4-§. Texnik rasm
Texnik rasm chizishda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:
1) texnik rasm chizishda aksonometrik proyeksiya turlaridan birortasi
tanlab olinadi va uning qoidalariga amal qilinadi;
2) texnik rasm chizishda chizmachilik asboblari
ishlatmasdan narsa-
ning nisbatlarini ko'zda aniqlab chiziladi, ya’ni ko‘z bilan chamalab
chiziladi;
3) texnik rasm chizishda qog‘oz mahkamlanadi
va har tomonga ay-
lantirmasdan bir vaziyatda saqlanadi. Rasm chizuvchining qoMi qog‘oz
ustida har tomonlama yengil harakat qilishi lozim. Qalamni uchidan
yuqoriroq ushlab rasm chizishga odatlanish kerak;
4) rasm 0 ‘zDSt 2.317:2003 ga binoan aniq formatda chizilib,
ramka
chizig'i va asosiy yozuvlari bajarilishi lozim;
5) yozuvlaming hammasi standart shriftlarda bajariladi. Texnik rasm
chizishda chiziqlarga alohida e’tibor beriladi.
Rasm elementlarining asosiy ajralmas qismi chiziq boTib, uning vazi-
fasi turlicha. Rasm chizishda qalamni bosmasdan, yengil yurgiziladi.
Chiziq shakl ko'rinishini
aniqlaydi, jismni fazodan ajratadi, asosiy nis-
batlami belgilaydi,
alohida qismlarga ajratib, hajmni ifoda qiladi.
Har qanday narsa uch o'lchamga: balandlik, kenglik va uzunlikka ega
boiib, hajm va ma’lum bir shakldan iborat. Hajm deganda narsaning uch
o'lchamga egaligini, shakl deganda uning tashqi qiyofasini tushunamiz.
Shuning uchun rasm chizishda shaklning hajmliligini sezish zarur.
Oddiy
shakllardan iborat narsalaming rasmini chizishdan boshlaboq, odam
o‘zida fazoviy tasavvur qilish sezgisini o ‘stirib borishi zarur. Rasm chi
zishdan avval narsaning hamma tomonlarini sinchiklab o ‘rganish lozim.
Shundan keyingina uning rasmini bajarishga o‘tish zarur.
Narsaning hajmi unga tushib turgan yorug‘lik yordamida yaxshi aniq
lanadi. Narsalami idrok qilish va undan nusxa ko‘chirib, rasm chizish
yorug‘lik va soya yordamida bajariladi. Narsaga tushgan yorug‘lik uning
xarakteriga qarab har xil bo‘ladi. Eng yorug‘dan tim qoragacha bo‘lishi
mumkin. Yorug‘lik manbayiga qarab narsadagi soyalar har xil bo‘ladi.
Agar narsa aylanish sirti (sfera, konus, silindr va shu kabilar)dan
iborat
bo‘lsa, u vaqtda yorug‘likning narsaga tik tushib turgan joyi uning
yaltirog'i deyiladi (5.47-shakl).
194
Yaltirog‘ining qarama-qarshi tomoni
narsaning
o ‘z soyasi deyiladi. Yorug‘lik
sirtga urinma bo ‘lib о ‘ tgan j oy (yaltirog1 idan
o‘z soyasigacha)
yarim soya deyiladi. Nar-
salaming o ‘z soyasi
tomoniga boshqa biror
narsa yorug‘ligining aksi tushib tursa, ya’ni
boshqa narsa o‘z yorug‘ligi ta’sirini o‘t-
kazsa, bu joy
refieks deyiiadi.
Yorug‘lik va soyalami rasmda to‘g‘ri
tasvirlash uchun quyidagi pardozlash (soya-
lash) usullaridan foydalanamiz (5.48-shakl).
1. Soyalami
nuqtalar yordamida ifoda
qilish.
2.
Shtrixlash. Bunda soyalar to‘g ‘ri
chiziqlar bilan ajratiladi. Soyalash, asosan,
sirt yasovchilariga parallel olinadi. Yassi shakllarda koordinata o‘qlariga
parallel shtrixlanishi mumkin.
3.
Shrafirlash. Bu usulda soyalar to‘r shaklida bajariladi, ya’ni ikki
tomonlama to‘g‘ri chiziqlar bilan shtrixlanadi, aylanish sirtlari
sirtda yo-
tuvchi ellipssimon chiziqlar yordamida soyalanadi.
4.
Pardozlash. Bu usulda rasm soyasi qalam bilan ishqalanib, qorayti-
riladi yoki bo‘yoq, tush suyultirilib, mo‘yqalamda bo‘yaladi.