• . Shaxsiy soyalar
  • Zamonaviy binolar aks etgan manzara kompozitsiyasini bajarish




    Download 4.05 Mb.
    bet14/28
    Sana26.05.2023
    Hajmi4.05 Mb.
    #65014
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28
    Bog'liq
    Zamonaviy binolar aks etgan manzara kompozitsiyasini bajarish
    talabalarning-manzara-ishlash-zharayonidagi-bazi-muammolar, o-quvchilarining-badiiy-tasavvurlarini-rivojlantirishda-tasviriy-san-at-mashg-ulotlarining-ahamiyati (1), O`zbеkistоn rеspublikasi оliy va o`rta maхsus ta’lim vazirligi u (1), d6e2f2b58ed21b81785e6636df674ecc HAYKALTAROSHLIK, 181-184, 307-Текст статьи-696-1-10-20201220 (1), 2#039;ruza. Xolis fonda yalang‘och erkak gavdasi (1), Академик рангтасвир дарслик 21 22 2 2, БМИ ҲАЙКАЛТАРОШЛИК
    1.3. Yorug’soya qonunlari
    Ma’lumki, predmetlarning shakli va materiallar naturadagi yorug’soya orqali ham idrok etiladi. Har qanday predmet turli xil egriliklar yoki tekisliklar-yuzalar bilan chegaralangan bo’lib, har xil yorug’lik sharoitida bo’ladilar, ya’ni yorug’lik nurlari predmetlarga turlicha tushib, ularning yuzlarini turlicha yorug’lantiradi. Ba’zi yuzalar ko’proq, boshqalari kamroq yorug’lik oladilar. Predmetlar yuzasining yorug’lanish darajasi avvalo, yorug’lik manbaigacha bo’lgan masofaga bog’liq bo’ladi. Yorug’lik manbai yuzadan qanchalik uzoqlikda bo’lsa, predmet shuncha kuchsiz yorug’lanadi va aksincha, yorug’lik manbai predmetga qancha yaqinda joylashsa, u shunchalik kuchli yorug’lanadi. Shuningdek, predmet yuzasining yorug’lik darajasi predmetdan kuzatuvchigacha bo’lgan masofaga ham bog’liq bo’ladi, ya’ni narsalar tusi kishi ko’ziga yaqinlashgan sari ochroq, uzoqlashgan sari esa to’qroq ko’rinadi. Yuzalarning yorug’lanish darajasi shu yuzaga tushuyotgan tushish burchagiga ham bog’liq bo’ladi. Eng kuchli yorug’likni yorug’lik manbaiga tik qaragan yuza oladi. Tushayotgan yorug’lik nurlarining burchagi qanchalik katta bo’lsa, narsalar yuzasiga tushayotgan nurlar shuncha kam bo’ladi.
    Hayotdagi har qanday narsalar yorug’lik ta’siri ostida xox tabiiy, hoh sun’iy yorug’ va soyalarga ega bo’ladilar. Narsalarda yorug’ va soyalar bo’lmasa ularni hajmi sezilmaydi. Rassomlar ham o’z asarlarida bundan foydalanadilar. Yorug’soyalarning buyumlarda joylashuvi ma’lum qonuniyatlarga bo’ysunadi va ular narsalarning shakliga (kub, prizma, konus, stilindr, shar, v.b.), harakteriga, rangiga, yorug’lik man’baidan uzoqligiga, predmetdan rasm chizuvchigacha bo’lgan masofaga bog’liq bo’ladi. Xususan, predmetga yorug’lik tik tushganda esa ularda yorug’ va soya nisbatlari keskin va yonboshdan tushganda ularning nisbati katta bo’lmaydi. Shuningdek, yumaloq shakldagi predmetlarda (konus, shar, stilindr) yorug’likdan soyaga o’tish yumshoq va ravon sodir bo’ladi, qirrali (kub, piramida, prizma v.b.) shakllarda esa bu xodisa keskin ro’y beradi.
    Yorug’soyalarning predmetlarda aks etishi gipsli geometrik shakllardagiga qaraganda aniqroq kuzatiladi.

    Tasviriy san’at nazariyasida yorug’soya qonunlarining ta’rifi quyidagicha belgilanadi. 1. Predmet yuzlarining yorug’lantirilgan qismiga yorug’, yorug’lik tushmagan qismiga soya deyiladi. “Yorug’dan soyaga o’tishdagi qismini yarimsoya” deb yuritiladi. 3. Yorug’likni o’rtasida joylashgan eng yorqin yaltiroq joyi blik deb ataladi. Tevarak atrofdagi yorug’likdan aks ta’sir etishi natijasida soyada hosil bo’lgan ochroq qismni refleks deyiladi. 26-rasm.


    Soyalarni ikki xili bo’ladi, shaxsiy soya va tushuvchi soya. Shaxsiy soyalar bevosita predmet tanasida joylashsa, tushuvchi soyalar, predmet tanasidan tashqarida bo’ladlar. Tushuvchi soyalarning harakteri yorug’lik manbaining yuqori yoki pastda bo’lishligiga bog’liqdir. Xususan predmetga yorug’lik yuqoridan tushsa tushuvchi soyalar qisqa, pastdan tushsa uzun bo’ladi. 27-rasm.
    Shuningdek, rangtasvir va qalamtasvirida yorug’soya perspektivasiga ham rioya qilinadi. Bu hodisa yorug’lantirilgan predmet bilan yorug’lik o’rtasidagi masofaga bog’liq bo’lib, unda yorug’lik bilan soya nisbatlari turlicha bo’ladi. Yoruqlantirilgan predmet yorug’lik manbaiga qanchalik yaqin bo’lsa predmet yuzasi shunchalik yorqin va aksincha qanchalik masofa uzoq bo’lsa yorug’soya va soya nisbatlari bir- birlariga yaqin bo’ladi. Bundan shunday xulosa chiqadiki, predmetlar bizning ko’zimizdan qanchalik uzoqlashsa, ularda faqat o’lchov jihatdan qisqarishgina ro’y bermasdan, balki ularni yorug’soyalarida ham aniqlik yo’qoladi, hajm ham yaxshi sezilmaydi, hajmli predmetlar yupqa va tekis ko’rinadi. Havo perspektivasiga xos bu hodisani yomg’irli yoki tumanli kunlarda yaqol kuzatish mumkin. Havo perespektivasining sodir bo’lishiga asosan kuzatuvchi bilan buyum orasidagi havo qatlami, tuman, par, yomg’ir, chang parchalari sababchi bo’ladi. Bu zarrachalar predmetning yorug’ qismini bo’g’adi, soyasini ochartiradi.

    Download 4.05 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28




    Download 4.05 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zamonaviy binolar aks etgan manzara kompozitsiyasini bajarish

    Download 4.05 Mb.