• Silindrik vint chiziq.
  • 6.1-shakl. 203 6 .2 -shakl.
  • VI bob. M ASHINASOZLIK CHIZMALARI




    Download 13,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet118/237
    Sana11.12.2023
    Hajmi13,35 Mb.
    #116299
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   237
    Bog'liq
    Chizmachilik.I.Raxmonov. 2016

    VI bob. M ASHINASOZLIK CHIZMALARI
    l- § . Vint chiziqlar
    Nuqta biror to‘g‘ri chiziq atrofida (R masofada) tekis aylanishi bilan 
    bir vaqtda unga nisbatan parallel yo‘nalishda tekis ilgarilanma harakat 
    qilsa, vintsimon harakat qilgan bo‘lib, vint chizig‘i chizadi. Nuqtaning 
    bu vaqtda bosib o ‘tgan yo‘li, ya’ni trayektoriyasi vint chiziq deyiladi.
    Nuqta aylanish sirtlaridan birining sirtida harakat qilsa, sirt turiga 
    qarab silindrik (6.1-shakl), konussimon (6.2-shakl) vint chiziqlari 
    deyiladi.
    Silindrik vint chiziq. Bu texnikada eng ko‘p qo‘llaniladigan chiziq. 
    Silindrik sterjenga o ‘z o ‘qi atrofida bir xil aylanma harakat berilsa va 
    shu sterjenning A 0 nuqtasiga qo‘yilib, unga ham silindr o‘qi bo‘yicha 
    ilgarilanma harakat berilsa, keskich sterjen sirtida A-A vint chiziq
    6.1-shakl.
    203


    6 .2 -shakl.
    kesadi (6.3-shakl). Sterjenning o‘z 
    o‘qi atrofida to‘la bir marta aylanib 
    chiqishida keskich h masofaga 
    siljiydi. Bu h masofa vint chiziqning 
    qadami yoki yo 'li deyiladi. Vint 
    chiziqning o‘zi esa vint o'rami 
    deyiladi.
    Vint chiziqlar sirtdagi nuqtaning 
    harakati yo‘nalishiga qarab o'ng 
    yo'lli (o‘naqay) va chap yo'lli (chapaqay) boiadi. Vint chiziqning 
    yo‘lini aniqlash chiziq hosil qilingan sirt o ‘qining joylashishiga va unga 
    nisbatan qarashga bog‘liq. Sirt o‘qi gorizontal b o iib , nuqta o‘ngdan 
    chapga yo‘naltirilsa va sirt o ‘z o ‘qi atrofida soat mili yo‘nalishi bo‘yicha 
    aylansa, о ‘ng yo ‘Hi yoki vertikal joylashtirilgan sirt o‘qi atrofida nuqta 
    soat mili harakati yo‘nalishiga teskari ko‘tarilsa, o'ng yo'lli vint chiziq 
    deyiladi. Vertikal joylashtirilgan sirt o ‘qi atrofida nuqta soat mili harakati 
    yo‘nalishi bo‘yicha ko‘tarilsa, chap yo ‘lli vint chiziq deyiladi. 6.1-shakl­
    da silindrik vint chiziqning yasalishi ko‘rsatilgan. Bu yerda silindr dia-
    204


    metri  va qadam h o‘zaro teng 8 bo'laklarga bo‘lingan bo‘lib, vint chi­
    ziqning o‘ramini yasash chizmada yaqqol ko‘rsatilgan.
    Vint chiziqning yoyilmasi to‘g‘ri burchakning gipotenuzasi hisob­
    lanadi. To‘g‘ri burchakning gorizontal kateti silindr aylanasining uzunligi 
    (n-d)ga, vertikal kateti vint chiziq qadamining balandligi h ga teng.
    Konus vint chiziq (6.2-shaklga qarang). Nuqta to‘g‘ri doiraviy konus 
    o‘qi atrofida bir xil burchak tezligida aylanadigan yasovchi bo'yicha tekis 
    ilgarilanma harakat qiladi. Shunda Sn nuqtaning bosib o‘tgan y o ii konus 
    sirtida vint chiziq hosil qiladi. Bu yerda konus asosi  va balandligi h 
    o‘zaro teng 8 ga bo‘lingan bo‘lib, S() nuqta konus yasovchilari bo'yicha 
    harakat qilib, S vaziyatga ko'tariladi. Konus sirti yoyilmasida uning 
    vint chizig'i yoyilmasi ham qo'shib tasvirlangan. Bu yoyilma aylana 
    sektoridan iborat bo'lib, u ц>=180°d/{ burchak bilan chegaralanadi.
    Vint sirtlar. Biror (to‘g ‘ri yoki egri) chiziqning berilgan o'q atrofida 
    vint chizig'i bo'yicha harakati natijasida hosil bo'lgan sirt vint sirti 
    hisoblanadi. Yasovchisi to'g'ri chiziq bo'lsa, hosil bo'ladigan sirt mun- 
    tazam vint sirt yoki gelikoid deb ataladi. Yasovchi (to'g'ri chiziq kesmasi) 
    sirt o'qiga perpendikular joylashgan bo'lsa, hosil bo'lgan vint sirti 
    to'g'ri gelikoid, perpendikulyar bo'lmasa, qiyshiq gelikoid, shuningdek, 
    yasovchi sirt o'qi bilan kesishsa, vopiqgelikoid, kesishmasa hosil bo'lgan 
    vint sirti ochiq gelikoid deb ataladi.
    To'g'ri yopiq gelikoid vint konoidi, qiyshiq yopiq gelikoid Arximed 
    gelikoidi deb ham yuritiladi. Texnikada bunday sirtlardan turli 
    stanoklaming yurgizish vintlarini, domkrat, press va shunga o'xshash- 
    laming vintlarini yasashda foydalaniladi. Gelikoidlar silindrik prujina, 
    ressor, parmalaming vint o'yiqlari kabilami yasashda tatbiq qilinadi.
    Gelikoidlar (6.4-shakl, a,b). O 'ng yo'lli va qadami h ga teng bo'lgan 
    to'g'ri yopiq gelikoid (6.4-shakl, a), o'ng yo'lli yopiq qiyshiq gelikoid 
    (6.4-shakl, b) tasvirilangan.
    Bu yerda to'g'ri yopiq gelikoid bazis chizig'i (gelissasi) va yasovchi 
    О/ i r 0 2A , kesmasi orqali berilgan. Yasovchilaming frontal proyeksiyalari 
    gorizontal tekislikka parallel joylashgan OA kabi kesmalardan iborat, 
    ulaming gorizontal proyeksiyalari sirt o'qining gorizontal proyeksiyasi
    Ol da kesishuvchi nurlar ko'rinishida joylashadi. Bunday gelikoidni 
    yasash uchun uning aylana qadami h bir xil teng bo'laklarga bo'lib 
    chiqiladi va u 6.1-shakldagi silindr vint chizig'i kabi bajariladi.
    205


    а)
    b)
    Qiyshiq yopiq gelikoidning 0 JA r 0 ,A y aso vch isi o‘zining harakati 
    davrida to‘g ‘ri doiraviy konus yasovchilari (S' Г , S,7\)ga parallel 
    qoladi. Bu yerda doiraviy konus yordamchi yoki yo‘naltiriuvchi konus 
    hisoblanadi. Bunday gelikoidni yasash diametrli silindr o‘qini a 
    burchak ostida kesadigan O /l., CM,yasovchi kesma va vintchiziqning 
    qadami h asosiy parametr qilib olinadi.
    Gelikoidning yasovchi kesmasi OA yordamchi konusning tegishli 
    yasovchilariga parallel qilib o‘tkaziladi. Masalan, gelikoidning O '/f', 
    yordamchi konusning S 7T \ yasovchisiga, ..., 
    yasovchisi
    yordamchi konusning S,Tv,2yasovchisiga parallel qilib chiziladi. Shunday 
    yasashlar jarayonida A nuqtaning harakatidan hosil bo‘lgan nuqtalar 
    to‘plami ravon qilib tutashtiriladi.
     diametrli silindr atrofida hosil boMadigan vint tasmasi halqasimon 
    to'g'ri gelikoid (6.5-shakl, a) deyilib, u 6.4-shakl, a kabi yasaladi. d 
    diametrli silindr atrofida hosil boMadigan gelikoid halqasimon qiyshiq 
    gelikoid (6.5-shakl, b) deyilib, u 6.4-shakl, b kabi bajariladi.

    Download 13,35 Mb.
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   237




    Download 13,35 Mb.
    Pdf ko'rish