BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA TASHKILOTCHILIK SIFATLARINI




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/170
Sana24.11.2023
Hajmi4,42 Mb.
#104996
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   170
Bog'liq
12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDF

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA TASHKILOTCHILIK SIFATLARINI 
SHAKLLANTIRISH 
Rajabova Feruza Suvonovna 
Buxoro viloyati G'ijduvon tumani.2-umumiy o'rta ta'lim maktabi boshlang'ich ta'lim 
o'qituvchisi 
 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishda ularning yosh, psixologik 
va fiziologik xususiyatlari, shuningdek, layoqat, qiziqish va qobiliyatlarini inobatga olish kutilgan 
natijaning qo‘lga kiritilishiga yordam beradi. 
Tashkilotchilik layoqatiga egalik shaxsning jamoa faoliyati ni uyushtirish, ijtimoiy, shu jumladan, 
ma’naviyma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda tashkiliy masalalarni muvaffaqi yatli hal qilish, tadbirlarni 


78 
metodik jihatdan maqsadga muvofiq o‘tkazilishini ta’minlash hamda tadbirlar jarayonida har bir ishtirokchi 
tomonidan muayyan vazifalarning bajarilishkga rahbarlik qilish ehtiyojining mavjudligini ifodalaydi. 
Jamoa faoliyatini uyushtirishda tashkilotchi shaxs o‘z zimmasiga muayyan majburiyatlarni olish, 
mas’uliyatni chuqur his etish, dadil harakatlanish, berilgan so‘z (va’da)da qat’iy turish, har bir a’zoga 
nisbatan talabchan bo‘lish, jarayon natijasi uchun javobgarlik hissini tuyish kabi sifatlarni o‘zida namoyon 
eta olishi lozim. 
Boshlang‘ich ta’lim yoshi psixologik nuqtai nazardan mustaqillik, o‘z imkoniyatlarini baholash va 
o‘z-o‘zini boshqarish kabi sifatlar shakllanadigan davr sanaladi. Mazkur yosh davri bolalarining turli 
faoliyat ko‘rinishlario‘yin, mehnat va ta’lim jarayonlaridagi ishtiroklari ularda faollik, harakatchanlik, 
mustaqil qaror qabul qilish, o‘z imkoniyatlarini baholash hamda o‘zlari mansub bo‘lgan mikroguruhda 
tengdoshlarining xatti-harakatlarini tahlil qilish layoqatlarining shakllanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. 
Shuningdek, boshlang‘ich ta’lim davrida sinf rahbarlari hamda fan o‘qituvchilari tomonidan 
o‘quvchilarning turli ko‘rinishdagi faoliyatlarini tizimli, doimiy kuzatib borishlari o‘quvchilarni o‘z 
xattixarakatlariga baho berishga o‘rgatadi. 
Sinf rahbarlari va fan o‘qituvchilarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘yin, mehnat va o‘quv 
faoliyatida erishayotgan eng oddiy muvaffaqiyatlari uchun ham rag‘batlatirib borishlari ularda o‘z 
imkoniyatini munosib baholash, o‘z kuchiga ishonish, mustaqillik, tashabbuskorlik va maqsadga 
intiluvchanlik kabi sifatlarni shayutaantirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. 
Maktabdagi faoliyatlari davrida o‘qituvchilar tomonidan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘z 
atrofida tengdoshlarini ergashtira olish, topshirilgan vazifani bajarishda mas’uliyatli bo‘lish, bajarilgan 
ishlar natijasi haqida mas’ul sub’ektlarga o‘z vaqtida hisobot berib borish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni 
tez anglash, xatolarni tan ola bilish va uni bartaraf etishda tashabbus ko‘rsatish va bu yo‘lda mustaqil 
harakat qilishga izchil ravishda o‘rgatib borish pedagogik jihatdan samarali hisoblanadi. 
