BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARNING OG’ZAKI NUTQINI O’STIRISHDA




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/170
Sana24.11.2023
Hajmi4,42 Mb.
#104996
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   170
Bog'liq
12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDF

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARNING OG’ZAKI NUTQINI O’STIRISHDA 
YUQORI SAMARADORLIKKA ERISHISH USULLARI 
Tohirova Shozoda Shamsullayevna 
Buxoro tuman 8-maktabning boshlang'ich sinf o'qituvchisi 
Insonda yaxshi fazilatlar, ya’ni odob-ahloq, muomala madaniyati kabi fazilatlar ta’lim-tarbiya 
bosqichlarida yillar osha shakllanadi. Bu borada boshlang’ich ta’lim muhim bosqich sanaladi. 
Nutq va uning turlari gapirganimizda quyidagi natija orqali fikr yuritamiz. Kishilar tildan fikr bayon 
qilish quroli sifatida foydalanadilar. Ular o’z fikrlarini ovoz bilan eshittirib bayon qilishdan oldin u haqda 
o’ylab oladilar. Bu ichki nutq hisoblanadi. Ichki nutq eshittirilmagan va yozilmagan, 
«o’ylangan» (fikrlangan) nutqdir, bu nutq fikrlovchi kishining o’ziga qaratiladi. tashqi nutq tovushlar 
yordamida eshittirilib yoki grafik belgilar bilan yozilib, boshqalarga qaratilgan nutqdir. Ichki va tashqi 
nutqning fiziologik tabiati bir xil; farqi − tashqi nutqda nutq a’zolarining harakati natijasida tovush 
chiqariladi yoki yozib bayon etiladi; ichki nutqda nutq a’zolarining harakati tovushsiz yuzaga keladi. 
Ichki nutq materialni tushunish va yodda saqlashga yordam beradi, tashqi nutqni o’stirishda birdan-
bir zaruriy vosita hisoblanadi. O’ylash, fikr yuritish ichki nutq asosida bo’ladi. Ichki nutq o’quvchini tashqi 
nutqqa, javobgarlikni his qilib gapirishga o’rgatadi. Ichki nutq jarayonida o’ylash o’quvchining nutqi va 
tafakkurining o’sishida muhim vositadir. 


75 
Maktabda o’quvchilarning tashqi nutqigina emas, balki ichki nutqi ham o’stiriladi. Bolalar ichda 
o’qishga o’rganadilar va ichki nutqda materialni o’zlashtiradilar, turli vazifalarni o’zlari hal qiladilar, 
asosiysi − o’zlarining og’zaki va yozma fikrlarini tayyorlab oladilar. 
Fikrni ifodalash usuliga ko’ra nutq og’zaki va yozma bo’ladi. Og’zaki nutq yozma nutqdan 
quyidagicha farqlanadi: og’zaki nutq tovush nutqi, yozma nutq esa grafik nutqdir. Og’zaki nutqda eshitish 
sezgisi, yozma nutqda esa ko’rish va motor-harakat (qo’l harakati) sezgisi asosiy o’rin tutadi. Og’zaki nutq 
ham, yozma nutq ham kishilarning o’zaro aloqa quroli sifatida xizmat qiladi, ammo og’zaki nutq aniq 
hayotiy sharoitda, bevosita aloqa jarayonida yuzaga keladi; yozma nutqdan bevosita, aniq sharoitdan 
ajratilgan holda ham, kishi ishtirokisiz ham foydalaniladi. 
Og’zaki nutq ko’pincha dialog tarzida, yozma nutq esa monolog tarzida bo’ladi. Yozma nutq logik 
izchillikka rioya qilgan holda, ayrim til shakllarini tushirib qoldirmay, ortiqcha takrorga yo’l qo’ymay 
bayon qilishni talab etadi. SHuning uchun yozma nutq ancha murakkab va mavhum hisoblanadi. 
Boshlang`ich sinf darslar jarayonida o`quvchilarni og`zaki nutqini ostirish uchun ko’proq hikoya va 
ertak o’qitilishi lozim. 
Nutq - kishi faoliyatining turi, til vositalari (so’z, so’z birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga 
solishdir. Nutq o’zaro aloqa va xabar, o’z fikrini his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta’sir etish 
vazifasini bajaradi. 
Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishi faoliyatining muhim vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. 
O’quvchi uchun esa nutq maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olish qurolidir. 
Nutq o’stirish nima? Agar o’quvchi va uning tildan bajargan ishlari ko’zda tutilsa, nutq o’stirish 
deganda tilni har tomonlama (talaffuzi, lug’ati, sintaktik qurilishini, bog’lanishli nutqni) faol amaliy 
o’zlashtirish tushuniladi. Agar o’qituvchi ko’zda tutilsa, nutq o’stirish deganda, o’quvchilarning tilning 
talaffuzi, lug’ati, sintaktik qurilishi va bog’lanishli nutqni faol egallashlariga yordam beradigan metod va 
usullarni qo’llash tushuniladi. SHuning uchun ham grammatika va imlo dasturi tovushlar va harflar, so’z, 
gap, bog’lanishli nutq kabi qismlarni o’z ichiga olgan. Ona tili dasturining bo’limlari «Xat-savod o’rgatish 
va nutq o’stirish», «O’qish va nutq o’stirish», «Grammatika, imlo va nutq o’stirish» deb nomlangan. 
Ma’lumki, nutq tafakkur bilan bog’liq, shuning uchun u tafakkur bilan uzviy o’stiriladi. Darsda 
o’qilgan asarni o’quvchilar ongli tushunishi, asosiy mazmunini, g’oyasini anglab yetishi uchun analiz
sintez, taqqoslash, umumlashtirish kabi mantiqiy usullar qo’llanadi. O’qilgan asarni analiz qilishda har xil 
ish uslublaridan foydalaniladi. Bolalar hikoyadagi asosiy qatnashuvchi shaxslarni aytadilar, o’qituvchi 
rahbarligida asar rejasini tuzadilar. Qatnashuvchi shaxslarni o’quvchilar har xil tartibda aytishlari mumkin, 
ammo o’qituvchi ularni asarda qatnashish tartibida aytishni so’raydi. Natijada o’qituvchi rahbarligida 
hikoyaning chizmasi tuziladi. O’qituvchi bergan savollar yordamida asarlarning mazmuni aniqlanadi. 
SHunday qilib, asar mazmuni bilan birinchi tanishish o’quvchilardan ongli ishlashni, ya’ni 
voqealarni, qatnashuvchilar tarkibini analiz qilishni talab etadi. O’qish bilan bog’liq holda bajariladigan 
bunday mantiqiy ishlar asta-sekin murakkablasha boradi. 
Boshlang’ich sinflarning o’qish darslarida o’quvchilar nutqini o’stirish vositalaridan biri turli 
uyushtirilgan qayta hikoyalashdir. Maktab tajribasida to’liq, qisqartirib, tanlab va ijodiy qayta hikoya qilish 
turlari mavjud. Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun matnni to’liq yoki matnga yaqin qayta hikoyalash 
ancha oson, boshqa turlari esa nisbatan qiyinroqdir. Qayta hikoyalashda o’qilgan hikoya mazmuni 
yuzasidan o’qituvchining savoli, o’quvchilarni hikoyaning detallari haqida, ayrim voqealar o’rtasidagi 
bog’lanishning sabab-natijalari haqida fikrlashga qaratilishi lozim. Asar syujetining rivojlanishida 
qatnashuvchi shaxslar, ularning xatti-harakati asosiy rol o’ynaydi. O’quvchilar asar mazmunini unda 
ishtirok etuvchi shaxslar va ularning xatti-harakati, xarakterli xususiyatlarini tahlil qilish yordamida yaxshi 
anglab yetadilar. O’qituvchining savoli asar qahramonlari nima qilgani, ularning u yoki bu xatti-harakati 
qayerda va qanday sharoitda yuz bergani haqida so’zlab berishga, voqealarni izchil bayon qilinishga va 
o’zaro bog’liqligini yoritishga yunaltirilishi lozim. 
O’quvchi o’qilgan asar mazmunini o’qituvchi savoli yordamida aytib berishida faqat analizdan emas, 
sintezdan ham foydalaniladi: ayrim lavhalar o’zaro bog’lanadi (sintezlanadi), bir-biriga taqqoslanadi, ular 
yuzasidan muhokama yuritiladi va xulosa chiqariladi. 
Ko’pincha boshlang’ich sinf o’quvchilari qatnashuvchi shaxslar xatti-harakatini yaxshi 
tushunmasliklari, ba’zan noto’g’ri yoki yuzaki tushunishlari natijasida asar mazmunini anglab yetmaydilar. 
SHuning uchun ham o’qituvchi savolni juda o’ylab tuzishi, u bolani fikrlashga, o’ylashga majbur etadigan, 
qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakati, voqealarning bog’lanishi yuzasidan muhokama yuritishga 
undaydigan, ularni o’zaro qiyoslashga, ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlashga yordam beradigan bo’lishi 


76 
lozim. O’quvchi asarda qatnashuvchilarning xatti-harakatini qanchalik aniq ko’z oldiga keltira olsa, u 
hikoyaning asosiy mazmunini shunchalik chuqur tushunadi, shunchalik mustaqil qayta hikoya qilib beradi. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati 
Otaqulova G. “Vatanni sevmoq iymondandir” Boshlang`ich ta`lim jurnali 2001- yil №2 mart-aprel 
12-13-bet 
Azimova “O`zbekistonim mening” Boshlang`ich ta`lim jurnali 2003-yil №15 mart-aprel 4-5-bet 
3.Q.Rahimboyeva vatanim –yorug` maskanim Boshlang`ich ta`lim jurnali 2001- yil №1 mart-aprel 6-7- bet 
Azimova Istiqlolim – istiqbolim Boshlang`ich ta`lim jurnali 2003-yil №5 martaprel 6-9-bet 

Download 4,42 Mb.
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   170




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARNING OG’ZAKI NUTQINI O’STIRISHDA

Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish