|
-modul. Birikmasiz egri chiziq shaklidagi buyumlar tayyorlash texnologiyasi
|
bet | 5/19 | Sana | 11.09.2024 | Hajmi | 76,07 Kb. | | #270874 |
Bog'liq YADAK DASTURI Tex.talim. 2024 (2) (3)14-modul. Birikmasiz egri chiziq shaklidagi buyumlar tayyorlash texnologiyasi
25-mavzu Birikmasiz egri chiziq shaklidagi buyumlar tayyorlash texnologiyasi. Yog‘och materiallarni oyish va parmalash, pardozlash (silliqlash). Kesuvchi asboblarni ishga sozlash. Mehnat havfsizligi qoidalari. Ish usullarini o‘rganish va malaka hosil qilish. Yog‘och materiallaridan buyumlar tayyorlashda xavfsizlik texnikasi qoidalari.
26-mavzu Kesuvchi asboblarni ishga sozlash texnologiyasi. Ish turiga qarab qirquvchi, yo‘nuvchi, uyuvchi uskunalar tanlash. Uskunalarni charxlash va o‘tkirlik burchaklarini tekshirish. Ish turiga qarab qirquvchi, yo‘nuvchi, oyuvchi uskunalar tanlash. Amaliy ishlar: Uskanalar bilan yog‘ochni boyiga, eniga, ko‘ndalangiga yo‘nish. Parma va drel bilan tik va yotiq holatlarda parmalash. Yasaladigan buyumlar: oshxona taxtachalari, bolalar kursichasi. Mix va burama mixlar yordamida oddiy birikma tayyorlash texnologiyasi.
15-modul. Mix va burama mixlar yordamida oddiy birikma tayyorlash texnologiyasi.
27-mavzu Detallarni mix, burama mix, yog‘och mixlar bilan biriktirish. Birikmani bajarishda qo‘llaniladigan moslamalar, asboblar va materiallar. Mix va burama mix,yog‘och mixlarni tanlash. Detallarni biriktirishda sifat talabi. Sifatsizlik turlari va ularni bartaraf qilish. Mix va burama mix,yog‘och mixlarni biriktirishda mehnat havfsizligi qoidalari.
28-mavzu. Mix, burama mix, yog‘och mixlarni tanlash .Ish usullarini o‘rganish va malaka hosil qilish. Detallarni qalinligiga qarab mixlarni tanlash. Yog‘ochlarni qattiq va yumshoqligiga qarab mixlarni qoqish. Biriktiriladigan detalning qalinligiga qarab burama mixlarni tanlash va mahkamlab biriktirish. Amaliy ish: biriktiriladigan qattiq yog‘ochlarga mix va burma mix qoqishdan oldin uni parmalab olish. Yasaladigan buyumlar: Burchak chizg‘ich, mixlar uchun quti, gul tuvagi, shaxmat qutisi.
16-modul. Yelimlar yordamida murakkab birikma tayyorlash texnologiyasi
29-mavzu. Yelimlar, biriktiriladigan detal yuzasini Yelimlashga tayyorlash. Yelim tanlash. Yelimlarni eritish. Qisuvchi moslamalarni tayyorlash. Detallarni Yelim yordamida yig‘ish. Yelimning turiga qarab yig‘ilgan buyumni Yelim ketguncha saqlab turish.
30-mavzu. Yelimlangan choklarni tozalash.Yelimlangan choklarning sifatini tekshirib ko‘rish. Fanerlash va shpon yopishtirish uchun yog‘och yuzani tayyorlash. Shponlarni rangiga qarab tanlash. Fanerlashda, shpon yopishtirishda Yelimlash usulini tanlash.
31-mavzu. Smola va kazein yelimlarini tayyorlash va ulardan foydalanish.Smola va kazein Yelimlarini tayyorlash va sifatini tekshirish. Biriktiriladigan yuzalar sifatini tekshirish. Yelimlanadigan yuzaga silliq qilib Yelim eritmasini popuk bilan surtish. Shpon va fanerlarni mayda tishli arra, qo‘l arra yoki o‘tkir pichoq bilan kesish. Shiplarni fanerlashda kesuvchi vintlarni va moslamalarni tayyorlash.
|
| |