• I Bob. Tasviriy san’atning nazariy asoslari.
  • II Bob. Tasviriy san’atda manzara kompozistiyasini bajarish
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • Xulosa. Rangtasvirda ishlatiladigan atamalari va izohli lug’atlar Foydalanilgan adabiyotlar




    Download 4.05 Mb.
    bet2/28
    Sana26.05.2023
    Hajmi4.05 Mb.
    #65014
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
    Bog'liq
    Zamonaviy binolar aks etgan manzara kompozitsiyasini bajarish
    talabalarning-manzara-ishlash-zharayonidagi-bazi-muammolar, o-quvchilarining-badiiy-tasavvurlarini-rivojlantirishda-tasviriy-san-at-mashg-ulotlarining-ahamiyati (1), O`zbеkistоn rеspublikasi оliy va o`rta maхsus ta’lim vazirligi u (1), d6e2f2b58ed21b81785e6636df674ecc HAYKALTAROSHLIK, 181-184, 307-Текст статьи-696-1-10-20201220 (1), 2#039;ruza. Xolis fonda yalang‘och erkak gavdasi (1), Академик рангтасвир дарслик 21 22 2 2, БМИ ҲАЙКАЛТАРОШЛИК
    Xulosa.
    Rangtasvirda ishlatiladigan atamalari va izohli lug’atlar
    Foydalanilgan adabiyotlar
    Ilovalar.


    MAVZU: “ZAMONAVIY BINOLAR AKS ETGAN MANZARA KOMPOZITSIYASINI BAJARISH”

    Mundarija:

    Kirish........…………………………………………………………….1- 5 betlar
    I Bob. Tasviriy san’atning nazariy asoslari.
    1.1 Kompozitsiya................................................................................7- 11 betlar
    1.2 Tasviriy san’atda rangshunoslik…………………………………11-20 betlar
    1.3 Yorug’ soya qonunlari……………………………………………21-22 betlar
    1.4 Perspektiva................................................................................... 23 -26 betlar


    II Bob. Tasviriy san’atda manzara kompozistiyasini bajarish
    2.1 Manzara janri xususida...............................................................27-29 betlar
    2.2 Manzara kompozitsiyasi............................................................. 30-31 betlar
    2.3 Manzara ishlashda ranglarning xususiyatlari............................. 32-37 betlar
    2.4 Manzara ishlash texnoligiyasi.................................................... ..38-71 betlar
    Xulosa. .................................................................................... .. 72-73 betlar
    Rangtasvirda ishlatiladigan atamalari va izohli lug’atlar.....................74-78betlar
    Foydalanilgan adabiyotlar................................................................... 79- betlar
    Ilovalar. ................................................................................................. 80- betlar
    KIRISH.
    Ta’lim sohasida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar ta’limni yanada rivojlantirish, uning darajasini zamonaviy bosqichga ko’tarishdan iborat. Bu borada tasviriy san’atning o’rni ham benihoyat kattadir. Zero, yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularda estetik didni shakllantirish bevosita tasviriy san’at ta’limining ham asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Tasviriy san’at asarlari kishilarning his-tuyg’ulariga kuchli ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga egadir. Ayniqsa, manzara asarlarini tomosha qilish bilan insonlar, unda tasvir etilgan go’zallikni ko’rib, qalblariga go’zallik kirib boradi, tabiatga mehr-muhabbati ortadi. Tasviriy san’atning manzara janri asarlarida ona-yurtning go’zal va betakror, ulug’vor hamda epik obrazi gavdalanadi. Manzara asarlari inson ruhiyatiga ta’sir ko’rsatib, ma’naviy ozuqa berish bilan birga, ona-yurtning moddiy boyliklarni asrab-avaylashga o’rgatadi, ularni avlodlarga bekamu-ko’st etkazish zarurligi g’oyasini singdirishga xizmat qiladi. Shu ma’noda yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda manzara asarlarining ahamiyati kattadir. Ma’lumki, san’atning turlari nihoyatda ko’p bo’lib, ular adabiyot, musiqa, kino, teatr, me’morchilik, amaliy-bezak, sirk, televidenie, tasviriy san’at hisoblanadilar. “Tasviriy” atamasi “tasvirilash” so’zidan olingan bo’lib, unda turli material, xususan, buyoq, tosh, gips, yog’och shuningdek, boshqa badiiy va tashlandiq materiallar yordamida har xil obrazlarni va narsalarning rasmi, haykalini ifodalash tushuniladi. Tasviriy san’at ilm-fan kabi dunyoni, hayotni, tabiatni, halqlar tarixini bilishga xizmat qiladi. Tasviriy san’atning paydo bo’lishi ibtidoiy jamoa davriga borib taqaladi.
    Bu vaqtda kishilar voqealarni, odam va xayvonlarni toshlarga tasvirini chizib, ularni kesib turli ko’rinish va mazmunda haykallar yasaganlar. qadimdan kishilar san’at, tabiat xodisalari va kishilarning o’zaro munosabatlari, faoliyatlariga, xulqiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi deb hisoblaganlar. Shu qatori tasviriy san’at asarlari kishilarga katta kuch bilan ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ham ega.
    Kishilar tasviriy san’at asarlarini tomosha qilish orqali ularda ifodalangan go’zallikni ko’rish orqali o’z hayotiga ana shunday go’zallikni kiritishga harakat qiladilar, asarlardagi qahramonona harakatlarni ko’rib ularga o’xshashga intiladilar. San’at asarlaridagi xunuk voqealar, harakatlarni ko’rish orqali ulardan jirkanadilar. Ayniqsa, tarixiy janrdagi san’at asarlarini tomosha qilganda o’sha davrdagi tabiat manzaralari, narsalar, kishilar hayoti, mehnat va jang qurollari, ularning kiyimlari, urf-odatlari bilan tanishadilar, qurilishlar, binolar haqida tasavvurga ega bo’ladilar.

    Rassomlar o’z asarlarida hayotni qanday ko’rsalar o’shanday emas, balki undagi harakterli ko’rinishlarni tanlab oladilar, kerakmas ikkinchi darajali ko’rinishlarni tushurib qoldiradilar, muhimlarini bo’rttirib ko’rsatadilar. Tanishish va bo’rttirish orqali rassomlar narsa va xodisalarni kishilarning tafakkuri va hissiyotlariga samarali ta’sir ko’rsatishga erishadilar. Rassom borliqni shunchaki biladigan shaxs emas, balki u boy tasavvur va tafakkur qilish qobiliyatiga ega bo’lgan kishidir.

    U o’z ijodida borliqni shunchaki aks ettiribgina qolmay, balki unga asoslangan holda nimalarnidir o’ylab topadi, tasavvur etadi va to’qiydi. Eng muhimi san’at asarlari o’z mazmunida borliqni aks ettiribgina qolmasdan, u rassomning g’oyalarini ifodalaydi, uni boyitadi, Shu bilan birga bunday asarlar tomoshabinga emotsional ta’sir ko’rsatish kuchiga ham egadir.


    Tasviriy san’atda manzara, turmush, natyurmort, portret, tarixiy animal ,afsonaviy, marina, nyu, interer janrlari mavjud. Janr rassom nimani tasvirlayotganligiga qarab belgilanadi. Masalan, odam rasmini ishlansa “Portret” tabiat va shahar ko’rinishlari tasvirlansa “Manzara”, hayot va mehnat jarayonlari tasvirlansa “Turmush” janriga xos bo’ladi. Shuningdek, tarixiy voqealarni tasvirlash tarixiy janrga, xayvonlarni tasvirlash, animal janr deb yuritiladi. Afsonaviy, marina, natyurmort nyu janrlari ham bo’ladi. “animal” janri lotincha “anima” so’zidan kelib chiqan bo’lib xayvon ma’nosini anglatadi. “Batal” janri esa franstuzcha “batay” so’zidan kelib chiqan bo’lib jang,”NYu” janri franstuzcha bo’lib yalang’och ma’nosini bildiradi.
    Ayrim asarlar ikki va undan ortiq janrlarga mansub bo’ladi. Masalan, portret va nyu marina va manzara v. b. Har bir janr o’z o’rnida yana bir qancha janrlarga bo’linishi mumkin.
    Masalan tabiat manzarasi janri, shahar manzarasi janri, industrial manzara janri, dengiz manzarasi (marina) janri yoki portret janrini tantanavorlik, ishqiy, guruhli janrlarga bo’lish mumkin. Vaqt o’tishi bilan janrlar tabaqalashib, mustaqil tus oladilar. Masalan, manzara janiridan marina, tarixiy janrdagi batal janri ajralib chiqanlar.

    Download 4.05 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




    Download 4.05 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xulosa. Rangtasvirda ishlatiladigan atamalari va izohli lug’atlar Foydalanilgan adabiyotlar

    Download 4.05 Mb.