6 .5 -shakl.
Amaliyotda to‘g ‘ri gelikoidlar profili to‘g‘ri burchakli vintlar, qiyshiq
gelikoidlar profili uchburchakli vintlami yasashda tatbiq qilinadi.
Rezba-
laming profiliga qarab, to‘g‘ri va qiyshiq gelikoidlardan (ba’zida ikkala
turidan ham) foydalaniladi.
2-§. Rezbalarni tasvirlash va ularni chizmalarda belgilash
Mashinasozlikda rezbali birikmalar keng tarqalgan bo‘lib, o‘zining
universalligi, yuqori mustahkamligi, katta yuklanishlarga chidamliligi
bilan munosib o‘rin olgan.
Rezbalar yordamida detallar bir-biri bilan
mustahkam biriktiriladi va
osongina ajratiladi. Yoki maxsus detallar yordamida (bolt, vint, shpilka
kabilar) biriktiriladi va ajratiladi. Barcha birikmalar rezbalar yordamida
amalga oshiriladi. Rezbalar quyidagicha tasniflanadi:
a)
rezbalaming profiliga
qarab ular uchburchakli, trapetsiyasimon,
yumaloq, to‘g‘ri to‘rtburchakli va boshqacha profillarga ajratiladi;
207
b) rezba o ‘yilgan sirtiga qarab ular silindrik va konussimon rezbalarga
ajratiladi;
d) rezbalaming sirtiga nisbatan joylashishiga qarab ular tashqi va
ichki rezbalarga ajratiladi;
e) rezbalardan foydalanishga qarab ular biriktiruvchi (metrik),
zichlab biriktiruvchi (konussimon),
quvursimon, suriluvchi (tirakli tra-
petsiyasimon), maxsus va boshqalarga ajratiladi;
f) rezbaning vintli sirtining yo‘nalishiga qarab ular o‘ng va chap yo‘lli
rezbalarga ajratiladi;
g) rezbalaming kirimi soniga qarab ular 1 kirimli yoki ko‘p kirimli
(ikki kirimli, uch kirimli va hokazo) guruhlarga ajratiladi.
Asosiy termin va aniqlashlar. Standartlar tomonidan rezbalaming
profiliga qarab ulaming har biri uchun alohida standartlar mavjud:
-
rezbaning vint chizig'i - silindr yoki
konus sirtida nuqtaning
aylanma va ilgarilama harakati natijasida chizilgan chiziq hisoblanadi
(6.1 va 6.2-shakllar);
-
rezbaning vint sirti - vint chizig'i bo'yicha
silindr yoki konus
sirtida qirqilgan rezbaning sirti hisoblanadi;
-
silindrik va konussimon rezba - to'g'ri doirviy silindr va konus
sirtlariga o ‘yilgan rezbalari kiradi;
-
rezbaning о ‘rami - nuqtaning sirt
yuzasida bir marta aylanib
chiqqan geometrik yo‘li hisoblanadi;
-
o'ng va chap yo'lli rezba - silindr yoki konus sirtida soat millari
yo‘nalishi bo'yicha qirqib hosil qilingan rezba o'ng, soat mili yo'nalishiga
teskari harakat bo'yicha o'yilgan rezba chap yo'lli rezba deyiladi;
-
bir kirimli va ко 'p kirimli rezba - bitta nuqta orqali chizilgan vint chi-
zig'i orqali qirqilgan rezba
(Pn) ko'p kirimli rezba deyiladi (6.6-shakl).
Rezbaning asosiy elementlari va parametrlari:
- rezbaning о ‘qi - vint hosil bo'lgan sirtning o'qi;
-
rezbaning profili - rezbaning o'qi orqali o'tgan kesuvchi
tekislikda
bo'lgan kesimdagi tishning chiqqan qismi ;
-
rezbaningyuqori va ostki qismi - vintli rezba sirtining yuqori qismi
va ichki, ya’ni rezba ariqchasining tub qismi;
-
rezbaning tashqi diametri (
d) - sirtiga o'yilgan
rezbaning tashqi
(nominal) diametri (6.7-shakl,
a), teshikka o'yilgan rezbaning katta
yuqori qismi sirti (6.7-shakl,
b);
208