Nazariy tahlil natijasida ma’lum bo‘lishicha, manbatarda ''tashkilotchilik" tushunchasining 
muqobillari sifatida "etakchilik", "liderlik", "sardorlik" va "yo‘lboshchilik" kabi atamalar ham qo‘llaniladi. 
Mazkur tushunchalar o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik, bog‘liqlik mavjud bo‘lib, jamoaning uyushgan holda 
faoliyat ko‘rsatishida individual shaxslarning ustuvor rolini ifodalashga xizmat qiladi. Shu bilan birga 
yuqorida tilga olingan tushunchalarning har bir o‘ziga xos mazmunni ifodalash bilan birga shaxs 
faoliyatining muayyan darajalarini belgilaydi. Quyidagi mazkur tushunchalarning lug‘aviy ma’nolarini 
bayon etish orqali ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik, bog‘liq hamda farqlar xususida to‘xtalib o‘tiladi. 
Tushunchatarning lug‘aviy ma’nolarini yoritishda besh jildlik "O‘zbek tilining izoxli lug‘ati"da berilgan 
ma’lumotlar asos qilib olindi. 
Tashkilotchilik (arabcha "tashkil" so‘zidan olingan) muayyan ish harakatni boshlab berish, tashkil 
etish, uyushtirish yoki uyushtirishni oqilona rejatashtirish xislati. 
Liderlik (inglizcha "Sheg" sardor, rahbar) jamoa faoliyatini tashkil etishda asosiy o‘rin tutish yoki 
bosh vazifani bajarish, jamoa a’zolarini yagona maqsad atrofida birlashtira olishi qobiliyati. 
Sardorlik (forscha boshi bor) jamoa faoliyatini tashkil ztishda yo‘l -yo‘riq ko‘rsatish, zarbdorlik, 
ilg‘orlik. 
Yo‘lboshchilik (yo‘l boshlovchilik) jamoa ijtimoiy harakatiga g‘oyaviy va siyosiy rahbarlik qilish. 
"Tashkilotchilik", "etakchilik", "liderlik", "sardorlik" va "yo‘lboshchilik" tushunchatarning lug‘aviy 
ma’nolari bilan tanishish ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va bog‘liq jamoa faoliyatining tashkil etilishi, 
a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarning yagona maqsad, umumjamoa manfaatlari sari yo‘natgirilishi, 
shuningdek. jamoa faoliyati mazmunini g‘oyaviy jihatdan boyitilishi hamda takomillashtirilishi kabilarda 
aks etishiga ishonch hosil qilindi. Tushunchatar o‘rtasidagi farq esa ular yordamida ifodalangan sifatlarga 
ega shaxs tomonidan jamoa faoliyatiga turlicha ta’sir o‘tkazilishi (tashkil etish, uyushtirish, rejalashtirish 
(dastlabki bosqich); jamoa faoliyatini yo‘naptirish, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, g‘oyaviy rahbarlik qilish 
(jarayonni tartibga solish, boshqarish (asosiy bosqich))da yaqqol namoyon bo‘ladi. Tashkilotchilik 
zamonaviy, ishbilarmon shaxsga xos sifatlar majmui sanaladi. Ingliz olimi F.Teylorning fikriga ko‘ra, 
zamonaviy shaxs qiyofasida aql-idrok, maxsus ma’lumot hamda texnikaviy bilimlarga egalik, chidamlilik, 
bardoshlilik, xushmuomalachilik, ta’sirchanlik, qat’iyatlilik, xaqiqatgo‘ylik, mulohazakorlik kabi sifatlar 
namoyon bo‘ladi. 
Boshqaruv sohasida faoliyat yuritayotgan olim A.Fayol tashkilotchi shaxs, eng avvalo, uzoqni ko‘ra 
olish qobiliyatiga ega bo‘lishi zarurligini uqtiradi. Uzoqni ko‘ra olish qobiliyati negizida jamoa ijtimoiy 
faoliyatini tashkil etish layokati, mustaqkam sog‘lik, intellektual salohiyat, jismoniy barkamollik, yuksak 
madaniyatlilik va axloqyailik. Muallifning fikricha, tashkilotchilik sifatlari jamoani uyushtira olish, 
mutaxassis (kadr)larni joy-joyiga qo‘yish, istiqbolda hal etiluvchi vazifalar (uyushtiriluvchi tadbirlar)ni 


79 
rejalashtirish, qatiy nazoratni yo‘lga qo‘yish bilan xarakterlanadi. Shaxsda tashkilotchilik sifatlari muayyan 
psixologik xususiyatlarning namoyon bo‘lish jarayonida shakllanadi. 
Bir qator manbalarda "etakchi" va "etakchilik" tushunchaparining mohiyati ochib berilgan. Ya’ni: 
yetakchi yo‘l ko‘rsatuvchi ma’nosini anglatadi. Bu xususiyatga ega inson boshqalarga ta’sir eta olishi, 
muayyan maqsadlarga erishish uchun ularning birgalikda faoliyatini tashkil eta olish qobiliyatiga ega; 
yetakchilik bu boshqa kishilarga ta’sir etish demakdir. Yetakchi va uning izdoshlari o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlar mavjud bo‘lib, u yetakchidan guruh a’zolariga qarab har doim bir tomonlama yo‘nachtirilgan 
bo‘ladi; yetakchilik-bu boshqaruvchanlik maqomi, qarorlar qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy 
pozitsiyadir. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tashkilotchilik sifatlari o‘z-o‘zidan shakllanib qolmaydi. Buning 
uchun ana shu maqsadga yo‘naltirilg‘an pedagogik faoliyatni tashkil etish taqozo etiladi. Pedagogik 
faoliyatni tashkil qilish jarayonida esa muayyan shartlarga amal qilingandagina qo‘llangan natijani qo‘lga 
kiritish mumkin. Quyidagi shartlarga amal qilingandagina boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tashkilotchilik 
sifatlarini samarali shakllantirishga erishilishi aniqlandi: 
Dars jarayonida: 
o‘quvchining yoshi, individualpsixologik xususiyatlarini chuqur tahlil qilish, bilim saviyasini 
munosib baxrlash; 
dars jarayonida zamonaviy texnologiyalar, ilg‘or tajribalardan foydalanish uchun qulay 
shartsharoitlarg‘shng yaratilishi; 
pedagog hamda o‘quvchilar o‘rtasida ob’ektiv va sub’ektiv munosabatlarning to‘g‘ri yo‘lga 
qo‘yilishi; 
dars jarayonida o‘quvchilarni turli muammoli vaziyatlar va ularning yechimini topish orqali ijtimoiy 
hayot sohalarida faol tashkilotchi sifatida qobiliyatini namoyon qilishga zamin yaratish: 
dars jarayonida o‘tiladigan mavzularning mazmuniga mos ravishda ularda tashkilotchilik sifatlarini 
shakllantirishga undovchi o‘quv topshiriqlari tizimini ishlab chiqish. 
Sinfdan tashqari ishlar jarayonida: 
o‘quvchilar jamoasi, o‘quvchining jamoadagi ishtiroki, o‘zaro munosabatga kirishuvchanligi: 
o‘qituvchi tomonidan muayyan ijtimoiy vaziyat, pedagogik shartsharoit, mavjud holatning 
o‘rganilishi; 
sog‘lom ijtimoiy muhit, qadriyatlar, jamoada rioya qilinadigan tartibqoida, intizomni o‘quvchilar 
tomonidan anglab yetilishi; 
bajarilgan va bajarilishi lozim bo‘lgan faoliyat turiga ko‘ra o‘quvchilarni o‘z vaqtida rag‘batlantirilib 
borilishi. 
Oilada: oilaning ijtimoiy mavqei, sog‘lom muhit, otaona va farzand o‘rtasidagi munosabatlar; 
farzandining xohishistaklari, qiziqishlari va ehtiyojlari darajasini hisobga olish; 
ota-onalar va kagga yoshli oila a’zolarining oilada tashkilotchilik qobiliyati, uni bolaning ongiga 
ta’siri, shaxsan ibrat, namuna bo‘lishlari; 
oilalada maqsadning yagonaligi hamda duch kelgan muammolarning birgalikda hal etilishi; 
otaona va farzand o‘rtasida o‘zaro psixologik birlikning qaror topganligi. 
Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tashkilotchilix sifatlarini shakllantirishda 
o‘quvchilar jamoasi yetakchi o‘rin tutadi. Zero. o‘quvchilar jamoask o‘z-o‘zini boshqarish xususiyatiga ega 
bo‘lib, u maqsadning birligi, yagonaligi va tashkil qilish xususiyatlari orqali umumjamoa bilan bog‘lanadi. 
Bu borada Abu Nasr Farobiyning quyidagi fikrlarini keltirib o‘tish g‘oyat o‘rinlidir: "har bir inson o‘z 
tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga 
muhtoj bo‘ladi. u bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kirita almaydi, ularga ega bo‘lish uchun insonlar 
jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi... Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga 
yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo‘lgan narsalarni yetkazib beradi". O‘quvchilar jamoasidan 
faolini, tashkilotchisini shakllantirish jamoaning u yoki bu faoliyatga nisbatan ehtiyoji mazmunidan kelib 
chiqadi. 


80 

Download 4,42 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   170




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA TASHKILOTCHILIK SIFATLARINI

Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish