|
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» nomli 10-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya «innovative academy» ilmiy tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlash markazi
|
bet | 9/71 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 363,42 Kb. | | #131379 |
Bog'liq «innovative academy» ilmiy tadqiqotlarni-fayllar.orgfoydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy,
kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va
modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini
oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana
olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Mazkur kompetensiyalar umumta’lim
fanlari orqali o‘quvchilarda shakllantiriladi.
Kommunikativ kompetensiyani boshlang’ich sinf o’quvchilarida shakllantirish juda
muhimdir. Kommunikativ kompetensiyada boshlang’ich sinf o’quvchisining muloqotda
muomala madaniyatiga amal qilishni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini
shakllantirish ham o’z o’rniga ega.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasida ta’lim samaradorligini oshirishda
zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuter va kompyuter tarmoqlari negizida ta’lim
jarayonini axborotlar bilan ta’minlashni rivojlantirish uchun texnika va texnologiyani bilish va
ulardan foydalana olish, funksiyalari va strukturasini bilishi, texnologiyalarini joriy eta olishi
talab qilinadi. Zamonaviy sharoitda shaxs tomonidan ozlashtiriladigan axborotlarning asosiy
manbalari - davriy matbuot (gazeta, jurnal va b.), audiovisual ommaviy axborot vositalari
(radio, televideniya), ovozli va video yozuvlar, axborot-kommunikatsion vositalar (kompyuter
tizimi, internet), reklama va hokazolar sanaladi. Ushbu axborot manbalari bilan to’g’ri
ishlashni o’rganish uchun ham axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirishimiz
lozim.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasini egallash ham boshlang’ich sinflarda muhim
ahamiyatga ega. Ma’lumki, bola bilimga qiziqmasdan turib, o’qishga intilmaydi, muvaffaqiyatli
o’qiy olmaydi. Bolada o’z kuchiga va qobiliyatiga ishonch hosil etish, o’qishga jalb etish, ilk
yutuqlari uchun rag’batlantirish, ayniqsa, ahamiyatlidir. Boladagi o’qishga qiziquvchanlik
qiyinchiliklarni yengishga, faolligini oshirishga, ishonch uyg’otishga va mustaqilligi kamol
topishiga olib keladi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi. Jamoa rivojlanish darajasidan dalolat beradigan
muhim belgilaridan biri – o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatiga ishtiyoqi hisoblanadi.
Kechaga tayyorgarlik ko’rish, shanbaliklarda ishtirok etish kabi maktab tajribasida muntazam
uchrab turadigan ishlarda ko’zga tashlanadi.
Milliy va umummadaniy kompetensiyani shakllantirishda boshlang’ich sinf
o’qituvchisining axloqiy obro’si g’oyat darajada yuqori bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi.
O’qituvchi ana shundagina tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishga ega bo’ladi. U o’z tarbiyaviy
faoliyatida yuksak darajadagi insonparvarlik fazilatlari, o’z ishiga sadoqati, intizomi,
odamiyligi, axloqiy sifatlari bilan ham ta’sir kuchiga ega. Chunki, o’qituvchilik qobilyati juda
ko’p sifatlarni: chuqur bilim, keng fikrlilik, ishga jon dildan ko’ngil qo’yish, bolalarga bo’lgan
cheksiz muhabbat, muomala, nazokatlilik, qalb yoshligi, serzavq temperament, oqil va
9
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 10-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
adolatlilik namunasi, alohida nazokat, sipolik va vazminlik kabi fazilatlarning bo’lishini taqozo
qiladi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda
foydalanish kompetensiyasida o’quv mehnatiga ongli munosabatda bo’lishlik ta’limning
ijtimoiy, o’qishning shaxsiy ahamiyatini tushunish demakdir
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» nomli 10-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya «innovative academy» ilmiy tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlash markazi
|