Zaruriyat tug‘ilganda tomonlaming o ‘lchamlari 148x210 ga teng
b o‘lgan
AS formatni qo‘llash mumkin. Har
bir formatning ichiga chap
tomondan 20 mm va qolgan tomonlaridan 5 mm masofada chizma ram-
kasi chiziladi.
Odatda, chizma qog‘ozlari
A l, A2, АЗ, A4 format o ‘lchamlaridan
biroz kattaroq qilib listlarda kesilgan holda sotuvga chiqariladi. Ayrim
hollarda rulon holida ham chiqishi mumkin.
Chizmani bajarish amaliyotida keng tarqalgan format
A3 (297x420)
hisoblanadi (2.7-shakl,
b). Agar
A l formatda bir necha chizmalami joy-
lashtirish zarur b o‘Isa, uni 2 ga, 4 ga b o ‘lish mumkin.
A l formatdan
A3 formatlar hosil qilish
uchun uning diagonallarini
o ‘tkazamiz. Diagonallar kesishgan
О nuqta (2 .7 -shakl,
d) A l formatning
markazi b o ‘ladi. Bu nuqta orqali gorizontal va vertikal chiziqlar o ‘tkazib,
4ta A3 format hosil qilinadi. Agar
A3 formatni keyingi kichik formatlarga
bo ‘lmoqchi bo‘lsak, xuddi shu yuqoridagidek format diagonallaridan
foydalanamiz. Har bir formatning pastki o ‘ng burchaklarida, asosiy yo
zuvlar (burchak shtampi) joylashtiriladi. Chizmani
bajarish ishi uning
uchun zarur formatni tanlash va uni qanday tayyorlash (taxt qilish) zarur-
ligini aniqlashdan boshlanadi. Formatni shunday tanlash kerakki, avvalo
chizma unga bemalol sig‘sin, list maydonidan samarali foydalanish bilan
birga, ortiqcha bo‘sh joy qolmasin. Bundan tashqari,
chizma aniq, tasvir
yetarli darajada yirik, yozuvlari va shartli belgilari qulay o ‘qiladigan
bo‘lsin. M ashinasozlik chizmachiligi bo'yicha bajariladigan har bir ish
tarkibiga, odatda, bir qancha chizmalar kiradi. Ular imkoni boricha bitta
formatdagi chizma qog'oziga joylashtiriladi. Bitta buyumning o ‘ziga
(yig‘ish
chizmasiga, kompleksga yoki to ‘plamga) tegishli bo'lgan chiz
malar
A l formatdagi katta listga joylashtiriladi yoki albomga tikiladi.
Chizmalami listga to 'g 'ri joylashtirish (chizmaning kompanovkasi) de
ganda, chizma maydonida chizma tarkibiga kirgan qismlami o'zaro
bog'langan holda to 'g 'ri joylashtirish tushuniladi. Chizmani taxt qilish-
ning umumiy talabiga ko'ra, chizmani bajarish uchun tanlanadigan for
matni quyidagi tartibda ishlash-rejalashtirish tavsiya etiladi.
1.
Tasvir uchun masshtab tanlash, ko'rinishlar, kesimlar, qirqimlar
sonini va
ulami joylashtirishni aniqlash, shuningdek, asosiy yozuvning
joyini hisobga olish, o'lcham larini joylashtirishni, qo'shim cha ko'r-
satmalarini va sharhlami hisobga olish.
36
2.
Chizmaning
ishchi joyini aniqlash, y a ’ni chizma formatida tasvir
joylanadigan maydonini aniqlash. Chizmada ishchi maydonini m o'ljal-
lash, tasvirini joylashtirishda uni to ‘liq o ‘z ichiga oladigan chegarani
(to‘g ‘ri to ‘rtburchakni) aniqlashdan iborat. Chizma maydoni doirasida
bu chegarani simmetrik joylashtirish m a’qulroq. Chizma maydonining
70-80 foizi ishchi maydon bo‘lishi kerak.
Chizma maydonida o'lcham lari bilan birgalikda
tasvirdan tashqari
yana quyidagilar joylashishi kerak:
1) asosiy yozuv (listning o'ngdagi past burchagida);
2) texnik talablar (bevosita asosiy yozuvdan yuqorida);
3) detal yuzalari, g'adir-budirligi, qoplamalari va termik ishlanishini
tavsiflovchi belgilar (listning o ‘ng yuqori burchagida);
4) chizmaning burilgan belgisi (chizmadagi burilgan tasvir);
5) buyumning tasvirini tavsiflovchi tasvir, parametr jadvali (masalan,
tishli g'ildirakning, chervyakning va zanjirli uzatma yulduzchalarining
chizmalarida).
Chizmada aks ettirilgan tasvir soni va
mazmuni jihatdan buyumning
shakli haqida to'liq m a’lumot berishi lozim. Tasvir va uning yozuvi for
mat ramkasidan 5-10 mm dan kam bo'lmagan masofada joylashishi kerak.