§ 4.  KOLLOID SISTEMALARNING OLINISHI USULLARI




Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/94
Sana25.11.2023
Hajmi3,22 Mb.
#105433
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   94
Bog'liq
13243 2 9B900252011957A9E57AA7C4C13796761311A2AB (1)

§ 4. 
KOLLOID SISTEMALARNING OLINISHI USULLARI 
 
Tayanch so‘z va iboralar: Kolloid sistemalarning olinish usullari, 
dispergatsion usul, kondensatsion usul, peptizatsiya, kolloid eritmalarni 
tozalash usullari, dializ, ul’trafiltratsiya, elektrodializ, ul’tratsentrifugalash. 
1. Kolloid eritmalarni bir-biriga teskari 2 usul bilan hosil qilish mumkin. 
Bu usullardan biri yirikroq zarrachalarni maydalashdan, ikkinchisi esa, molekula 
yoki ionlardan yirikroq zarrachalar hosil qilishdan (agregatlashdan) iborat; 
Birinchi usulni dispergirlash, ikkinchini esa kondensirlash usuli deyiladi. 
Kolloid sistemalar hosil qilish uchun dispers faza zarrachalarining o‘lchamlari 1 
nm dan 100 nm gacha bo‘lishi kerak. Zarrachalarning o‘lchami ana shunday 
bo‘lgan suyuq kolloid sistema hosil qilishning birinchi sharti: dispers faza 
moddasi shu dispersion muhitda mumkin qadar kam eruvchan bo‘lishi lozim; 
ikkinchi sharti: sistemada dispers faza va dispersion muhitdan tashqari yana 
uchinchi modda bo‘lishi kerak, bu modda kolloid zarrachalar sirtiga yutilib, 
dispers faza bilan dispersion muhit o‘rtasida mustahkam bog’lanishni vujudga 
keltiradi. Kolloid ertimalarning barqaror qiladigan moddalar stabilizatorlar 
deyiladi. Dispergirlash usuli bilan kolloid eritmalar hosil qilish vaqtida qattiq 
jism stabilizator bilan birga kukun qilib maydalanadi uoki elektr yohud 
ultratovush yordamida suyuqlik ichida kukunga aylantiriladi.
Fizikaviy kondensirlash usullaridan biri dispersion muhitga qattiq jism 
bug’ini yuborish usulidir. Bu usul bilan simob, oltingugurt, fosfor zollari olinadi. 
Rus olimlari A. I. Shalnikov va S. Z. Roginskiy modda bug’ini qattiq sovutilgan 
sirtda kondensatlab kolloid eritmalar hosil qilish usulini ishlab chiqdilar. 


23 
Asbobning (3) qismiga bug’lanuvchi modda (masalan, Na), (1) qismiga 
dispersion muhit (masalan, benzol) va (4) qismiga suyuq havo quyiladi (3-rasm). 
Asbobning (3) va (1) qismi qizdirilganda natriy va benzol bug’lanib, suyuq havo 
solingan (4) idish sirtida kondensatlanadi. Suyuq havo olib qo‘yilgach 
(bug’lanib bo‘lgach), kondensatlanish natijasida hosil bo‘lgan kolloid eritma 
asbobning (2) qismiga yig’iladi. Fizikaviy kondensirlash usullariga erituvchini 
almashtirish usuli ham kiradi. Bu usulning mohiyatini quyidagi misolda 
ko‘rsatib o‘tamiz. Ma`lumki, ba`zi organik kislotalar etil spirtda yaxshi, lekin 
suvda yomon eriydi. Bunday kislotalarning suvdagi eritmalarini hosil qilish 
uchun, avval kislota spirtda eritiladi, so‘ngra hosil bo‘lgan eritmaga asta-sekin 
suv qo‘shib suyultiriladi. Suv spirt bilan har qanday nisbatda aralasha 
olganligidan, spirtda erigan organik kislota suvga o‘tgach uning suvdagi kolloid 
eritmasi hosil bo‘ladi. Shu yo‘l bilan, masalan, oltingugurtning spirtdagi 
eritmasiga suv qo‘shib, oltingugurtning sut kabi oq kolloid eritmasini hosil 
qilish mumkin. 
Kimyoviy kondensirlash kimyoviy reaksiyalar natijasida kam eruvchan 
cho‘kmalar hosil bo‘lishiga asoslangan. Ularga: oksidlanish-qaytarilish, 
almashinish, gidroliz va boshqa reaksiyalarga asoslangan usullar kiradi. 
Qaytarilish usulida chin eritmada erigan modda biror qaytaruvchi vositasida 
qaytariladi. Masalan, xloraurat eritmasini vodorod peroksid yoki formalin bilan 
qaytarish, kumush oksidni vodorod bilan qaytarish reaksiyalarini ko‘rsatish 
mumkin. Qaytarish usuli bilan Au, Ag, Pt, Pd, Rh, Ru, Os, Hg, Bi, Fe zollari 
olingan. 
Oksidlanish usulida molekulyar eritmadagi moddani oksidlash yo‘li bilan 
kolloid eritma hosil qilinadi, masalan H
2
S ni oksidlab oltingugurt zoli hosil 
qilinadi.
Ikki tomonlama almashinish usuli erimaydigan moddalar hosil bo‘ladigan 
ikki tomonlama almashinish reaksiyalariga asoslanadi. Bu usul bilan, masalan, 
kumush xlorid gidrozoli hosil qilinadi.


