84
taraqqiyot darajasi, uni ta’minlovchi pedagogik-psixologik bilimlarni o‘zlashtirmasdan turib, yetuk
mutaxassis bo‘lish mumkin emas.
Abu Rayhon Beruniy insonni tabiatning uzviy ajralmas qismi sifatida talqin qiladi. Shunga ko‘ra, u
o‘zining pedagogik qarashlarida inson, uning baxt-saodati, ta’lim- tarbiyasi va kamoloti kasbiy faoliyatning
asosini belgilashini ta’kidlaydi.
Alisher Navoiy esa o‘zining bir qator “Hayrat-ul Abror”, “Farhod va Shirin”, “Saddi Iskandariy”
kabi asarlarida inson muayyan bir kasbni egallashi lozimligi, uning ustasi bo‘lishi
zarurligini ijtimoiy
ehtiyoj mahsuli ekanligini e’tirof etadi.
Ko‘rinib turibdiki, bo‘lajak pedagog-tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda dastlab kasbiy
ehtiyojni shakllantirish, ularning qiziqish va mayllarini aniqlash asosida ularga pedagogik mahorat sirlarini
o‘rgatish, bosqichma-bosqich kasbiy tayyorgarlik darajasini tahlil etish asosida o‘quv jarayoniga tuzatishlar
kiritishi talab qilinadi.
Qobiliyat shaxsning muayyan faoliyatni egallashga layoqatlilik darajasini ifodalaydi. Layoqat-bu
nasldan-naslga o‘tadigan irsiy xususiyat bo‘lib, insonda barcha turdagi faoliyatga nisbatan layoqat
kurtaklari mavjud. Lekin bu layoqatlar o‘z-o‘zidan qobiliyat darajasiga ko‘tarilmaydi. Buning uchun qulay
ijtimoiy-pedagogik muhit, sharoit va shaxsning faolligi zarur. Bularning
barchasi kasbiy faoliyatni
shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Kasbiy- pedagogik qobiliyat tadrijiy tarzda rivojlanadi.
Bo‘lajak pedagog-tarbiyachi o‘z kasbini chuqur o‘zlashtirishi, pedagogik jarayonlarni samarali
boshqarish san’atini egallashi lozim. Buning uchun u bolalarda yangi bilimlar va ko‘nikmalar hosil qilishi,
ularning rang-barang faoliyatlari, bilish jarayonlarini samarali boshqarish mahoratini egallashi kerak. U,
birinchi navbatda, tarbiyalanuvchilar orasida jamoani shakllantirishi, ularni mashg‘ulotlarga
jalb qila
bilishi, kasbiy ko‘nikmalaridan o‘z o‘rnida foydalana olishi talab qilinadi.
Pedagog-tarbiyachining muhim sifatlaridan biri bolalarni sevishdir. Bolalarni sevish tarbiyachilarga
ularda muayyan ko‘nikmalarni osongina shakllantirish imkonini beradi.Bola qalbiga yo‘l topish, u bilan
samimiy muloqotga kirishish, uni har tomonlama rivojlantirish ta’lim jarayoniga tayyorlashda
tarbiyachilarga qulaylik tug‘diradi.
Pedagogik amaliyot jarayonida bo‘lajak pedagog-tarbiyachilar mashg‘ulotlar mazmunini bolalarga
tushunarli tarzda bayon etishi, ularni mustaqil fikrlash, faollikka o‘rgatishi, qiyin topshiriqlarni oson bayon
qilish usullarini topishi, bolalar bilan osongina muloqot o‘rnata olishi, maktabgacha ta’lim pedagogikasi va
psixologiyasiga oid manbalar bilan tanishishi, ular ustida ishlay olishi, o‘zining kasbiy rivojlanishi yo‘lida
mustaqil bilim olishi, tarbiyalanuvchilarning psixologik holatini his eta olishi,
ularning qalbini zabt eta
olishi, ertak va topishmoqlarni bolalarga jonli, obrazli o‘qib bera olishi lozim. Shu bilan bir qatorda,
tarbiyalanuvchilarga pedagogik ta’sir ko‘rsatish vositalari, usullari va metodlarini puxta egallagan bo‘lishi
zarur.
Adabiyotlar :
1.
Ahmadxo‘jayev H. T., Mirdadayev K.M., Qozoqov O.S. Menejment va strategiyani
boshqarish. – Toshkent: Ilm Ziyo, 2004. – 36-39-b.
2.
Djurayev R.X., Turg‘unov S.T. Ta’lim menejmenti: O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Voris,
2006. – 264 b.
3.
Zvereva V.I. Organizatsionno-pedagogicheskaya deyatelnost rukovoditelya shkolы. – 2-e
izd., pererab. i dop. – M.: Novaya shkola, 1997. – 320s.
4.
Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A. Ta’lim menejmenti. – Toshkent, 2006. – 73 b.
5.
Kalinin I.V. Strategiya podbora kadrov kak stilevaya xarakteristika upravlencheskoy
deyatelnosti rukovoditelya: Diss kand. psixol. nauk. – M., 1996. – S. 33-36.
6.
Komilov N., Begmatov A., Quronov M. Rahbar va xodim. – Toshkent: Akademiya, 1998.
– 170 b.
7.
Murakayev I.U., Saifnazarov I.S. Menejment asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston,
8.
2001. – 191 b.
9.
Petrovichev V.M. Regionalnoye obrazovaniye: organizatsiya, upravleniye razvitiyem. –
Tula: Priokskoye izd., 1994. – S.6.