2§. KOLLOID KIMYO ZAMONAVIY KIMYONING NAZARIY ASOSI
Tayanch so‘z va iboralar: Dispers faza, dispersion muhit, dispers
sistema, kolloid kimyo fanining rivojlanish tarixi, kolloid kimyoning
rivojlanishida hissa qo‘shgan o‘zbek olimlar.
Kolloid kimyo fanini dispers (maydalangan) sistemalar va sirt
hodisalarining fizik kimyosi deb qarash mumkin. Kolloid so‘zi grekcha “сolla”
ya`ni kley so‘zidan olingan bo‘lib, xozirgi zamon mazmuniga to‘g’ri kelmagani
uchun bu nom faqat tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib saqlanib kelmoqda. XIX asrda
italiya olimi Sel’mi ba`zi eritmalarning anomal (qonuniyatlardan chetlanadigan)
xossalarga ega ekanligini kuzatdi ya`ni: ularda yorug’likning tarqalishi, tuzlar
ta`sirida ularda erigan moddaning cho‘kmaga tushishi. Moddaning bunday
eritmaga o‘tishi va undan cho‘kishida sistemaning xajmi va xarorati
o‘zgarmagan. Sel’mi bunday eritmalarni “psevdoeritmalar” deb atalgan va
keyinchalik ular zollar deb ataladi.
1861 yilda ingiliz olimi Tomas Grem bunday eritmalarni chuqur o‘rganib
ularni kolloidlar deb atagan. Kolloidlar qator xususiyatlarga ega bo‘lgan:
1.Ular intensiv ravishda o‘zidan yorug’lik tarqatgan, ayniqsa eritma solingan
kyuveta bilan unga tushayotgan yorug’lik o‘rtasiga linza qo‘yib, sistemaga
yorug’lik yo‘nalishiga nisbatan biror burchak bilan kuzatganda sistema ichida
yorug’ konus ko‘rinadi. Bu hodisani birinchi bo‘lib kuzatgan olim nomi bilan
Tindal’ konusi deb atalgan.
2. Kolloid eritmalar sekinlik bilan diffuziyalangan.
3. Ularni dializ usulida tozalash mumkin, ya`ni eritmani yarim o‘tkazgich parda
orqali o‘tkazilganda parda orqali erigan kristall moddalar o‘tib, kolloid zarracha
esa o‘tmaydi, parda ichida tozalangan eritma qoladi.
4. Kolloid eritmalar chin eritmalardan farqli o‘laroq, agregativ jihatdan
beqarorlik xossalarini namoyon qiladi, ya`ni tashqi ta`sirlar: elektrolit qo‘shish,
isitish, sovitish, mexanik chayqatish ta`sirida zarrachalarning yiriklashishi
(koagullanish).
11
5. Ularda elektroforez hodisasini kuzatish mumkin, ya`ni zarrachalar ma`lum
zaryadga ega bo‘lganligi uchun eritmaga tashqaridan elektr toki berilganda
zarrachalar biror elektrod tomon xarakat qiladi, manfiy zarracha musbat
elektrodga, musbat zarracha manfiy elektrod tomon xarakat qiladi.
SHuni aytib o‘tish lozimki, elektroforez elektroliz hodisasidan farq qiladi,
bunda elektroliz maxsulotlari ekvivalent miqdorda elektrodlarda ajraladi.
Kolloid sistemalar na faqat suyuq, eritma xolida bo‘ladi, balki ular gaz va
qattiq holatda ham bo‘ladi.Biz siz bilan xozirda juda ko‘p o‘rganilgan va katta
ahamiyatga ega bo‘lgan kolloid eritmalar xaqida tanishamiz.
Gremning ta`limotiga ko‘ra kolloidlar o‘z tabiati jihatidan oddiy
(kristalloidlar) moddalardan katta farq qiladi. Lekin Borshchov va Veymarnlar
kolloid moddalar kristall xolida ham bo‘lishi mumkinligini isbotlab berdilar va
xar qanday modda sharoitga qarab ham kolloid, ham kristalloid xolida bo‘la
olishini ko‘rsatib berdilar natriy xlor suvda chin eritma, benzolda esa kolloid
eritma xosil qiladi, sovun esa spirtda chin eritma, benzolda kolloid eritma xosil
qiladi. SHu sababli kolloid modda emas, balki moddaning kolloid holati xaqida
gapirish to‘g’riroq bo‘ladi, ya`ni modda juda kichik zarrachalarga qadar
maydalangan holda bo‘lib molekulalarning agregatlaridan tashkil topgan.
Kolloid sistemaning dispers fazalari dispersion muhitdan ma`lum sirtlar bilan
ajralgan mustaqil fazani tashkil etadi.
Kolloid moddalar qadim zamonlardan beri inson tomonidan ishlatib
kelingan va olimlarning e’tiborini jalb qilgan, jumladan, kolloidlar haqidagi
amaliy ma’lumotlar xatto Aristotel va alximiklarning ishlarida ham uchraydi.
Qadim zamonlardayok kolloid-kimyoviy jarayonlar Xitoyda, Hindistonda,
Misrda, Rimda, O’rta Osiyoda va boshqa mamlakatlarida ovqat tayyorlash, teri
oshlash, matolarni bo’yash va boshqa ishlarda qo’llanilib kelgan
Dastlab kolloid kimyoga asos solgan kishi ingliz olimi Tomas Grem
hisoblanadi. Lekin Gremdan avval bu sohada M.V. Lomonosov, Y.Ya. Berste-
lius, F. Selmi, Musin-Pushkin, M.Faradey, I.G. Borshev, P.P.Veymarnlar
12
tadqiqotlar olib borganlar. Masalan, tibbiyotda ishlatiladigan " oltin suv –
tinkurnoe zoloto" tarkibi oltin gidrozollaridan iboratligini R. Glauber
ko’rsatib bergan, T.Parastels va Sharq tabiblari og’ir bemorlarni davolashda «
oltin tinkur» ni muvaffaqiyatli qo’llab, shuhrat qozondilar.
|