Z. A. Sulaymonova, D. A. Hazratova, S. A. Karomatov kolloid kimyo




Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/94
Sana25.11.2023
Hajmi3,22 Mb.
#105433
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
Bog'liq
13243 2 9B900252011957A9E57AA7C4C13796761311A2AB (1)

I. 
BOB. NAZARIY QISM 
§ 1. KIRISH.
Kolloid kimyo bir vaqtlar fizikaviy kimyoning bir bo’lagi bo’lgan bo’lib, 
keyingi vaqtlarda texnikaning har xil sohalarida kolloid sistemalar va kolloid-
kimyoviy jarayonlar katta ahamiyat kasb etdi. Shuning uchun ham xalq 
xo’jaligining rivojlanishiga katta hissa qo’shib, mustaqil fan bo’lib chiqdi. 
Kolloid kimyo ikki yoki ko’p fazali sistemalarni o’rganadi. Shunga ko`ra kolloid 
kimyoga quyidagicha ta‘rif berilgan. Kolloid kimyo – bu yuqori molekulyar 
birikmalar va geterogen yuqori dispersli sistemalarning fizikaviy kimyosidir. 
Kolloid moddalar qadim zamonlardan beri inson tomonidan ishlatilib 
kelingan va olimlarning e‘tiborini jalb qilgan. Asrlar davomida insoniyat 
tarixida kolloid sistemalar to’g’risida juda ko’p ma‘lumotlar to’plangan. 
Kolloid sistemalar xossalarini o’rganish uchun mahsus tadqiqot uslublari 
yaratilgan, masalan ultramikroskopiya, nefelometriya, ultrafiltratsiya, elektron 
mikroskopiya, osmometriya, viskozimetriya va boshqa tadqiqot metodlari 
yaratilgan. 
Kolloid-kimyoviy jarayonlar qadimgi markaziy Osiyo, Xitoy, Hindiston, 
Misr, Yunonistonda, Qadimgi Rimda qo’llanilib kelingan. O’sha davrlarda 
ovqat tayyorlashda, terini qayta ishlashda, to’qimalarni bo’yashda bu jarayonlar 
ishlatilgan. Bundan ming yillar ilgari yashab tadqiqot ishlari bilan shug’ullangan 
buyuk allomalar Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va boshqalar, dori-
darmonlar tayyorlashda, kristallar xossalarini o’rganishda kolloid-kimyoviy 
jarayonlardan foydalanishga va bu uslublarni takomillashtirganlar.
Sharq xalqlari, jumladan Markaziy Osiyo xalqlari masjid va madrasalar 
qurishda kolloid kimyoning amaliy tomonidan keng foydalanishgan. Ular gʼisht 
va toshlardan imorat devorlarini tiklashda zarur boʼlgan qumli loyga organik 
moddalar (tuxum va boshqa maydalangan organik moddalar) qo`shib juda pishiq 
imoratlar qurishgan. 



1752 yilda M.V. Lomonosov rangli shishalar ishlab chiqarishda, oltinning 
kolloid eritmasini tayyorlab ishlatgan. Rossiya olimlaridan T.Ye. Lovitsning 
1789 yili faollantirilgan ko’mirning yutish xususiyatini aniqlashi, adsorbsiya 
hodisasini kashf etishi, A. Musinning 1797 yilda simob metalining suvdagi 
kolloid eritmasini hosil qilishi kolloid kimyoning har tomonlama rivojlanishiga 
yo’l ochib berdi. 

Download 3,22 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Z. A. Sulaymonova, D. A. Hazratova, S. A. Karomatov kolloid kimyo

Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish