14
Farmastevtikada: gellarni tayyorlash, kremlar, tabletka holidagi dorilar
olishda ham kolloid kimyoviy jarayonlar muhim rol o’ynaydi.
Sement, chinni va bo’yoqlarning sifati ularning disperslik daraja-siga,
dispers fazaning suv bilan o’zaro ta’sirlashishiga va boshqa omillarga bog’liq.
Charm, qog’oz, gazlama, sun’iy ipak, oziq-ovqat sanoati tarmoklarida keng
qo’llaniladigan sun’iy va tabiiy yuqori molekulyar
moddalar hosil qilish ham
kolloid kimyo qonunlariga va xossalariga asoslanadi.
Kolloid kimyo ob’ektlarining xilma-xilligi va ularning turli fan, texnika
va texnologik jarayonlarda keng qo’llanilishi, bu fanni o’qitish jarayonini,
ya’ni, kolloid-dispers zarrachalar sirt qavatida sodir bo’ladi-gan hodisalarning
o’ziga xos fizik, kimyoviy va reologik xususiyatlarini o’rganishda multimedia
vositalaridan keng foydalanishni talab etadi. Kolloid kimyo
o‘rganadigan
sistemalar rus olimi A.P.Peskov tomonidan ta`riflangan ikki belgi bilan
xarakterlanadi. Ularning biri disperslik va ikkinchisi geterogenlikdir. Biror
moddaning mayda zarrachalari boshqa modda ichida tarqalishidan hosil bo‘lgan
sistema dispers sistema deyiladi. Tarqalgan modda dispers faza, ikkinchi modda
esa dispersion muhit deb nomlanadi. SHunday qilib xar qanday kolloid eritma-
geterogen, ko‘pfazali sistemalardir. SHu xossalari bilan ular gomogen, bir fazali
chin eritmalardan farq qiladi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib kolloid eritma xosil qilishning 1-chi sharti:
dispers faza moddasi shu dispersion muhitda
mumkin qadar kam eruvchan
bo‘lishi kerak. 2-sharti sistemada dispers faza bilan dispersion muhitdan tashqari
yana 3-chi modda bo‘lishi kerak, bu modda kolloid zarracha sirtiga yutilib
dispers faza bilan dispersion muhit o‘rtasida mustahkam bog’ xosil qiladi.
Bunday moddalarni stabilizatorlar deyiladi.
15
Demak kolloid kimyo - yuqori disperslikka ega bo‘lgan geterogen
sistemalar, bu sistemalardagi sirt hodisalari va ularning fizik-kimyoviy xossalari
xaqidagi fandir.
Dispers sistemalar tabiatda juda ko‘p tarqalgan, ular ishlab chiqarishning
turli-tuman jarayonlarida keng qo‘llaniladi. Atrof muhitda mavjud materiallar
tuproq gilmayo, tabiiy suv, turli tuman oziq ovqat maxsulotlari, rezina, buyoq va
boshqalar hammasi dispers sistemalarga misol bo‘la oladi.
Ko‘pchilik olimlar kolloid eritmalar odatdagi xaqiqiy eritmalarga
o‘xshaydi, lekin ulardan zarrachalarning kattaligi bilan farq qiladi degan
xulosalar
chiqargan holda, katta molekulali polimer moddalarning xaqiqiy
eritmalarini ham kolloid sistemalar bilan birga o‘rganish ma`qul deb
hisoblashadi.
Shunday qilib kolloid kimyo fanining vazifasi yuqori disperslikka ega
bo‘lgan geterogen sistemalarni bu sistemalardagi sirt hodisalarini va yuqori
molekulyar sistemalarni o‘rganishdan iborat.
Kolloid kimyoning rivojlanish tarixi kolloid sistemalar xakidagi amaliy
ma`lumotlarni o‘rganish bilan bog’likdir. Bunday ma`lumotlarga xatto Aristotel’
va alkimyogarlarning ishlarida qadim zamonlardayoq kolloid kimyoviy
jarayonlar to‘g’risida Xitoyda, Xindistonda, Misrda, Rimda, O‘rta Osiyoda,
qadimgi Rus mamlakatida olimlar tomonidan e`tibor berilgan. Kolloid kimyoviy
jarayonlarning qonuniyatlarini
oziq-ovqat tayyorlash, teriga ishlov berish,
matolarni bo‘yash va boshqa amaliy ishlarda qo‘llab kelishgan.
Hozirgi zamon kolloid kimyosi asoschilari ingliz olimi T. Grem, F.
Sel’mi, Faradey, M.V. Lomonosov, D.I. Mendeleev, I.G. Borshev,
P.P.Veymarn, F.F. Reys va boshqalar. XX asr kolloid kimyo fanining
rivojlanishida A.V. Dumanskiy, N.P. Peskov, P.A.
Rebinder, kolloid kimyo va
yuqori molekulyar birikmalarning kolloid kimyoviy xossalarini o‘rganishda
V.N. Kargin, B.V. Deryagin, S.P. Lipatov, F.D. Ovcharenko va O‘zbekistonda
akad. K.S. Axmedov, S.S. Hamraev va boshqalarning xizmatlari katta.