24 
Gidroliz usuli bilan, ko‘pincha, metall gidroksidlarining kolloid eritmalari 
olinadi. Buning uchun metall tuzlarini gidrolizlab kam eriydigan gidroksidlar 
hosil qilinadi. Suvda kam eriydigan silikatlar, volframat va boshqa 
kislotalarning zollari ham shu usulda olinadi. 
Kolloid eritmalarni peptizatsiya usuli bilan ham hosil qilish mumkin. 
Zolning koagullanish mahsulotini qaytadan kolloid eritma holatiga o‘tkazish 
jarayoniga peptizatsiya deyiladi. Peptizatsiyani amalga oshirish uchun kolloid 
cho‘kmasiga (koagulyantga) biror elektrolit qo‘shib, erituvchi bilan 
aralashtiriladi. Kolloid eritma olishda ishlatiladigan elektrolit peptizator 
deyiladi. Peptizator sifatida elektrolitlar va ba`zi sirt faol moddalar ishlatiladi. 
Peptizatsiya murakkab jarayon bo‘lib, u peptizatorning dispersion muhitga, 
cho‘kma sirtiga yutilishiga, solvat qavatlar hosil bo‘lishiga va boshqalarga 
bog’liq. A.V. Dumanskiyning fikricha, peptizatsia vaqtida cho‘kma bilan 
peptizator orasida kompleks birikmalar tipidagi bir qator oraliq mahsulotlar 
hosil bo‘ladi, agar kolloid zarrachalar sirtiga stabilizatorning o‘zi yutilib kolloid 
eritma hosil qilsa, bunday peptizatsiya bevosita peptizatsiya deyiladi; agar 
kolloid zarrachalar sirtiga stabilizatorning o‘zi yutilmay, balki uning eruvchan 
modda bilan hosil qilgan mahsulotlari yutilsa, bilvosita peptizatsiya deyiladi. 
Masalan, Fe(OH)
3
cho‘kmasiga FeCI
3
ta`sir ettirib, Fe(OH)
3
ning gidrozolini 
hosil qilish bevosita peptizatsiyadir, chunki bu holda temir ionlari kolloid 
zarrachalar sirtiga yutilib, ularda musbat zaryadlar hosil qiladi; musbat zaryadli 
zarrachalar bir-biridan o‘zaro itarilganligi uchun cho‘kma tezda gidrozolga 
aylanadi. Fe(OH)
3
ning iviq cho‘kmasiga HCl ning kuchsiz eritmasini ta`sir 
ettirib, Fe(OH)
3
gidrozolini hosil qilish bilvosita peptizatsiyaga misol bo‘ladi. 
Bu holda HCl bilan Fe(OH)
3
orasida sodir bo‘ladigan reaksiya mahsuloti 
ferrioksixlorid FeOCl eritmada FeO
+
va Cl
-
ionlariga dissotsilanadi. Ushbu 
sistemada FeO
+
ionlari peptizator rolini bajaradi.

Download 3,22 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   94




Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§ 4.  KOLLOID SISTEMALARNING OLINISHI USULLARI

Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish