BOSHLANG’ICH TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA MAKTAB VA OILA




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/170
Sana24.11.2023
Hajmi4,42 Mb.
#104996
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   170
Bog'liq
12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDF

BOSHLANG’ICH TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA MAKTAB VA OILA 
HAMKORLIGINING O’RNI 
Ikromova Sadoqat Baxtiyorovna 
G`ijdivon 41- maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi 
 
O‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash xalqimizning azaliy orzusi bo‘lib, 
farzandlarni ma’naviy-axloqiy milliy madaniy, tarixiy an’analariga hamda umumbashariy qadriyatlarga 
asoslanib, zamonaviy shaxsni shakllantirish ota-onalar, maktab, mahallalarning oldida turgan eng asosiy 
ma’suliyatli vazifalardan sanaladi. 
Inson bolasi dunyoga kelar ekan u tashqi olam bilan doimiy ravishda, tashqi olam ta’siri asosida 
kamol topadi, o’sadi, ta’lim tarbiya oladi. Kelajak vorislari bolalarni to’g’ri o’sib ulg’ayishida eng 
muhim omillardan biri oila tarbiyasi bo’lsa, yana muhim omillardan biri ta’lim- tarbiya beruvchi 
muassasalar hisoblanadi. 
Insoniyat tamonidan o’nlab ming yilliklar davomida yaratilgan o’zgarmas qadriyatlar orasida oila 
eng buyugi hisoblanadi. Hech bir millat, hech bir madaniy jamiyat oilani chetlab o’tmaydi. 
Oila insonning rivojlanishi va takomillashuvi uchun eng yaxshi muhit hisoblanadi.Oila shaxsning 
ijtimoilashuvida muhim instituti hamdir.Aynan oilada ijtimoiy o’zaro muloqatning dastkabki tajribasini 
oladi. Ma’lum bir vaqt davomida oila bola uchun shunday tajriba olishning yogona joyi hisoblanadi.
Shundan keyin inson hayotiga bolalar bog’chasi, maktab, ko’cha singari ijtimoiy institutlar kirib
keladi.Biroq bu vaqtda ham oila va ota-ona rivojlanishida muhim omillardan biri, ba’zida esa eng muhim 
omillardan biri bo’lib qoladi.Aynan oilada bolalar oddiy va tabiy hayotga o’rganadi, shuningdek har kuni 
ertalabdan kechgacha, ba’zan tuni kun oila yoki ota-ona shaxsi aka-uka , opa-singillar, buvi va buvalar
tamonida o’z o’rnida namuna bo’lib xizmat qiladigan turli tuman xulq atvor shakllari, so’z, shuningdek 
mehnatga o’rganadi. 
Bolalikdagi tajriba asosida oilada insonning muhimroq ijtimoiy tavsifi shakllanadi. Bunday 
shaxsiy qirralar, ishonch o’z-o’zini baholash, “Men”konsepsiyasi ota-ona va aka- opalarning bolaga 
qaratilgan munosabatlar asosida yuzaga keladi. 
Bola faqatgina oilada qanday yashashni va nimani his qilishni, nimani bilish kerakligini tinglash his
etish asosida emas, balki hayot haqiqatdan qandayligini, aslida odamlar o’zini qanday tutishi 
kerakligini ularning bir-biriga va boshqalar nisbatan munosabatini boholash va fikrlash orqali o’rganadi. 
Oilaviy tarbiya uzluksiz, davom etadi. Bunda hech bir institut oila bilan tenglasha olmaydi. 
Haqiqatan, inson tug’ilgandan boshlab to umrining oxirigacha oilaning ta’siri ostida bo’ladi. Oilaning 
bolaga noyob ta’sirini oilaviy tarbiya jarayonining o’ziga xosligi ham belgilaydi.Ota va ona shaxsiy 
namunasi, qarindoshlik tuygulari, o’qituvchi va o’quvchining o’zaro hissiy munosabatlarining bolani har
tamonlama rivojlanishida roli katta, bularga oiladan tashqarida erishib bo’lmaydi. 
Hech bir mubolag’asiz aytish mumkinki, shaxs oilada shakllanadi. Aynan oilada shunday 
qimmatbaho sifatlar- borlig’ni diqqat bilan kuzatish, tabiat va san’atdagi go’zallikni his qilish, bilimga 
serhavas bo’lmoqlik, intizomlilik, vijdonli, o’z mehnat majburiyatlariga ma’suliyat bilan yondashish, 
boshqalarning extiyojlariga hamdardlik bilan qarash va zarur bo’lgan holarda yordam ko’rsatish kabi
xislatlar shakllanadiki, xuddi shu sifatlar yetuk insoniy shaxsning fazilatlar hisoblanadi 
Oila bilan maktabgacha ta’lim muassasasi hamkorligi juda dolzarb masala hisoblanadi. Chunki 
oilada ota-ona boshlagan ta’lim tarbiya ishini ta’lim muassasasida o’qituvchi pedagoglar davom ettiradi. 
Shunday ekan ota-onalar oilani tashkil etuvchi a’zolar kelajak davomchilarini ta’lim muassasalarda 
erishayotgan yutuqlari bilan nega qiziqmay qo’yishmoqdalar. Ko’pchilik ota- onalar har chorakda ota-
onalar yig’ilishlarida ishtirok etsa bayramlarida tomoshabin sifatida ishtirok etish bilan chegaralanadi. 
Shuni o’zi yetarlimikin. Yo’q albatta.Ota-onalar hozirgi kunda faqat pul topish bilan band bolib, bolani 
qornini to’yg’azish ustini kiyintirish bilan chegaralanib qolmadikmikan? 
Bugungi kunda mamlakatimizdagi har bir oilada mobil telefoni, kompyuter, planshet kabi vositalar 
mavjud bo‘lib, ularni kimdir asosan muloqot qilishda qo‘llasa, kimdir mustaqil bilim oshirish maqsadida 
foydalanadi. Mazkur vositalar taqdim etadigan imkoniyatlardan biri internet xizmatidan keng foydalanish 
ham odatiy hol bo‘lib qoldi. Hozirgi davrda ko‘plab mahallalarda bolalar va yoshlar uchun turli 
to‘garaklardan tashqari, Internet kafe, kompyuter o‘yinxonalari ham mavjud. Mazkur maskanlar doim 
bolajonlar bilan gavjum bo‘ladi. Shu boisdan ham Internet tarmog‘idan yoshlar ongiga kirib kelayotgan 
zararli g‘oya va ta’sirlardan samarali va ishonchli himoyalash tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 
Hozirgi davrimizning mo‘jizalari bo‘lgan kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari juda 


81 
qulay imkoniyatlarni taqdim etishi bilan birga, talay jiddiy muammolarni ham yuzaga keltirmoqda. Mazkur 
muammolarning oldini olish va ularni hal etish uchun esa ota-onalar, o‘qituvchilardan farzandlariga yanada 
hushyor va e’tiborli bo‘lishni, yosh avlodning g‘oyaviy- mafkuraviy immunitetini mustahkamlash 
borasidagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishni talab etadi. 
Shu maqsadda mahallalar qoshidagi yoshlar va voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyasi, ota-
onalar va pedagog xodimlar bilan har oyda tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari ishtirokida davra suhbatlari 
tashkil etilishi ham yaxshi samara beradi. Bundan tashqari, komissiya a’zolari Internet kafe va kompyuter 
o‘yinxonalarida vaqt o‘tkazib, dars qoldirayotgan o‘quvchilarning ota-onalari bilan suhbatlashishlari ham 
muhim ahamiyatga molik. Mahalla guzarlarida o‘smir bolalarning bo‘sh vaqtlarini turli to‘garaklar bilan 
band etish ham yaxshi samara beradi. Mahallalarda olib boriladigan mazkur tadbirlardan ko‘zlangan asosiy 
maqsad o‘sib kelayotgan avlodni kamolga yetkazish, oila- mahalla-maktab hamkorligini ta’minlash va 
yanada kuchaytirishdan iborat. 
Bundan xulasa shu kelajak vorislari bolalarimiz ta’lim tarbiya olishiga xar tamonlama sog’lom va 
etuk bo’lishi biz ota-onalar va jamoachilik qo’lida. Kelajakni qanday ko’rmoqchi bo’lsangiz ung 
poydevorini hozirdan mustahkamlang. 

Download 4,42 Mb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   170




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BOSHLANG’ICH TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA MAKTAB VA OILA

Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish