
Eritmaga xloridvodorod kislotasining eritmasi va natriy tiosulfat qo‘shiladi va eritma 1200 S haroratda 8 daqiqa sterillanadi.
Eritmaga xloridvodorod kislotasining eritmasi va natriy tiosulfat qo‘shiladi va eritma 1000 S haroratda 30 daqiqa sterillanadi.
Eritmaga stabilizator qo‘shilmaydi va eritma 1200 S haroratda 8 daqiqa sterillanadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ichishi uchun mo‘ljallangan eritmalar flakon ochilganidan keyin qancha saqlanishi mumkin?
3 sutka
24 soat
48 soat
saqlash taqiqlanadi
12 soat
VIII. Bajarish uchun topshiriqlar:
I. Quyida keltirilgan Yangi tug’ilgan chaqaloqlalar va 1 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun mo’ljallangan retseptlarni va ularni texnologiyasini kundalik daftariga qayd eting.
1. Rp: Sol. Ac. Ascorbinici 1% - 10 ml
Sterilisetur!
D.S. Yangi tug’ilgan chaqaloqqa ichish uchun
2. Rp: Sol. Glucosi 5% - 10 ml
Sterilisetur!
D.S. Yangi tug’ilgan chaqaloqqa ichish uchun
3. Rp: Sol. Kalii iodidi 0,5% - 10 ml
Sterilisetur!
D.S. Yangi tug’ilgan chaqaloqqa ichish uchun
4. Sol. Calcii chloridi 3% - 10 ml
Sterilisetur!
D.S. Yangi tug’ilgan chaqaloqqa ichish uchun
5. Rp: Sol. Acidi hydrochlorici 1% - 10 ml
Sterilisetur!
D.S. Bir choy qoshiqdan kuniga 3 maxal (10 oylik bolaga).
6. Rp: Sol. Kalii permanganatis 5% - 50 ml
Sterilisetur!
DS. Yangi tug’ilgan chaqaloqni terisini artish uchun
7. Rp: Sol. Furacilini 0,02% - 50 ml
Sterilisetur!
D.S. Yangi tug’ilgan chaqaloqni terisini artish uchun
8. Rp.: Sol. Viridis nitentis spirituosae 1% — 50 ml
D.S. Shikastlangan teriga surtish uchun
9. Rp.: Olei Persicori 30,0
Sterilisetur!
D.S. Yangi tug’ilgan chaqaloqni terisini artish uchun
10. Rp: Sol. Hydrogenii peroxydi dilutae 3% - 20 ml
Sterilisetur!
D.S. Yangi tug’ilgan chaqaloqni terisini artish uchun
11. Rp: Solutionis Sollargoli 2% - 10,0
Sterilisetur!
M.D.S. burunga tomizish uchun (1 yoshli bolaga).
12. Rp: Sol. Sulfacyli natrii 10% - 10 ml
Sterilisetur!
M.D.S. Yangi tug’ilgan chaqaloqni ko’ziga tomizish uchun
6 va 7-ilovalarda keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib, taklif etilgan tarkiblarning texnologiyasi keltiring. Texnologik jarayonni tasvirlab bering.
“Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga mo‘ljallangan dori vositalari”, “Bolalarga mo‘ljallangan yumshoq dori turlari” iboralarga klasterlar tuzing.
IX. Vaziyatli masalalar
1. Talabaga yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan dori turlari texnologiyasining o‘ziga xos tomonlarini gapirib bering deb savol berilganida, u “Texnologiyasida farqi yo‘q” deb javob berdi. Javob to‘g‘rimi?.
2. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan dori turlari nomenklaturasini keltiring va ishlatilishini asoslab bering.
Javob varianti.
Bolalar uchun mo‘ljallangan dori turlari bo‘yicha ilmiy adabiyotlarni o‘rganish natijasida, keng tarqalgan bu og‘iz oraqali qabul qilinadigan preparatlar ekanligi aniqlandi. Og‘iz orqali qabul qilinadigan suvli eritmalarni qo‘llash eng keng tarqalgan usul bo‘lib, so‘rilishi, bola organizmida tez va bir hil tarqalishi hamda og‘riq chaqirmasdan qo‘llash kabi biofarmatsevtik omillar bilan izohlanadi.
Suvli eritmalarda glyukoza, askorbin kislotasi, glyutamin kislotasi, kalsiy glyukonat, kalsiy laktat, kofein-benzoat natriy, magniy sulfat, novokain, dimedrol, fenobarbital va boshqalar keng qo‘llaniladi. Bolalarga emulsiya va suspenziyalar aksariyat hollarda ichish uchun beriladi, ushbu dori turlari dori vositalarning ta’mi va hidini yaxshi to‘g‘rilaydi va ayrim dori moddalarning qitiqlovchi hossasini kamaytiradi.
Qattiq dori turlari ichida eng ko‘p qo‘llanilib kelinayotgan dori turi – bu to‘ldiruvchi sifatida qand yoki glyukoza bilan tayyorlangan ikki komponentli poroshoklar, bularga misol qilib kichik dozada beriladigan vitaminlar, fenobarbital, dimedrol, eufillin, dibazol va boshqa dori moddalarni keltirish mumkin. Bundan tashqari qattiq dori turlari mikrobli kontaminatsiyaga turg‘un bo‘ladi.
Dozalarga ajratilmagan poroshoklardan bolalar amaliyotida keng qo‘llaniladigan sepmalarni misol qilib keltirish mumkin. Bunda sepma bola terisini jarohatlamasligi va teri orqali yuqori darajada so‘rilishini hisobga olish kerk. Masalana, kseroform sepmasi.
Yumshoq dori turlaridan bolalar amaliyotida eng istiqbolli deb shamchalar hisoblanadi, chunki ular in’eksion dori turiga tenglashtirilib, ularni o‘rnini bosuvchi deb hisoblanadi.
Surtma va pastalar, bolalarni teri kasalliklarida keng ishlatiladi (tanin surtmasi). Ayrim surtmalar bolalar uchun ishlatishga qat’iyyan man etiladi. Bularga tarkibida xloroform, mentol, kamfora ("Efkamon", kamfora surtmasi, "Sapiniment", "Murakkab metilsalitsilat linimenti" va b.), kamoraning spirtli eritmasini, kamfora va salitsilat kislotasining spirtli eritmasini hamda borat kislotasini saqlaydigan dori turlarini qo‘llash mutlaqo mumkin emas.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun mo‘ljallangan dorixona sharoitida tayyorlanadigan barcha dori turlari, qo‘llanilishidan qa’tiy nazar, aseptik sharoitida tayyorlanishi va sterillangan bo‘lishi shart.
Taklif etilgan vaziyatli masalalar «Bumerang» ilg‘or pedagogik texnologiya usulida muhokama etilishi kerak.
X. Adabiyotdar
O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati.- 2-kitob.- 2001.-293 b.
O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati.- 3-kitob.-2003.- 359b.
Nazarova Z.A., Tureeva G.M. Maxsus dori turlari texnologiyasi. Darslik.- 2008.- 160 b.
Промышленная технология лекарств. Т-2/В.И.Чуешов, М.Ю. Чернов, Л.М., Хохлова и др. Под ред. Проф. В.И.Чуешова.-Х.:Основа, УкрФА, 1999.- 704 с.
Тихонов А.И., Ярных Т.Т. Технология лекарств.-Харьков, 2002.-С.562-576.
Dr. Jaime Cortina. Pediatria para todos (Spanish Edition).- Published by Grijalbo, 2011.- 125-300 pages.
The Design and Manufacture of Medicines/Edited by Michael E. Aulton, BPharm, PhD, FAAPS, MRPharmS and Kevin M.G. Taylor, BPharm PhD FAAPS FRPharmS, Copyright 2013.-908 pages.
Loyd V. Allen, Jr.,Nicholas G. Popovich, Howard C. Ansel.Ansel’s Pharmaceutical Dosage Forms and Drug Delivery Systems.- New York: Lippincott Williams &Wilkins.-P.80-120.
MAVZU: «KOSMETIK VOSITALAR TEXNOLOGIYASI»
Mavzuni o’rganishdan maqsad
Kosmetologiya amaliyotida ishlatiladigan tozalovch, himoyalovchi va oziqlantiruvchi vositalar tеxnologiyasini, kosmetik vositalarda ishlatiladigan yordamchi moddalarni tanlash asoslari. Tayyorlangan kosmetik vositalarni sifati, jihozlanishi va saqlash muddati va sharoitiga ahamiyat bеrish.
Mavzuni ahamiyati
Kosmetologiya amaliyotida ishlatiladigan zamonaviy tozalovch, himoyalovchi va oziqlantiruvchi vositalarni tayyorlash, sifatini baholash asoslarini o’zlashtirish. Kosmetik vositalarda qo’llaniladigan yordamchi moddalarni qollash asoslarini o‘rganish.
III. Talabalar vazifasi
- kosmetologiya amaliyotida ishlatiladigan tozalovch, himoyalovchi va oziqlantiruvchi vositalarni ta'rifi va tasnifini kеltiradi.
- kosmetologiya amaliyotida ishlatiladigan vositalar tеxnologiyasi va qo’llaniladigan yordamchi moddalarni tanlashni o’ziga xosligini ta'riflaydi.
- kosmetologiya amaliyotida ishlatiladigan tozalovch, himoyalovchi va oziqlantiruvchi vositalarni sifatini baholash va jihozlashni o’ziga xos tomornlarini ta'riflaydi.
Talabalar vazifasini bajarish uchun mavzuga taalluqli adabiyotlar, ma'ruzalar matni, jadvallar, slaydlar va kollеktsiyalardan foydalanadi.
IV. Mashg’ulotni jihozlanishi
VR-1; VR-5; VR-20; VR-100 qo’l torozi va toshlar (DTST 7328-61); VKT-1000 torozi (DTST 7328-61); turli kattalikdagi hovonchalar dastasi bilan; tozalangan suv uchun byurеtka; pipеtkalar, shisha voronka; o’lchov silindirlari; diamеtri 10-15 sm li chinni kosacha; paxta; doka; filtr qog’ozi; pеrgamеnt qog’ozi; mumlangan qog’oz kapsulalari; qo’ng’ir rangli (OS, OS-1 navli) va rangsiz (MTO navli) hajmi 50 va 100 ml li ahisha idishlar, ular uchun polietilеn probkalar va burama plastmassa qopqoqlar va kraxmal shilimshig’i.
V. Uslubiy ko’rsatmalar
Kosmetika (kosmetike) - grek so‘zidan olingan bo‘lib, pardozlash, bezash, chiroy berish san’ati va pardozlash uchun ishlatiladigan vositalar va usullar degan ma’noni beradi
Kosmetologiyaning qisqacha tarixi. Bugungi kunda kosmetika vositalaridan aholining barcha qatlamlari foydalanayotgan ekan, buning tarixi qanday, kadimgi davrda kosmetika vositalarini ishlatishganmi yoki yo‘qmi degan o‘rinli savol paydo bo‘ladi. Kosmetika vositalari bilan eramizdan avvalgi davrda ham foydalanishganliklari xakida ma’lumotlar ko‘p bo‘lib, ayniqsa, kosmetika qadimgi Misr, Gretsiya va sharkda juda ham rivojlangan.
Qadimgi Misrda kosmetika vositalaridan keng foydalanishgan bo‘lib, ayrim pardozlash usullari bizning davrgacha etib kelgan. Hozirgi kunda zamondoshlarimiz atrofdagi odamlarni terilariga chizilgan tatuaj, pirsinglar bilan hayron qoldirishga harakat qilmoqdalar. Qariyalar esa bunday insonlarni ko‘rganida zamon oxir bo‘lib qolibdi deb kalima keltirmoqdalar. Aslini olganda esa tanaga rasm chizish (tatuaj) bu tosh asridan qolgan udumlardan biridir. O‘sha davrda, atrofdagilarni diqqatini jalb qilish va yoqish maqsadida tanaga tatuaj chizilgan edi. Vaqt o‘tishi bilan bunday bo‘yanishlar unutilib, deyarli yo‘q bo‘lib ketgan edi. Hozirgi kunda unutilgan eski udumlarni tiklab, yana qaytadan rasmga kirgizilmokda. Bu esa hozirgi zamon uchun foydali bo‘lib hisoblanadi.
Tosh asrida o‘ylab topilgan bo‘yanishlar va tajribalar uchun balki o‘sha davr xonimlariga biz minnatdorchilik bildirishimiz kerakdir?! Chunki go‘zallikka intilishning o‘zi dunyoni saqlab qoladi. Go‘zallikka intilish qadimdan qolgan va keng qamrovli tarixga egadir. Qadimda o‘z tashqi qiyofasini o‘zgartirish uchun foydalanilgan vositalar, usullar va bo‘yoqlar bizni hayron qoldirishi, qo‘rqitishi yoki kuldirishi mumkin yoki aksincha ko‘p narsaga o‘rgatishi mumkin.
Qadimgi Misrda erkak kishi bo‘yanish bilan o‘zidan dushmanlarni cho‘chitish va ijobiy ruhiyat bahshida etishga intilsa, ayollar esa faqat go‘zal bo‘lishga intilganlar.
Eramizdan 4500 yil avval Misrda kosmetik vositalar ixtiro qilingan bo‘lib, ulardan foydalanish usullari yaratilgan edi. Bu vositalarni tayyorlash sirlarini faqat ma’lum odamlar bilgan. Ammo butun xalk shu bo‘yoqlardan foydalangan. Usha davrda o‘ziga to‘q odamlar qimmatbaho usullardan foydalanishgan. Ular uchun alohida kosmetika vositalari tayyorlangan. Masalan, ishqor sharbati bilan yonoqlarni qizartirishda foydalanishgan. Bu terini qitiqlab, qizarish keltirib chikargan. SHu usul bilan anchagacha yonoqlarni qizarib turishiga erishishgan.
Eramizdan avvalgi 1500 yilda yozilgan kosmetik vositalar haqidagi yozma hujjatlarni Misr tobutlaridan biridan topilgan. Ushbu gigant-retsept papirusga yozilgan bo‘lib, uning uzunligi 20 metr bo‘lgan. Germaniyalik egiptolog Georg Ebers ushbu gigant-retseptni 1875 yilda qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan va uni chop ettirgan. Keyingichalik bu ro‘yxatni «Ebers papirusi» deb yurita boshlandi. Ro‘yxatda qator kosmetik retseptlar keltirilgan bo‘lib, unda yuzdagi ajinlarni silliqlash, sochni bo‘yash va o‘stirish, so‘gallarni ketgazish bo‘yicha qator tarkiblar keltirilgan. Ayrim retseptlar hozirgi kungacha etib kelgan bo‘lib, o‘z qimmatini yo‘qotmagan. Rimlik olim Platon (e.a.254-184 yillar) "Kosmetikasiz ayol bu tuzsiz oshdir" deb yozgani haqidagi ma’lumotlar hozirgi kungacha etib kelgan. Kosmetik vositalarni tayyorlashni asosan ibodatxona noiblari amalga oshirganlar va misrlik faraonlarning yuz va badan terilariga surtganlar. Misrliklar uchun tashqi ko‘rinish ustida qayg‘urish va parvarishlash birinchi o‘rinda turgan. Hattoki, noiblar sarkardalarni jismonan va ruhan chiniqtirish uchun ularni 3-4 kunga alohida qilib ajralib olib, har xil muolajalar o‘tkazganlar. Ular cheksiz miqdordagi kosmetik vositalarni ixtiro qilganlarki, to hozirgi kungacha ulardan foydalanib kelmokdalar. Shu kungacha etib kelgan kosmetik vositalarning ayrimlari quyidagilar:
- qosh bo‘yash uchun qalam;
- pomada;
- tirnoq uchun lak;
- soch uchun bo‘yoq;
- xushbo‘y suv va boshqalar.
Misrlik go‘zallarning rusmi bo‘yicha ko‘z shaklini uzaytirib, kattalashtirib ko‘rsatish maqsadida qovoq ustidan chakkaga qadar qora chiziq tortish bo‘lgan. Hozirgi kunda ham ayollarda bunday bo‘yanish rasm bo‘lib qolgan. Misrliklar buning uchun zaharli yashil qalamdan (malaxitni maydalab tayyorlaganlar) foydalanganlar. Keyinchalik fil suyagini kuydirib, qora bo‘yoq qilib ishlatganlar.
Qadimda ayrim hollarda kosmetikadan profilaktika sifatida foydalanilgan. Masalan, ko‘zni bo‘yashni erkaklar ham qo‘llashgan. Bu bilan qovoq shamollashining oldini olganlar. Hozirgi kunda eng qadimgi atir tarkibi saqlanib qolgan. Bunga binoan uning tarkibida xushbo‘y mirra, air, mojjevelnik, kiparis, koriandr, yalpiz va asal mavjud.
O‘sha davrda yuz terisini oqartiruvchi vositalar juda ham keng tarqalgan bo‘lib, undan keng foydalanishgan. Ma’lumki, go‘zallik ma’budasi hisoblangan Kleopatra yuzini oqartirishi uchun timsohning maydalangan suyagidan va beliladan tayyorlangan surtmadan foydalangan. Kosmetika yozmalarini yig‘masini qirolicha Kleopatra birinchi bo‘lib bir tizimga solgan va ma’lumotnoma tuzgan. Bunda keltirilgan retseptlar bo‘yicha kosmetik vositalarni ancha vaqtgacha tayyorlab yurishgan. Qazilmalar chog‘ida esa qirolichaga tegishli bo‘lgan kosmetika xonasi topilgan. Qazilmalar ichida kosmetika vositalarini saqlash uchun turli xil idishlar, kremlarni tayyorlashda ishlatilgan hovoncha va uning dastasi topilgan. O‘sha davrda tobutdagi murda yoniga ettitadan kam bo‘lmagan moylar va 2 xil surtish uchun eritmalarni ko‘yib ko‘milgan. Tobut ichidan topilgan ushbu topilmalarga qarab qadimgi misrliklar anis, kedr, koriandr, tmin, uzum, sarimsoq, piyozlardan foydalanishganligini ko‘rish mumkin.
Qadimgi Gretsiyada ham kosmetika yaxshi rivojlangan bo‘lib, pardoz berish bilan alohida odamlar shug‘ullanishgan va yangi kasb - kosmet paydo bo‘lgan. Ushbu kasb egalari go‘zallik va yoshlikni uzoqroq salab qolishga intilayotganlarga yordam berganlar. Ular kremlar, surtish uchun suyuqliklar, suvli muolajalar ishlatganlar. Parfyumerlar nomli mutaxassislar esa maxsus retseptlar yordamida vositalar tayyorlashgan. Ushbu vositalarni tayyorlashda Aristotel shogirdi Teofrast ham qatnashgan.
Tibbiyotda nomi mashhur bo‘lgan olim Gippokrat ham o‘z davrida kosmetika bilan jiddiy shug‘ullangan va to‘rt jildli asar yozgan. U o‘z asarida qator muhim maslahatlar bergan va qator tarkiblarni yozib qoldirgan. Masalan, kosmetik vositalarning tarkibi, texnologiyasi, ayollarni badanini yoshartiruvchi suyuqliklar, hidni yo‘qotuvchi vositalar (burun, og‘iz, oyoq), yuzdagi dog‘larni yo‘qotuvchi vositalar va b.
Qadimgi Misr va Gretsiyada kosmetika juda yaxshi rivojlangan bo‘lishiga qaramay, greklar pardozi misrliklarnikidan ajralib turgan. Grek ayollari yuz terisini oqartirish uchun belila va karmindan, ko‘z kipriklarini qora kuya bilan bo‘yab, sun’iy kipriklarni tuxum oqi bilan yopishtirganlar.
Gretsiya va Misrdan so‘ng kosmetikaning uchinchi vatani bu qadimgi sharq hisoblanadi. Sharq ayollarining kosmetik vositalari majmuasiga etti xil vosita albatta kirgan: xna, basma, tirnoq uchun bo‘yoq, belila, yonoq uchun bo‘yoq, surma, xushbo‘y aralashma. Ayniqsa, hind ayollari ushbu bo‘yoqlardan keng foydalanishgan. Sharkda hozirgi kungacha bu bo‘yoqlardan foydalaniladi. Atir haqida gapiriladigan bo‘lsa, qadimgi Rim, Gretsiya ham bu haqda bilmagan. Atirni arab alximiklari topganlar. Bular birinchi bo‘lib efir moylarini suv bug‘i yordamida haydab, ajratib olishni ixtiro qilganlar.
Shunday qilib, kosmetika qadimdan rivojlanib, hozirgi kungacha etib kelgan va uni fan sifatida kosmetologiya deb o‘rganishga barcha asoslar mavjud.
Kosmetologiyaning tasniflanishi va zamonaviy yo‘nalishlari. Kosmetologiya fan sifatida rivojlanib, hozirgi kunda yangi zamonaviy yo‘nalishlari shakllanmoqda.
Kosmetologiya (kosmetike+logia) – tibbiyot fanining bir bo‘limi bo‘lib, pardozlash san’ati yoki inson chiroyni turli-tuman usullar va vositalar yordamida saqlash haqidagi ilm-fan deganidir
Ushbu yo‘nalishlarning rivojlanishida uning ko‘p fanlar va turli san’at turlari bilan murakkab bog‘langanligi asosiy omillardan bo‘lib hisoblanadi. Kosmetologiya katta ikkita yo‘nalishga tasniflanadi:
1. Estetik kosmetologiya
2. Tibbiy kosmetologiya
Estetik kosmetologiya
Estetik kosmetologiya ikki xil yo‘nalishni o‘z ichiga oladi:
- Profilaktikali kosmetologiya yo‘nalishini;
- Dekorativ - izlanishli kosmetologiya yo‘nalishini.
Profilaktikali kosmetologiya
Profilaktikali kosmetologiya insonning tanasini sog‘lom saqlab turish muammolari bilan, xususan, teri, soch, tirnoq va boshqalarning parvarishi bilan shug‘ullanadi va quyidagi muammolarning echimini izlaydi:
- organizmni har xil usullar yordamida sog‘lomlashtirish, faol hayot tarzi targ‘iboti,
- ratsional ovqatlanish, uyqu va bedorlikni to‘g‘ri rejalashtirish, asab tizimini mustahkamlash.
- muntazam ravishda soch, tirnoq, badan terisi va yuz terisini parvarishlash uchun munosib vositalarni tanlash, teri butunligini saqlab qolgan holda muskulni tarang qiluvchi asboblardan foydalanish (ionffezli galvanika, vakuumli uqalovchi asboblar, darsenval, elektrli epilyasiya asboblari va boshqalar).
Profilaktikali kosmetologiya asosan yoshlikni saklashga, ruhiyatni ko‘tarishga qaratilgan. Shu bilan birga organizmning kasallanishiga, tashqi ko‘rinishning salbiy o‘zgarishiga, qarishiga qarshi kurashishiga qaratilgan.
Dekorativ - izlanishli kosmetologiya
Dekorativ - izlanishli kosmetologiya asosan chiroyni bo‘rttirib ko‘rsatishga va tashqi ko‘rinishdagi kamchiliklarni berkitishga qaratilgan. Buning uchun quyidagi usullardan foydalaniladi:
- dekorativ kosmetika;
- sartaroshlik san’ati;
- manikyur;
- pedikyur;
- rasm-udumni yaratish;
Tibbiy kosmetologiya
Tibbiy kosmetologiya quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
- tashxisli kosmetologiya;
- dermatokosmetologiya;
- dermatojarrohlik;
- plastik jarrohlik;
- teri butunligini buzib ishlatiladigan murakkab asbobli texnologiyalar.
Kosmetsevtika - "Kosmetika" va "Farmatsevtika" so‘zlardan hosila bo‘lgan so‘z. Turli kasalliklarni oldini olish maqsadida kosmetik vositalarga sekin-asta davolovchi-profilaktika hossalari berila boshlandi va XX asr ohirida "Kosmetsevtika" yo‘nalishi paydo bo‘ldi
Tashxisli kosmetologiya profilaktikali va tibbiy kosmetologiyani oralig‘ida turadi. Uning maqsadi - tanadagi sezilarli salbiy o‘zgarishni ilg‘ab olish va boshlanayotgan kasallikni o‘z vaqtida aniqlashdan iboratdir.
Dermatokosmetologiya teri kasalliklarini va uni keltirib chiqaruvchi sabablarni tibbiy darajada davolaydi. Bundan tashqari sanoat miqyosida ishlab chiqarilayotgan yangi kosmetik vositalarni bezararligini tekshiradi;
Dermatojarroxlik - teridagi tug‘ma yoki boshqa kamchiliklarni jarrohlik yo‘li bilan davolaydi. Bugungi kunda ushbu yo‘nalish tez sur’atlar bilan rivojlanmokda. Hozirgi vaktga kelib quyidagi muolajalardan foydalanib davolash yaxshi yo‘lga qo‘yilgan:
- lazer usulida terini silliqlash;
- jarrohlik dermotologiyasi;
- fenol, uchxlorsirka kislota va glikol kislotalar yordamida chuqur piling o‘tkazish;
- teridagi o‘smalarni olib tashlash;
- yuzada joylashgan kengaygan tomirlarni elimlash usuli bilan toraytirish;
- yuzni bejirimlash;
- terini oltin to‘r yordamida armirlash;
- tabiiy va sun’iy sochlarni ko‘chirib o‘tkazish.
Plastik jarrohlik yuz va badanni yoshartiruvchi jarrohlik o‘tkazish bilan shug‘ullanadi.
Terining tuzilishi va funksiyalari. Teri [cutis] - insonning yashash muhitida uning gomeostazini saqlab turuvchi eng muhim organ hisoblanadi. Sensor va himoya mexanizmlari orqali teri insonning tashqi dunyo bilan muloqatini amalga oshiradi, shuningdek ichki a’zolari, endokrin va asab tizimlari faoliyatining sifatini aks ettiradi. YUz terisi teri qoplamlarining eng harakatlanuvchi qismi hisoblanib, odamning individualligini (o‘ziga xosligini), uning hissiy (emotsional) faolligini, ongi va boshqa shaxsiy xususiyatlarini aks ettiradi. Teri massasi tana massasining taxminan 17% ini tashkil etadi va bu odam tanasining eng yirik a’zosi ekanligini ko‘rsatadi. Odam tanasi a’zolarida hech biri fiziologik va patologik jarayonlar kengligi bo‘yicha teridan ustun kelolmaydi.
Teri uchta asosiy qismlardan tashkil topgan: epidermis (sirtki qatlam), derma (asosiy o‘rta qatlam) va gipoderma (teriosti yog‘ qatlami) (3-rasm). Teri yuzasi 7–10 mkm qalinlikdagi teri ajratmalari mahsulotlaridan tashkil topgan emulsion parda bilan qoplangan.
3-rasm. Terining umumiy tuzilishi: 1-epidermis; 2-derma; 3-gipoderma.
|