74
b) amaliy ish usullari:
ekskursiyalar, sport musobaqalari, olimpiadalar, tanlovlar va o‘quvchilar
faollari bilan olib boriladigan ishlar, mohir qo‘llar, texnika ijodi, yosh texniklar to‘garaklari va boshqalar;
v) ko‘rgazmali ish usullari: maktab muzeylari, mehnat qahramonlari galereyasi,
badiiy ijod
ko‘rgazmalari va boshqalar.
Sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari bo‘lib, ular quyidagilarga bo‘linadi:
jamoaviy ishlar-o‘quvchilar orasida olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan,
suhbatlar, uchrashuvlar, ma’ruzalarga bag‘ishlangan adabiy-badiiy yig‘ilishlar.
Madaniy-badiiy tadbirlar: – adabiy kechalar, spektakllar, badiiy havaskorlik kechalari, o‘tkir
zehnlilar tortishuvlari va boshqalar
Guruhli ishlar: Bunda o‘qituvchi sinfdan tashqari o‘quvchilarning ma’lum bir guruhi bilan tarbiyaviy
ishlar va tadbirlarni o‘tkazishi mumkin.
Individual yakka tartibdagi ishlar: bunda o‘qituvchi yoki tarbiyachi o‘quvchining individual yosh
xususiyatlariga qarab ish tutadi. Masalan: tortinchoq, passiv o‘quvchilar har bir sinfda ham uchraydi.
Sinfdan tashqari ishlar — umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quv tarbiyaviy
ishining tarkibiy qismi,
o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini tashkil etish shakllaridan biri. Sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarni barkamol
shaxs sifatida shakllantirish va ularni hayotga tayyorlaщda keng imkoniyatlar yaratadi. Sinfdan tashqari
ishlarga o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan va ularga tarbiya hamda bilim berishga qaratilgan turli xil
mashg‘ulotlar tizimi kiradi. Bunday mashg‘ulotlar pedagogik jamoa, sinf rahbari,
yoshlar tashkilotlari
rahbarligi va bolalarning o‘z-o‘zini boshqarish tashkilotlari tomonidan darsdan tashqari vaqtda
uyushtiriladi. O‘quvchilarning sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda o‘quvchilar saroylari, yosh texniklar,
yosh tabiatshunoslar, yosh sayyoxlar klubi va maktabdan tashqari boshqa muassasalar katta yordam beradi..
Tarbiyaviy ishlar sistemasida maktab va maktabdan tashqari muassasalari, jamoatchilik, mahalla
qo‘mitalari va oqsoqollari bilan o‘zaro hamkorlik qilishi ijtimoiy va pedagogik jihatdan muhim ahamiyatga
egadir.
Ko‘rinib turibdiki, sinfdan tashqari ishlarning ko‘rinishlari turli-tuman, mazmuni boy, hatto maktab
tarix kursining mavzusidan chetga chiqishi ham mumkin. Shuni aytish kerakki, sinfdan tashqari ishlarning
mazmuni qanchalik boy va turli- tuman ko‘rinishlarda olib borilmasin, ular bir maqsadga: ta’lim-tarbiya
vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda va ularni kompleks hal etishda maktablardagi, gimnaziya, kollej
va litseylardagi ma’naviy va ma’rifiy ishlar tashkilotchisi ham alohida o‘rin egallaydi. Uning bolalar ta’lim-
tarbiya muassasalari, sinf rahbarlari, va jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligi alohida ahamiyatga
ega. Sinfdan tashqari ishning asosiy maqsadi o‘quvchilardagi fanga bo‘lgan qiziqishni rivojlantirish, ularni
darsda olgan bilimlarini to‘ldiruvchi va chukurlashtiruvchi, malaka, ko‘nikma
va kompetensiyalar bilan
qurollantirishdan iborat.