Z. A. Sulaymonova, D. A. Hazratova, S. A. Karomatov kolloid kimyo




Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/94
Sana25.11.2023
Hajmi3,22 Mb.
#105433
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
Bog'liq
13243 2 9B900252011957A9E57AA7C4C13796761311A2AB (1)

Tomas Grem (1805 -1869) - Tomas Grem 
molekulyar hodisalar sohasidagi eng muhim 
kashfiyotlari bilan mashhur bo'lib, zamonaviy 
kolloid kimyo asoschilaridan biri hisoblanadi

Shunday qilib T. Grem eritmalarni xususiyatlariga ko’ra ularni tashkil 
qilgan moddalarni ikkiga: kolloidlar va kristalloidlarga bo’ldi, T. Gremning 
kolloid kimyo sohasida qilgan ishlarini hisobga olib va birinchi bo’lib kolloid 
atamasini kiritganligi uchun uni shu fanning «otasi» deb ham atashadi. 
Fyodor Fedorovich Reys
- 1778 yilda 
Tyubengenda 
tug’ilgan. Moskva 
davlat 
universiteti professori, 1805 yilda Sankt-
Peterburg fanlar Akademiyasining muxbir a'zosi, 
1828 yilda tibbiyot va jarrohlik akademiyasining 
akademigi bo’lgan.



F.F. Reysning 1808 yilda eritmalarga va undagi zarrachalarga elektr 
tokini taʼsiri natijasida elektroosmos va elektroforez hodisalarini hosil boʼlishini 
ochishi, ital`yan ximigi F. Selmi 1845 yilda turli xil eritmalarning (sut, qon, 
zardob, yelim, kraxmal va boshqa) xossalarini oʼrganib, ularning xususiyatlari 
chin eritmalardan tubdan farq qilishini aniqlashi kolloid kimyoni rivojlanishi 
uchun katta ahamiyatga ega boʼldi. 
Rus olimi I.G. Borshov 1869 yilda kolloidlar ham kristallik murakkab 
zarrachalardan iborat ekanligini koʼrsatdi. P.P. Veymarn XX asrning boshlarida 
har qanday modda sharoitiga qarab ham «kolloid» ham «krisgalloid» holatda 
boʼla olishini isbotladi. Shunday qilib, moddaning «kolloid» yoki «kristalloid» 
holati haqida fikr yuritish mumkin, degan xulosa chiqarildi.
Peskov Nikolay Petrovich – 1880 yilda 
Moskvada tug’ilib, 1940 yilda vafot etgan. 
Fizik kimyo va kolloid kimyo fanlari bo’yicha 
tadqiqotlar olib borgan. D.I. Mendeleev 
nomidagi Moskva davlat texnika universitetida 
kimyo fanlari doktori, professor lavozimida 
ishlagan. 
Kolloid kimyoda tekshiriladigan obʼektlar prof. N.P. Peskov tomonidan 
1930 yillarda taʼriflangan ikki belgi bilan tavsiflanadi. Ulardan biri disperslik va 
ikkinchisi geterogenlikdir. Kolloid eritmalarning xossalari haqida toʼliqroq 
(umumiyroq) tasavvur ham N.P. Peskov tomonidan yaratilgan. U barcha 
kolloidlarni quyidagi ikki guruhga boʼladi: birinchi guruhga erituvchida oʼz-
oʼzicha dispers holatga oʼta oladigan moddalarni kiritdi. Аgar ana shunday 
sistemada koagullanish boʼlsa, koagulyantda juda koʼp erituvchi boʼladi. 
Ikkinchi guruhga dispersion muhitga nisbatan inert boʼlgan moddalar kiritildi. 
Qizigʼi shundaki, dastlab fan tarixida «kolloidlar» nomini olgan moddalar 
(yelim, oqsil, kraxmal) aslida yuqori molekulyar birikmalar (YuMB) ning 



haqiqiy eritmalari ekanligi maʼlum boʼldi. Ularning eritmalari «liofil kolloidlar» 
nomi bilan atalib keldi. Haqiqiy kolloid sistemalar esa «liofob kolloidlar» deb 
ataladigan boʼldi. D.I. Mendeleev kolloid kimyoni tabiat haqidagi bilimlarning 
porloq istiqbolga ega boʼlgan yangi tarmogʼi deb qaragan. U oʼzining «Kimyo 
asoslari» nomli kitobining birinchi nashrida (1871 yil) «Kolloid kimyo 
masalalari fizika va kimyoning barcha sohalari uchun ilgʼor va qudratli ahamiyat 
kasb etishi muqarrardir» deb yozgan edi. Kolloid kimyoning keyingi vaqtlardagi 
rivojlanishi D.I. Mendeleev fikrini tasdiqladi. Bu sohada N.P. Peskov, I.I. Jukov, 
А.N. Frumkin, S.M. Lipatov, P.А. Rebinder, B.V. Deryagin, L.D. Landau, V.А. 
Kargin, X.U. Usmonov, K.S. Аxmedov va boshqa olimlarning ilmiy ishlari 
muhim ahamiyat kasb etadi. Shular tufayli mustaqil mamlakatlar hamdoʼstligi 
mamlakatlarida kolloid kimyoning taraqqiyoti dunyo miqyosida oldingi 
oʼrinlarni band etishga musharraf boʼldi. Chet el olimlaridan V. Ostvald,
А. Eynshteyn, M. Smoluxovskiy, J. Perren, G. Freyndlix, G. Kroyt va boshqalar 
kolloid kimyo fanini rivojlanishiga katta hissa qoʼshganlar. 
IX asrning boshlari 1906-1908 yillarda Smoluxovskiy va A. Eynshteyn 
kolloid sistemalardagi Broun harakati va diffuziya nazariyasini yaratib, kolloid 
kimyoni nazariy jihatdan boyitdilar. Perren, Svedberg, Ilin kabi olimlar 
Eynshteyn va Smoluxovskiy nazariyasining to’g’riligini tajribada tasdiqladilar.
Kolloid kimyo 1903 yildan boshlab mustaqil fan sifatida rivojlana 
boshladi. Bu fanning rivojlanishida mashhur olim А.V. Dumanskiyning ham 
xizmati katta, u 1907 yili kolloid eritmalarning qovushqoqligini, elektr 
oʼtkazuvchanligini, optik xossalarini oʼrgandi. 
Kolloid va yuqori molekulyar sistemalarni oʼrganishda olimlardan V.N. 
Kargin, B.V. Deryagin, I.I. Jukov, Dogadkin, Z. А. Rogovin, akademik I. V. 
Petryanov - Sokolov, F.D. Ovcharenko, K.S. Аxmedov, X.U. Usmonov va 
boshqa olimlarning xizmatlari katta. 


10 

Download 3,22 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Z. A. Sulaymonova, D. A. Hazratova, S. A. Karomatov kolloid kimyo

Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish