• Kompozistiyada muvozanat qonuni
  • Kompozistiyasining qoidalari
  • Kompozistiyada
  • Kompozistiyada kontrastlar




    Download 4.05 Mb.
    bet9/28
    Sana26.05.2023
    Hajmi4.05 Mb.
    #65014
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
    Bog'liq
    Zamonaviy binolar aks etgan manzara kompozitsiyasini bajarish
    talabalarning-manzara-ishlash-zharayonidagi-bazi-muammolar, o-quvchilarining-badiiy-tasavvurlarini-rivojlantirishda-tasviriy-san-at-mashg-ulotlarining-ahamiyati (1), O`zbеkistоn rеspublikasi оliy va o`rta maхsus ta’lim vazirligi u (1), d6e2f2b58ed21b81785e6636df674ecc HAYKALTAROSHLIK, 181-184, 307-Текст статьи-696-1-10-20201220 (1), 2#039;ruza. Xolis fonda yalang‘och erkak gavdasi (1), Академик рангтасвир дарслик 21 22 2 2, БМИ ҲАЙКАЛТАРОШЛИК
    Kompozistiyada kontrastlar qonuni alohida ahamiyat kasb etadi. Bu qonun undagi detallar rang va tong jixatidan bir biridan keskin farq qilishligini bildiradi. Xususan, ular och va to’q, iliq va sovuq rangda, og’ir va engil ranglarda bir biriga qarama-qarshi bo’lishlari lozim. Shundagina suvratdagi detallar bir-birining fonida aniq va ifodali ko’rinadi.
    Kompozistiyada muvozanat qonuni, uning muhim jihatlaridan hisoblanadi. Bu qonun suvrat yuzasida joylashgan detallarni chap va o’ng, yuqori va past tomonlarida shakl, rang, tong, son, katta yoki kichikligi jihatidan teng bo’lishligi lozimligini bildiradi. Bu sifatlarni u yoki bu tomonda ko’p yoki kam, katta yoki kichik och yoki to’q bo’lishligi suvratdagi tomonlarni muvozanatini buzishi mumkin. Natijada suvratni u yoki bu tomoni pastga yoki yuqoriga, chapga yoki o’ngga og’gandek tuyulishi mumkin. Natijada u tomoshabin g’ashiga tegadi. 16-rasm.
    Kompozistiyasining qoidalari orasida kompozistion markazni bo’lishligi juda muhimdir. Asarda bu qoidaga rioya qilinishini, rassom g’oyasini tomoshabinga tezroq aniq etib borishiga xizmat qiladi.
    Suvratdagi kompozistion markazni ajratib ko’rsatish ko’pincha asarlarda o’lchov, joy, rang jihatidan amalga oshiriladi. Natijada u tomoshabin e’tiborini suvratdagi asosiy ob’ektga qaratadi va rassom o’z asarida qo’ygan maqsadiga oson erishadi.
    Kompozistiyada detallarning simmetrik yoki assimetrik tarzda joylashuvi asar mazmuni va rassomning g’oyasidan kelib chiqan holda amalga oshiriladi.
    Bu qoida suvratdagi detallarni og’irligi, toni, rangi, shakli jihatidan muvozanatni saqlashga xizmat qiladi. Asarda detallarning assimetrik joylashuvi esa detal, shakl, yorug’soya, rang harakat, holatlar orqali ro’y beradi. Detallarni asarda assimetrik joylashuvi rasm g’oyasini amalga oshirishga xizmat qiladi. Aytaylik, asarning ikki tomonida qarama-qarshi kuchlar tengsizligini ko’rsatmoqchi bo’lganda rassom assimetriya qoidasidan foydalanishi mumkin. Detallar assimetrik bo’lgani taqdirda asarda muvozanatni buzilmasligi uchun rassom detallarni ritmik joylashtirishdan foydalanadi.
    Rassomlar ko’pincha o’z asarlarida ritmni bo’lishligiga ko’proq e’tibor beradilar. U tasviriy san’atni barcha tur va janrlarida qo’llaniladi. Ritm ko’proq shakl, rang, o’lchov, yorug’soya, harakat ko’rinishlarida ifodalanadi. U asar mazmuni bilan bog’liq bo’lib, muallifning g’oyasini tomoshabinga tez va oson etkazishga xizmat qiladi, asarni ifodaliligini oshiradi. Tasviriy asarlarda asosiy narsa yoki voqea ko’pincha ikkinchi planda joylashtiriladi. Bu esa brinchidan, asosiyni asar markazida bo’lishligiga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, birinchi plandagi mayda detallar asosiyga yo’l ochadi va tomoshabinni asardagi asosiy voqea bo’layotgan joyga kirib borishiga yordam beradi. Birinchi, uchinchi va boshqa plandagi tasvirlar asosiyni ochilishida yordamchi vosita bo’lib xizmat qiladi.

    Download 4.05 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




    Download 4.05 Mb.