§ 3. DISPERS SISTEMALAR. KOLLOID SISTEMALARNING




Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/94
Sana25.11.2023
Hajmi3,22 Mb.
#105433
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   94
Bog'liq
13243 2 9B900252011957A9E57AA7C4C13796761311A2AB (1)

§ 3. DISPERS SISTEMALAR. KOLLOID SISTEMALARNING 
KLASSIFIKATSIYASI 
Tayanch so‘z va iboralar: Dispers sistemalarning zarrachalar 
o‘lchamiga ko‘ra klassifikatsiyasi, dispers sistemalarning agregat holatiga 
ko‘ra sinflanishi. Liofil va liofob kolloid sistemalar. 
Kolloid kimyoda ham sistemalarni sinflarga bo‘lishda kolloid 
sistemalarning bir necha belgilari asos qilib olinadi. Barcha kolloid sistemalar: 
a) dispers faza zarrachalarining katta kichikligiga (disperslik darajasiga); b) 
dispers sistemalarning agregat holatiga; v) dispers faza va dispersion muhit 
orasida mavjud bo`lgan o`zaro ta`sirlariga qarab bir necha sinfga bo`linadi. 
Dispers faza zarrachalarining katta – kichikligiga qarab dispers sistemalarga 
ajratiladi. 
Disperslikni ulchash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
a
D
1

bu erda D disperslik, a – dispers faza zarrachasining ko`ndalang kesim 
uzunligi, masalan, sferik zarracha uchun a sifatida diametr, kub shaklidagi 
zarracha uchun kubning qirrasi olinadi. Zarrachaning o`lchami qancha kichik 
bo`lsa, sistemaning disperslik darajasi shuncha katta bo`ladi. 
Moddalarning maydalanish darajasini ifodalashning ikkinchi usuli 
materialning solishtirma sirti 
сол
S
ni ikki formula bilan aniqlashdan iborat: 
birinchisi 
);
(
1


M
V
S
S
сол
ikkinchisi 
);
(
2
кг
m
m
S
S
сол

agar V ning o‘rniga
кг
m
2
(bu 
erda m – massa, d - zichlik)ni qo‘ysak
сол
S
l
m
Sd
1


ga ega bo‘lamiz. Bu holda 
ham disperslik o‘lchamligi bilan bir xil natija kelib chiqadi. Disperslikni 
ifodalashda asosan ikkinchi formula
)
(
m
S
S
сол

qo‘llaniladi; dispers sistemalar 
uchun solishtirma sirt 10–10
6
кг
m
2
atrofidagi qiymatlarni tashkil etadi. Agar 


17 
solishtirma sirtning qiymati 10
3
кг
m
2
dan ortiq bo`lmasa, bunday holda biz dag`al 
dispers sistemaga ega bo`lamiz. Bular jumlasiga suspenziya, emulsiya va 
kukunlar kiradi. 
Kolloid sistamalarda l ning qiymati 10
-7
m atrofida (yoki undan kichik) 
bo`lgani 
uchun 
kolloid 
zarrachalarning 
solishtirma 
sirti
кг
m
S
сол
/
10
2
4

dir: aerozollar uchun ham ana shunday qiymatga egamiz. 
V. Ostvald dispers sistemalarni agregat holatiga qarab sinflarga bo`lishni 
taklif qiladi. Dispers faza va dispersion muhitning agregat holatiga qarab 
dispers sistemalar 9 xil tipda bo`lish mumkin. 
1. G – G 
4. S - G
7. K – G
2. G – S
5. S - S
8. K – S
3. G – K
6. S - K
9. K – K
Bu erda G – gaz holatidagi modda: S – suyuq modda, K – qattiq modda. 
Birinchi o`ringa dispersion muhit, ikkinchi o`ringa esa dispers faza qo`yilgan. 
Odatda yuqori disperslikka ega bo`lgan kolloid eritma zol deb ataladi. 
Masalan, kumushning kolloid eritmasi kumush zoli, temir(III) – gidroksidning 
kolloid eritmasi temir(III) – gidroksid zoli deb ataladi. 
Zollarni atashda dispersion muhitni hosil qiluvchi moddaning tabiati asos 
qilib olinadi: dispersion muhiti suv bo`lgan zol – gidrozol, dispersion muhiti 
organik moddadan iborat zol organozol deyiladi (xususan, alkazol, benzozol 
kabi nomlar ham uchrab turadi). Agar dispersion muhitni gaz tashkil etgan 
bo`lsa bunday zol aerozol deb ataladi. Tuman va tutun aerozollar jumlasiga 
kiradi. Suyuk dispersion muhitga ega bo`lgan zollar liozollar deb ataladi 
(grekcha lios – suyuklik so’zidan kelib chiqqan. Suyuqlikning suyuklikdagi 
dag’al dispers sistemasi emulsiya qattiq jismning suyu qlikdagi dag’al dispers 
sistemasi suspenziya deyiladi. 
Dispers sistemalarni ularning agregat holatiga qarab bo’lish turli – tuman 
kolloid sistemalarni umumlashtirishda juda qulaylik tug’dirdi. Lekin bu 


18 
klassifikatsiyaning ham kamchiligi bor, chunki dispers faza zarrachalari 
kichiklashib borgan sari turli kolloid sistemalarda dispers fazaning agregat 
holatlari orasidagi farq asta – sekin yo`qola boradi. 
Shunga ko’ra Zigmondi V. Ostvaldning klassifikatsiyasini o’zgartirish 
kerakligini ko’rsatdi. Uning taklifiga muvofiq kolloid sistemalarni sinflarga 
ajratishda asos qilib faqat dispersion muhitning agregat holatini olish kerak. U 
holda Ostvald taklif etgan 8 ta sinf o’rnini faqat uchta sinf egallaydi. Ulardan 
birida dispersion muhit rolini gaz bajarsa, ikkinchida suyuklik va uchinchisida 
qattiq modda bajaradi. Endi uchinchi xil klassifikatsiyani qarab chiqamiz. 
Dispers faza zarrachalari bilan dispersion muhit zarrachalari orasidagi 
bog’lanishga qarab, kolloid sistemalar liofob va liofil kolloidlar degan ikki 
gruppaga bo`linadi (bu terminlar grekcha «lio» eritaman, «fobos» qo‘rqinch va 
«fileo» yaxshi ko‘raman so`zidan kelib chiqqan). Agar dispersion muhit suv 
bo`lsa, liofob, liofil so’zlari o’rnida gidrofob va gidrofil so’zlari ishlatiladi. 
Liofob kolloidlarda dispers faza dispersion muhit bilan kuchli 
bog’lanmaydi: shu sababli liofob zollarning zarrachalari alohida molekulalardan 
iborat bo’lmay balki bir qancha molekulalarning agregatini (uyumini) tashkil 
qiladi. Bu sistemalarda kolloid zarrachalarning o’lchamlari dispersion muhit 
molekulalarning o’lchamlaridan bir necha marta katta bo’lgani uchun kolloid 
zarracha bilan suyuklik orasida chegara sirt paydo bo’ladi. Shu sababli ular ultra 
mikrogeterogen va mikrogeterogen sistemalar jumlasiga kiradi. Ma’lum bir 
moddani suyuklikka tushurishning o’zi bilangina barqaror liofob zol hosil qilib 
bo’lmaydi: buning uchun yana uchinchi modda (ya`ni molekulyar yoki elektrolit 
stabilizator) ishtirok etishi lozim.
Liofob kolloidlarga oltin, platina, kumush, oltingugurt zollari, metall 
sulfidlarning gidrozollari va shu kabilar kiradi.
Liofil kolloidlarda dispers faza zarrachalari dispersion muhit zarrachalari 
bilan kuchli bog’lanadi va ayni suyuklikda mustaqil ravishda (ya`ni hech qanday 
uchinchi moddaning ishtirokisiz) eriy oladi. Liofil kolloidlarga oqsil, jelatina, 


19 
pepsin va molekulyar masalalari juda katta bo‘lgan yuqori molekulyar 
moddalarning eritmalari kiradi. P.A. Rebender ta’biricha, termodinamik jihatdan 
barqaror kolloid – dispers sistemalarni liofil kolloidlar jumlasiga kiritish kerak. 
Ular uchun ΔG≤0. Ular o‘z-o‘zicha disperslanish qobiliyatiga ega. 
Termodinamik jihatdan beqaror dispers sistemalarni liofob kolloidlar deb atash 
mumkin. 
«Liofob», «liofil», «gidrofob», «gidrofil» terminlar dispers faza va 
dispersion muhit zarrachalari orasidagi bog’lanishlarni xarakterlash uchun 
ishlatilmoqda. Ko‘pchilik olimlar kolloid sistemalarni quyidagicha uch sinfga 
bo’lishni tavsiya qiladilar:
1. Haqiqiy kolloidlar (metallarning gidrozollari, metall sulfidlarning 
gidrozollari va hokazo).
2. Dag’al dispers sistemalar (emulsiya, suspenziyalar) va kolloid dispers 
sistemalar (aerozollar, yarim kolloidlar va hokazo).
3. Yuqori molekulyar moddalar va ularning eritmalari (oqsillar, 
polisaxaridlar, kauchuklar, poliamidlar va hokazo). 
Toza real suyukliklarga kelganda bu erda ham geterogenlikdan qochib 
qutilib bo’lmaydi, chunki suyuklikda assotsiatlar va suyuklik kristallar 
mavjuddir. Shu mulohazalarga qoldirishga G – G sistema ham dispers sistemalar 
ro’yxati qoldirishga to’g’ri keladi. Dispers sistemalarning yuqorida aytilgan 
barcha tiplar ikkinchi jadvalda keltirilgan (bu jadvalga chin eritmalar kiritgan 
emas). Odatda yuqori disperslikka ega bo`lgan kolloid eritma zol deb ataladi. 
Masalan, kumushning kolloid eritmasi kumush zoli, temir (3) gidroksidni 
kolloid eritmasi temir (3) gidroksid zoli deb ataladi. 
Dispers sistemalarning barqarorligiga ta`sir etuvchi omillardan biri dispers 
faza zarrachalarining katta-kichikligi yoki disperslik darajasidir. Shuning uchun 
barcha dispers sistemalar dispers fazaning disperslik darajasiga qarab uch sinfga 
bo’linadi; 1. Dag’al dispers sistemalar (suspenziya, emulsiya, ko’piklar), bu 
sistemalarda dispers faza zarrachalarining o’lchami › 10
-4
sm


20 
2. Mikrogeterogen sistemalar (juda mayda muallaq moddalar, tutun) bu 
sistemalarda dispers faza zarrachalarining o’lchami 10
-4
– 10
-5
sm;
3. Ultramikrogeterogen kolloid sistemalar, ularning zarrachalarining o`lchami 
10
-5
– 10
-7 
sm (100-1nm) oralig’ida. 
Dispers sistemalarda disperslik darajasi tushunchasi mavjud bo’lib u 
quyidagicha ifodalanadi: D=1/a; D-disperslik, a-dispers faza zarrachalarining 
ko’ndalang kesim uzunligi, masalan sferik zarracha uchun; a-sifatida diametri-d, 
kub shakldagi zarracha uchun kubning qirrasi-L olinadi. Zarrachaning o’lchami 
qancha kichik bo’lsa sistemaning disperslik darajasi shuncha katta bo‘ladi. 
Disperslik darajasini ifodalovchi o’lcham solishtirma sirt – S
sol
quyidagi formula 
bilan ifodalanadi ya`ni S

Download 3,22 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   94




Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§ 3. DISPERS SISTEMALAR. KOLLOID SISTEMALARNING

Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish