71
Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning tarbiyasida, ularni jismonan baquvvat,
aqlan
barkamol bo‘lib yetishishlarida jismoniy tarbiya yetakchi rolni o‘ynaydi. Bu muammolarni hal etishda
asosiy o‘rin bolalar orasida, o‘qituvchilar, ota-onalar o‘rtasida organizmni chiniqtirish, gigiyenik qoidalari
va talablarini o‘rgatish va tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzini tartib etish egallaydi. Shu sababli birinchi
navbatdagi vazifa bolalarni har tomonlama to‘liq rivojlanishiga yordam berish, salomatligini
mustaxkamlash, hayotga va mexnatga tayyorlash, yetuk shaxs bo‘lishiga hissa qo‘shishdir.
O‘quvchilarni jismoniy tarbiyalashning turli xil shakllaridan foydalanish maktabda nafaqat jismoniy
tarbiya o‘qituvchisining vazifasi, balki boshlangich sinf o‘kituvchilarining, maktab jamoatchiligining va
maktab yoshlar uyushmasi faollarining ham bevosita vazifasidir. Ammo ko‘pgina maktablarda jismoniy
tarbiya davlat dasturida ko‘zda tutilgandek tashkil qilinmaydi. Buning
birinchi sababi maktab
o‘qituvchilarining jismoniy tarbiya mas’ul bo‘lganlarning barchasida jismoniy tarbiya nazariyasiga va
metodikasiga oid bilimlar yetarli emas. Bu muammolarni hal qilishga qaratilgan, metodik adabiyotlar va
qo‘llanmalar ham juda kam.
Respublikamiz mustaqilligining xalqimizga bergan eng buyuk ne’matlaridan biri yoshlar o‘rtasida
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga berilayotgan katta e’tibordir. Prezidentimiz I.A.Karimov
o‘zining «Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori» nomli ma’ruzasida har tomonlama
rivojlangan yetuk va barkamol avlodni voyaga yetkazish, jismoniy kamolotni shakllantirishga va taraqqiy
ettirishga alohida ahamiyat berish, omma orasida jismoniy tarbiya va sport madaniyatini yuqori saviyaga
ko‘tarish lozimligini alohida uqtirib o‘tgan.
Keyingi yillarda bolalar sporti va jismoniy tarbiyani rivojlantirishga katta e’tibor berilayotgani
hammamiz uchun quvonarlidir. Ammo shunga qaramay hali ta’lim muassasalarida bolalarning jismoniy
tarbiyasini to‘g‘ri tashkil etish borasida qator muammolar mavjud.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy jihatdan sog‘lomlik
darajasi qoniqarli emasligi ko‘pgina mutaxassislar tomonidan e’tirof etilmoqda. Ilmiy tadqiqotlar natijasida
olingan ma’lumotlarga ko‘ra bugungi kunda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining to‘rtdan
uch qismi
birdaniga ortiqcha o‘quv yuklamalari bilan band etilganligi oqibatida odatdagi o‘quv predmetlarini
o‘zlashtirishga qiynalmoqdalar.
Sir emaski, ko‘pincha boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari birinchi sinfga kelgan o‘quvchilarining
savodini tezroq chiqarish, ularni yozishga va o‘qishga, hisob-kitobga tezroq o‘rgatish uchun yozuv, o‘qish
va matematika mashg‘ulotlariga asosiy e’tiborni qaratadilar-da, aksincha, bolalarning qiziqishi va ehtiyoji
ko‘proq seziladigan jismoniy tarbiya, musiqa, mehnat kabi mashg‘ulotlarni ikkinchi o‘ringa surib
qo‘yadilar. Buning natijasida boshlang‘ich sinf o‘quvchisi rivojlanishida ham jismoniy,
ham psixologik
nosozliklar vujudga keladi. Bu esa, o‘z navbatida bolaning maktabdan, o‘qishdan tez bezib qolishiga sabab
bo‘ladi. Maktab uning uchun o‘z imkoniyatlarini namoish etadigan, bilish, o‘qish va o‘rganish ehtiyojlarini
qondiradigan, uni takomillashishga bo‘lgan intilishini qanoatlantiradigan joy emas, balki uni har
tomonlama ezib qo‘yadigan zindonga aylanadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchisining jismoniy xatti-harakatlarga bo‘lgan ehtiyojining yuqoriligi uning
yosh va fiziologik xususiyatlari bilan asoslanadi. Bu davrda bolaning suyak- muskul tizimi shakllanishda
davom etib, uning organizmida suyaklashish davri kechayotgan bo‘ladi. Ana shu holatning o‘zi uning
jismoniy xatti-harakatlarga bo‘lgan ehtiyojini oshiradi. Ko‘p aqliy mehnat talab etadigan mashg‘ulotlarda
vaqti-vaqti bilan fizkultdaqiqalarni o‘tkazib turishning o‘zigina bolaning yuqorida aytib o‘tilgan
ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli hisoblanmaydi. Hatto haftada ikki marta o‘tkaziladigan jismoniy
tarbiya mashg‘ulotlarining o‘zi ham o‘quvchilarda jismoniy ko‘nikmalarni,
qolaversa, jismoniy
madaniyatni talab darajasida shakllantirish uchun yetarli emas.
Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining faqat
9%i - yuqori darajadagi, 57%i – o‘rta darajada, 34%i – past darajadagi jismoniy ko‘rsatgichlarga ega.
T.V.Korneyevaning fikricha, 95,3% boshlang‘ich sinf o‘quvchilari darsdan tashqari paytlarda
jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanmaydilar, 87,8 %i esa ertalabki badantarbiyani bajarmaydi, faqat 12%
bolalar ota-onalari bilan faol dam oladilar.
Bu ko‘rsatkichlar, albatta, bizni tashvishga soladi. O‘quvchilarda boshlang‘ich sinfdan, hatto undan
ham oldinroq jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanish ko‘nikmalarini
shakllantirish, sog‘lom
turmush tarzini yo‘lga qo‘yish faqat ta’lim muassasalarining emas, balki ta’lim-tarbiya ishi bilan
shug‘ullanadigan barcha ijtimoiy institutlar – oila, maktab, mahalla, ommaviy axborot vositalari, huquq-
targ‘ibot organlarining birgalikdagi bahamjihat faoliyat ko‘rsatishlariga bog‘liqdir.
Xulosa qilib aytganda, barcha ijtimoiy institutlar ishini bolalarda jismoniy madaniyatni
shakllantirishga oid zarur metodik ko‘rsatmalar
va tavsiyalar, zarur bilimlar bilan qurollantiradigan