95
foydali va qiziqarli mashg‘ulot sanaladi .Ertak eshitish jarayonida bola ertak qahramonlarini kimgadir
o‘xshatishga harakat qiladi,u o‘zi ertak yoki hikoyalarni mustaqil to‘qiy olishi ham mumkin.
Chizish (bo‘yoq, un,qum bilan ). Bolalar odata chizishni juda yaxshi ko‘rishadi.Lekin uddalay
olishmasa ,hafa bolib chizmay qolishi mumkin.Bolaga qalamning o‘rniga qollarida chizishni (faqat maxsus
boyoqlar bilan )taklif qilib ko‘ring. Bola rasm solar ekan ,rasmni sozlar bilan to‘ldirib ,faollik bilan harakat
qiladi,u o‘z tasavvurlari asosida keyinchalik katta yoshdagi odamlarning soziga binoan rasmlar yaratishi
mumkin,unda ayrim narsalarning obrazlari keladi. Pazl.Pazl yasash bola xotirasini rivojlantiruvchi
juda foydali mashg‘ulot. Bola yaxshi ko‘rgan rasmlardan unga pazl olib bering yoki o‘zingiz yasab bering
. Bolalar dominosi .Ertaklar qahramoni aks ettirilgan dominolarni bolangiz bilan birga o‘yanab ,ba’zida
unga yutqazib tursangiz ,bola juda zavq bilan o‘ynaydi. Maktabgacha yoshidagi bola har tomonlama
rivojlana olsa ,keyinchalik yutuqlarga erishishi oson bo‘ladi. Yana bir boshlang‘ich sinf o‘quvchillar uchun
ijodiy fikrlashiga yordam beradigan metodi ko‘rib chiqsak: “Kichik Esse “texnologiyasi.
Texnologiya
kichik hajmli, erkin bayon usuliga ega bo‘lib ,o‘rganilayotgan muommo yoki tahlil
qilinayotgan masala yuzasidan shaxsiy taasurot ,tasavvurlarni ifodalashga xizmat qiladi. U o‘quvchillar
tomonidan o‘rganilgan mavzu ,muhokama qilinayotgan masala bo‘yicha erkin fikr bildirish ,mazmun –
mohiyatini qayta bayon qilish imkonini beradi. Kichik esseni yaratishda o‘quvchillar mavzu g‘oyalarini
umumlashtirish ,xulosalarni bayon etish imkoniga ega bo‘ladi. Mashg‘ulotlarda texnalogiyani qo‘llash
quyidagi tartibda yo‘lga qo‘yiladi :
1.O‘qituvchi kichik esseni yaratish uchun muommo yoki masalani tanlaydi; 2.O‘qituvchi
tanlangan muommo (masala) bilan O‘quvchillarni
tanishtiradi; 3.O‘quvchillar muommo (masala) ning
umumiy mohiyati yuzasidan fikr yuritadi;
4.O‘quvchillar shaxsiy fikrlarini bayon etish usulini belgilab oladi;
5.Har bir o‘quvchi kichik esseni yaratadi;
6.Sinf (guruh) jamoasi a’zolari esse yuzasidan o‘z fikrlarini bildiradi;
Bu metodi odatda 3-4 sinflar orasida maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki bu sinflarda ko‘proq ertak,
hikoyalar,she’rlar berilgan.Ularni o‘qigan har bir bolada ijodiy fikr vujudga kelishi aniq va bu metod aynan
shuning uchun mo‘ljallangan.
Bundan tashqari yana har hildagi metodlar ham mavud. Boshlang‘ich sinflarni ijodiy fikrlashini
oshirish uchun biz ustozlar ularga maktab darsliklaridan tashqari ularga ertak ,hikoya ,xar hil turdagi
she’rlar yodlatish kerak. Mana shularni hammasi aqliy faoliyatni yanada oshirradi. Keyin esa topishmoqlar,
tez aytishlarni ko‘proq berish lozim bunda o‘quvchillar hozirjavob bo‘lishga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Ta’lim jarayonida qo‘llanadigan interfaol metodlar //O‘quv uslubiy qo‘llanma.T.: 2008 y
2.Bolalarning ijodiy va mantiqiy tafakkurini shakllantirish ko‘rgazma
qurollarining ahamiyati va
yo‘llari //@ustozlarim kanalidan
3.Ta’lim jarayonida qo‘llanadigan interfaol metodlar //O‘quv uslubiy qo‘llanma. T .:43 bet.