3-§. Dimetrik proyeksiyalar
To‘g ‘ri burchakli dimetrik proyeksiya. O'zgarish koeffitsiyentlaridan
ikkitasi o'zaro teng, uchinchisi esa boshqacha bo'lgan aksonometriyani
dimetriya degan edik. Shuning uchun dimetrik proyeksiyalar tekisligi
hamma vaqt ikki koordinata o'qiga nisbatan bir xil qiyalikda joylashadi.
Dimetriya so'zi grekcha bo'lib, di - qo'sh (ikki yoqlama), ya’ni ikki
o'q bo'yicha bir xil o'lchab qo'yish degan ma’noni anglatadi.
To'g'ri burchakli dimetriyada o'zgarish koeffitsiyentlari Ox va Oz
o'qlar bo'yicha bir xil, ya’ni Oy o'qi bo'yicha esa ikki
marta qisqa, ya’ni ev=0,47 bo'ladi. Amalda esa O 'z DSt 2.317:2003 ga
binoan quyida keltirilgan o'zgartirish koeffitsiyentlaridan foydalaniladi:
er=e.=0,94-1,06=1, ex=0,47-1,06=0,5. Bunday koeffitsiyentlarda tasvir
1,06 marta katta bo'ladi. Oz o'q, odatda, vertikal yo'nalishda olinadi. Ox
o'q gorizontal (ufq) chizig'iga nisbatan 7°10' ni, Oy o'q esa 41°25' ni
tashkil qiladi.
5.36, 5.37-shakllarda koordinata o'qlarini taxminan 7° va41° li bur
chak ostida yasash yo'llari ko'rsatilgan.
186
a)
b)
d>
5 .3 6 -shakl.
Bu burchaklami yasash uchun
5.36-shakl, a da ko'rsatilgani-
dek, Oz o‘qida o‘zaro teng ixti-
yoriy ikki kesma tanlab olinadi,
О dan pastga (Oz o ‘qining davo-
mida) shu kesmalaming biriga
teng masofa o ‘lchab qo'yiladi.
Ox o‘qining yo‘nalishini aniq
lash uchun, shaklda ko'rsatil-
ganidek, 2 va 3 nuqtalardan
0‘tuvchi R va R , radiusli yoylar
chiziladi, ular o‘zaro kesishib, A nuqtani hosil qiladi (5.36-shakl, b).
A nuqta bilan О nuqta tutashtirilsa, Ox o‘qining yo‘nalishi aniqlanadi.
Rj va R , radiusli yoylarning o ‘zaro kesishishidan hosil boigan В nuqtani
О bilan tutashtirish natijasida Oy o‘qning yo‘nalishi kelib chiqadi
(5.36-shakl, d).
Dimetriyada koordinata o‘qlarining yo‘nalishini aniqlashning yana
boshqacha usuli 5.37-shaklda tasvirlangan. Gorizont chizigi va Oz
o‘qining davomida О dan uch tomonga bir xil kattalikdagi 8 ta kesma
oichab qo'yiladi. Ox va Oy o‘qlarini yasash yoilari chizmaning o‘zidan
yaqqol ko‘rinmoqda. Bu o'qlaming yo'nalishini transportir yordamida
ham aniqlasa bo'ladi.
187
|